Real sektor korxonalarida investitsion loyihalarni moliyalashtirishning rivojlantirish istiqbollari


Iqtisodiyotning real sektor korxonalarda investitsion loyihalrni moliyalshtirish  masalalari yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik



Yüklə 67,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü67,11 Kb.
#206411
1   2   3   4
real-sektor-korxonalarida-investitsion-loyihalarni-moliyalashtirishning-rivojlantirish-istiqbollari

 
Iqtisodiyotning real sektor korxonalarda investitsion loyihalrni moliyalshtirish 
masalalari yuzasidan quyidagi xulosalarga keldik:
 
birinchidan, milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga iqtisodiyot real sektor 
korxonalari investitsion faoliyatini rivojlantirish orqali erishiladi. Investitsiyalarni real 
sektor korxonalarini moliyalashtirishga yo‘naltirish va ularning barqaror rivojlanishiga 
zamin yaratadi;
 
ikkinchidan, xorijiy investitsiyalarni real sektor korxonalari moliyaviy ta’minotini 
mustahkamlashda olib borayotgan faoliyatlari iqtisodiyotni rivojlanmagan 
tarmoqlarini moliyalashtirishda muammolari mavjudligi ko‘rsatadi; 
 
uchinchidan, real sketor korxonalarini aniq, puxta ishlab chiqilgan investitsion 
loyihalarini mavjud emasligi, asoslanmagan loyihalarni amaliyotga joriy qilinishi 
ularning moliyaviy barqarorligini pasaytirradi va olingan kreditlarni qaytarishda 
muammolar ketirib chiqaradi.
 
Fikrimizcha, milliy iqtisodiyotning real sektoridagi mavjud sharoit va 
imkoniyatlarni hisobga olgan holda, real sektor korxonalarida investitsion loyihalrni 
"Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz
June 2023 / Volume 4 Issue 6
ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848
872


moliyalashtirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur, shu 
jumladan: 
 
-
respublikamiz tijorat banklarida kreditlardan ko‘rilgan zararlarni qoplashga 
mo‘ljallangan zaxira ajratmalarini aktivlarni o‘rtacha miqdoriga nisbatan darajasini 
0,5% dan oshishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Buning uchun birinchidan, tasniflangan 
kreditlarning umumiy hajmida yaxshi va standart kreditlarning salmog‘ini pasayishiga 
yo‘l qo‘ymaslik va ikkinchidan, tijorat banklari aktivlarining barqaror o‘sish 
sur’atlarini ta’minlash lozim. 
 
-
eksportni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish - bu 
borada an’anaviy eksport yo‘nalishlaridan tushgan daromadlarni yangi 
texnologiyalarga va yangi sotuv bozorlarini egallashga qaratilgan investitsiyalarga 
aylantirish mexanizmini qayta ishlash jiddiy samara beradi;
 
-
ishlab chiqaruvchilarni jahonning eng yaxshi namunalariga yo‘naltiradigan 
xalqaro sertifikatlash va standartlash hamda mahsulotni attestatsiyadan o‘tkazish 
tizimini qayta ko‘rib chiqish orqali mahsulot sifatini baholash tizimini o‘zgartirish. Bu 
borada mahsulotning muayyan turlarini sertifikatlash bo‘yicha xalqaro tizim va 
bitimlarni hisobga olgan holda olib borish tartibini belgilovchi me’yoriy hujjatlarni 
ishlab chiqish zarur. 
 
-
Respublikada ishlab chiqarilgan tovarlarni jahon bozoriga olib chiqish 
mahsulotning jahon standartlariga javob beradigan yuksak texnik saviyada bo‘lishidan 
tashqari marketing, reklama, maslahat, axborot va huquqiy xizmatlar uchun katta 
miqdordagi qo‘shimcha xarajatlarni ham talab qiladi. Shuningdek, xalqaro maslahat 
firmalari bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yib, imkoniyatga qarab ularni eksport 
fondlari tarkibiga kiritish zarur.

Yüklə 67,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin