Tajriba ko`rsatadiki, elektr toki o`tayo`tgan o`tkazgichlar o`zaro
mexanik
kuch ta`siri ostida bo`ladi. Bu o`zaro ta`sir kuchining qiymati va yo`nalishi
toklarning qiymat va yo`nalishi, toklar orasidagi
masofa, o`tkazgichlarning o`lcham
va shakli
orqali aniqlanadi. Shu bilan birgalikda bu
kuchning qiymatiga o`tkazgich
joylashgan muhit
ham ta`sir etadi.
Rasm – 1 da I tok oqayotgan ikkita parallel
o`tkazgich tasvirlangan.
Agar tok yonalishi
chizmadagidek
o`rnatilsa,
o`tkazgichlarning
o`zaro itarishuviga ishonch hosil qilish mumkin. Xuddi shunday, Rasm -2 da
tasvirlangan o`tkazgichlarning o`zaro tortishishga ishonch hosil qilish mumkin.
Shunga o`xshash
tajribalardan umumiy qoida
keltirilib
chiqariladi:
parallel
joylashgan
o`tkazgichlardan qarama – qarshi toklar o`tsa, ular
o`zaro itarishadi (Rasm - 1) va bir xil yo`nalgan
toklar o`tsa, o`zaro tortishadi (Rasm - 2). Vujudga
kelgan tok qiymatining aniq hisob - kitobi murakkab
masaladir. Biroq ba`zibir
ifdealashgan hollar uchun
hosil qilingan formula nihoyata sodda ko`rinishini
oladi. Masalan, cheksiz uzun va o`ta ingichka to`g`ri
ikkita parallel tokli o`tkazgichlarning har bir qismida vakuumdagi o`zaro ta`sir
kuchining qiymati quyidagi ifodadan aniqlanadi:
r
I
I
K
F
2
1
Bu erda I
1
– birinchi o`tkazgich toki,
I
2
– ikkinchi o`tkazgich toki,
- o`tkazgichlarning o`zaro ta`sirlashayotgan qismining uzunligi,
r - o`tkazgichlar orasidagi masofa
k – o`lchov birluklar sistemasining tanlanishga bog`liq bo`lgan koeffisent.
2-Rasm.
3-Rasm.