17
olib keldi. Bu o’zlashtiruvshi odamdan shorvasxilik va dehqonchilik bilan
shug’ullanuvchi odamga asta-sekin o’tishda nomoyon bo’ldi. Boshlanishda
o’zgaruvchi tamoyilga ega bo’lgan bu o’tish zarur hayot vositalarini qo’lga
kiritishda faqat yordamchi rolnigina o’ynagan.
Texnika davrini tavsiflar ekan, G.V.Platonov bu dvrning agrar bosqichini
ajratib ko’rsatadi. Mazkur bosqichda tabiat kuchlari bilan kurashda jamiyatning
ahvoli biogen davriga nisbatan mustahkamlanadi, inson tomonidan tabiatga
yetkaziladigan zarar jiddiy ravishda o’sadi. Feodalizm sharoitlarida jamiyatning
tabiatga munosabati taxminan qulchilik tuzumidagidek bo’lgan. Shuning uchun
ham jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri tarixini davrlarga bo’lish muammolariga
taaluqli tadqiqotlarning kopchiligida har ikkala ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar
ekologik jihatdan jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri tarixining bitta, ya’ni agrar
bosqichiga kiritilgan.
Feodalizm bag’rida sanoat ishlab chiqarishining paydo bo’lishi bilan texnogen
davrning ikkinchi bosqichiga o’tish jarayoni boshlanadi. Fan taraqqiyotining
jadallashuvi va uning ishlab chiqarish doirasida materiallashuvi, fan va texnikaning
uyg’unlashuvi (integratsiyasi)ga, pirovardida fan-texnika inqilobiga olib keldi.
Jamiyat taraqqiyotining bunday holati texnogen davrining industrial bosqichi
boshlanishini yaqinlashtirdi.
Mazkur bosqich tabiat o’z-o’zicha yaratmaydigan moddalar va ashyolarning
ko’plab vujudga keltirilishi bilan tavsiflanadi. Mashinalarning yaratilishi, bug’ va
elektrning «rom» qilib olinishi ularni ommaviy tarzda ishlab chiqarishga olib keldi.
Buning ustiga ishlab chiqarish jarayonida nafaqat kutilayotgan foydali mahsulotlar,
balki ishlab chiqarish chiqindilaridan ko’pgina qo’shimcha moddalar yaratildi.
Ularning miqdori ba’zan mehnatning rejalashtirilgan mahsulotlari hajmidan o’nlab
barobar oshib ketadi.
Bu salbiy jarayonlar XX asrning ikkinchi yarmidagi fan-texnika inqilobi
sharoitlarida ayniqsa kuchaydiki, pirovardida u ekologik halokat xavfiga olib keldi.
Dostları ilə paylaş: