1. Yer paydo bo’lishi haqida umumiy tushuncha
Quyosh va sayyoralarning va boshqa osmon jismlarining vujudga kelishi
haqidagi muammolar qadimdan olimlarni qiziqtirib kelgan.
Quyosh tizimidagi sayyoralarning hozirgi xususiyatlari ularning uzoq davrlar
mobaynida rivojlanishi mahsulidir. Hozirgi tasavvurlarga binoan Quyosh
tizimidagi Quyosh, sayyoralar va boshqa osmon jismlari bundan 4,6 mlrd. yil avval
chang va gazlardan tuzilgan bulutlar yoki tumanlardan hosil bo’lgan.
(Proisxojdenie Solnechnoy sistem, 1976; Solnechnaya sistema,1978; Krivolutskiy,
1985). Mazkur bulutlar va tumanlar Galaktikaning tarmoqlaridan birida
aylanayotgan diskret muhit sifatida paydo bo’lgan. Gravitatsion siqilish natijasida
asta-sekin zichlashib disk (doira) shaklini olgan. Yanada zichlashish tasirida
bulutlikning moddalari qiziy boshlagan va markaziy qismidagi yuqori harorat
yadro reaktsiyalarini boshlanishiga olib kelgan. Keyinchalik bulutlikning markaziy
qismidan Quyosh vujudga kelgan, qattiq moddalar uyomidan esa sayyoralar va
yo’ldoshlar vujudga kelgan.
Bunday ilmiy qarash bundan 300 yil avval vujudga kelgan va nebulyar
(nebulyar-tuman) gipotezasi deb nom olgan. Mazkur gipoteza dastlab Dekart
5
tomonidan olg’a surilgan, ammo u Kant-Laplas kosmogoanik gipotezasi nomi
bilan mashhur bo’ldi.
Quyosh tizimini va undagi osmon jismlarini paydo bo’lishi to’g’risidagi
kosmogonik gipoteza nemis faylasufi I.Kantning 1755-yilda nashr etilgan
«Koinotning umumiy tabiiy tarixi va nazariyasi» asarida bayon etilgan. I.Kant
osmon bo’shlig’idagi zarralar bir-biri bilan o’zaro tortishi natijasida bir markazda
to’planib quyuqlashgan va hozirgi Quyoshning paydo bo’lishiga sabab bo’lgan,
Quyosh atrofida aylanayotgan jismlar esa hozirgi sayyoralarni hosil qilgan degan
g’oyani ishlab chiqqan.
I.Kant gipotezasiga yaqinroq gipotezani 1795 yili fransuz matematigi va
astronomi P.Laplas yaratadi. Uning fikricha Quyosh tizimi avval aylanuvchi, o’ta
siyrak, qizigan changlardan iborat bo’lib, uning markazida changlikning
(tumanlikning) o’zagini tashkil etuvchi juda quyuq gazsimon moddalar zich
holatda to’plangan. Mazkur tumanlikning tobora sovushi va siqilishi oqibatida
uning tezligi kuchaygan. Shuning natijasida uning aylanishi yanada tezlashadi,
markazdan qochma kuchlar tortish kuchidan ustun kelgach, tumanlikdan turli
vaqtda gazsimon halqalar ajralib chiqib keta boshlagan. Ajralib chiqqan
halqalardan sayyoralar hosil bo’lgan. P.S.Laplasning fikricha tumanlikning
markaziy sharsimon yirik qismi Quyosh, undan ajralib chiqqan halqalar esa
sayyoralarni va ularning yo’ldoshlarini keltirib chiqargan.
I.Kant va P.S.Laplas gipotezalari bir-biriga juda yaqin bo’lganligi uchun
Kant-Laplas gipotezasi deb atala boshladi. Ammo ular o’rtasida farqlar mavjud.
I.Kant fikriga ko’ra, Quyosh hamda sayyoralar dastlabki siyrak tumanlikdan paydo
bo’lgan. P.S.Laplas fikriga ko’ra (u faqat Quyosh tizimi haqidagi gipoteza),
sayyoralar o’z o’qi atrofida tez aylanadigan qizib ketgan gazlardan tashkil topgan.
Quyosh yaqinidagi sayyoralar I. Kant fikriga ko’ra tortish va itarilish kuchlari
tasirida vujudga kelgan. P.S.Laplas fikricha esa, sovish va zichlanish oqibatida
aylanma harakatlar vujudga kelgan, hamda aylanuvchi halqasimon zichroq
6
moddalar to’plami paydo bo’lgan. So’ngra har bir halqaning asosiy massasi sferik
jism-sayyora bo’lib to’plangan, qolgan kamroq massasidan yo’ldoshlar paydo
bo’lgan.
Kant-Laplas gipotezasining kamchiliklari fan va texnikaning taraqqiyoti
tufayli XIX asrda aniqlangan.
O.Yo.Shmitd isbotlagan quyidagi malumotlarni o’z gipotezasiga asos qilib
olgan (Kalesnik, 1966). Galaktika bilan birga Quyosh ham aylanadi; Galaktika
ekvatori tekisligida (yani Quyosh turgan tekislikda) kosmik chang va gazlarning
bulutsimon, nihoyatda katta to’plamlari mavjud.
Quyosh galaktikaning o’qi atrofida aylanayotganda bundan bir necha
millyard yil avval kosmik changdan iborat bulut orasidan o’tgan va tortish kuchi
natijasida bu bulutning bir qismini o’zi bilan ergashtirib ketgan. Keyinchalik
Quyosh haligi zarralardan vujudga kelgan va ellips orbita bo’ylab aylana
boshlagan qattiq jismlarning katta to’plami o’rtasida qolgan. Quyosh atrofida
aylangan chang zarralari va qattiq jismlar bir-biriga urilgan va buning natijasida
o’z kinetik energiyasining bir qismini yo’qotgan. Bu esa zarralar to’plamining
zichlashishiga olib kelgan va to’plamdagi zichlik ancha ortgandan so’ng zarralar
bir-biriga yopishib quyoqlashgan. quyoqlashishdan hosil bo’lgan bu jismlar bir
necha marotaba parchalanib ketgan va yana birlashgan va asta-sekin kattalasha
borgan, natijada sayyoralar hosil bo’lgan. Paydo bo’lgan har bir sayyora o’z tasir
doirasida kosmik changdan malum bir qismini o’ziga ergashtirib olgan va
yo’ldoshlarini hosil qilgan. Sayyora qancha katta bo’lsa, u shuncha ko’p yo’ldosh
yarata olgan.
Sayyoralarni hosil qilgan bulutning Quyoshga eng yaqin qismi juda tez
siyraklashib qolgan, chunki zarralarni malum bir qismini Quyosh tortib olgan, bazi
zarralar esa nurning itarishi natijasida chekka tomon surilib chiqarilgan. Shuning
uchun, Quyosh yaqinida sayyora hosil qiluvchi jinslar kam bo’lganida u joyda
kichik sayyoralar vujudga kelgan va ularning yo’ldoshlari kam yoki umuman yo’q.
7
Quyoshdan uzoqda sayyora hosil qiluvchi jinslar serob joyda yo’ldoshlari ko’p
bo’lgan katta va ulkan sayyoralar hosil bo’lgan. Quyosh tizimining eng chekkasida
ham yo’ldoshsiz kichik Pluton sayyorasi vujudga kelgan, chunki bu yerda bulut
siyraklasha borib, butunlay yo’q bo’lib ketgan. Yer guruhidaga (ichki) va ulkan
(tashqi) sayyoralarning zichligini turlicha bo’lishiga sabab, Quyosh yaqinida
uning issiqligi tasirida changlarning eng engil va uchib yoradigan tarkibiy qismlari
bug’lanib ketgan va og’irroq tarkibiy qismlarigina qolgan. Quyoshdan uzoqda esa
engil va uchib yoradigan jismlar zarralar tarkibiga kiribgina qolmay, hatto ularga
qo’shilib, qirov bo’lib atrofida yaxlab qolgan. Demak, ichki sayyoralar, tashqi
sayyoralarga nisbatan og’irroq jismlardan tuzilgan.
O.Yo.Shmitd nazariyasiga binoan, sayyoralar qanday zarralar to’plamidan
kelib chiqqan bo’lsa, kichik sayyoralar (asteroidlar) bilan komietalar ham huddi
shunday to’plamdan, ammo zarralar u qadar zich bo’lmagan va ularning yopishish
jarayonini kichik jismlar hosil qilishi lozim bo’lgan joyda kelib chiqqan. Mazkur
nazariyaning uchta afzalligi bor:
a) galaktikalardagi sayyoralar tizimining paydo bo’lishi tasodifiy emas, balki
qonuniy va muqarrar hodisadir, chunki qoramtir (o’zidan nur chiqarmaydigan)
kosmik modda bulutlari juda ko’p va yolduzlarning bunday bulut bilan uchrashishi
tez-tez bo’lib turadigan hodisadir deb karaydi;
b) Quyosh tizimidagi hamma jismlarning (sayyoralar, ularning yo’ldoshlari,
asteroidlar, kometalar) paydo bo’lishi qandaydir yagona jarayon deb hisoblaydi;
v) Quyosh tizimidagi hamma asosiy xususiyatlarni yaxshi tushuntirib beradi.
Shunday qilib sayyoralar sovuq jismlar sifatida tarkibiy va solishtirma
og’irligi turlicha bo’lgan zarralarning to’plamidan hosil bo’lgan. Bu zarralar
orasida radioaktiv moddalar hosil bo’lgan. Radyaktiv moddalar esa o’z-o’zidan
parchalanib issiqlik chiqarish xususiyatiga ega. Moddalarning radioaktiv
parchalanishi natijasida sayyoraning ichki qismlari qiziy boshlagan va sayyora
yomshab, plastik bo’lib qolgan. Bunday yomshoq moddalar juda sekin harakat qila
8
boshlagan. Engilroq moddalar asta-sekin yoqoriga surilib chiqqan, og’irroq
moddalar esa asta-sekin markazga tusha boshlagan. Og’irlik kuchi tasirida ro’y
beradigan bunday ichki tabaqalanish (saralanish) jarayoniga gravitatsion
tabaqalanish deb ataladi. Tabaqalanishning borishi moddaning yopishqoqlik
darajasiga bog’liq bo’ladi. Bosim ortgan sari moddaning yopishqoqligi orta boradi.
Shuning uchun sayyoralarning tashqi qismlarida ichki chuqur qismlariga nisbatan
tabaqalanish jarayoni osonroq va tezroq ro’y beradi.
Yerning ichki qismidagi gravitatsion tabaqalanish ta’sirida zichroq markaziy
yadro va yengilroq yuzadagi qatlam hosil bo’lgan. Bular orasida esa zichligi
o’rtacha bo’lgan qatlamlar joylashgan. Ma’lum sharoitda daryo tagida hosil
bo’lgan muz parchasi («o’zan tagi muzi») muayyan vaqtda daryo yuzasiga qalqib
chiqqanda o’ziga yopishgan og’ir toshlarni ham o’zi bilan birga olib chiqqani kabi,
yengil toshlar bilan birga geoximik jihatdan ular bilan bog’liq bo’lgan og’ir
radioaktiv moddalar ham yoqoriga chiqib, yer po’stidan joy olgan. Yer Quyosh
tizimidagi uchinchi sayyoradir. U Venera va Mars sayyoralari oralig’ida
joylashgan. Yerdan Quyoshgacha bo’lgan o’rtacha masofa 149,6 mln.km. Mazkur
masofa astronomik birlik sifatida qabul qilingan. Yerning orbita bo’ylab o’rtacha
harakat tezligi sekundiga 29,8 km.ni tashkil qiladi. Yer orbitasining uzunligi 940
mln.km. Yer o’z o’qi atrofida 23,43 soatda bir martda aylanib chiqadi.
Dostları ilə paylaş: |