Referat ishi qabullovchi: ass. Tursınov M



Yüklə 246,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix03.02.2022
ölçüsü246,4 Kb.
#52055
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
yer sayorasining umumiy qonuniyatlari va tushunchalari

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

27 


Xulosa 

Men    ushbu    kurs  ishim  davomida  Yer  paydo  bo’lishi  haqida  ilmiy 

gipotezalar  mavzusi  bo’yicha  ko’plab  malumotlarga  ega  bo’ldim.  Quyosh, 

sayyoralar  va  boshqa  osmon  jismlari  bundan  4,6  mlrd.  yil  avval  chang  va 

gazlardan  tuzilgan  bulutlar  yoki  tumanlardan  hosil  bo’lganligini  bilib  oldim. 

Yerning  paydo  bo’lishi    mlrd  yillar  ilgari  bulutlar    va  tumanlar  Galaktikaning 

tarmoqlaridan  birida  aylanayotgan  diskret  muhit  sifatida  paydo  bo’lganini  va 

gravitatsion  siqilish  natijasida  asta-sekin  zichlashib  disk  (doira)  shaklini  olganini 

bilib olim. Yerning paydo bo’lishi haqida gipotezalarni ko’plab olimlar izlanishlar 

olib borganini ko’rishimiz mumkin. Bular Dekart, Nemis faylasufi I.Kant, Fransuz  

matematigi va astronomi P.Laplas. I.Kant va P.S.Laplas gipotezalari bir-biriga juda 

yaqin  bo’lganligi  uchun  Kant-Laplas  gipotezasi  deb  atalagan,  yani  osmon 

bo’shlig’idagi  zarralar  bir-biri  bilan  o’zaro  tortishi  natijasida  bir  markazda 

to’planib  quyuqlashgan  va  hozirgi  Quyoshning  paydo  bo’lishiga  sabab  bo’lgan, 

Quyosh  atrofida  aylanayotgan  jismlar  esa  hozirgi  sayyoralarni  hosil  qilgan  degan 

g’oyani  ishlab  chiqqan.  Kant-Laplas  gipotezasining  kamchiliklari  fan  va 

texnikaning taraqqiyoti tufayli  XIX asrda aniqlangan. 

O.Yo.Shmitd  isbotlagan  quyidagi  malumotlarni  o’z  gipotezasiga  asos  qilib 

olgan  O.Yo.Shmitd  nazariyasiga  binoan,  sayyoralar  qanday  zarralar  to’plamidan 

kelib  chiqqan  bo’lsa,  kichik  sayyoralar  (asteroidlar)  bilan  komietalar  ham  huddi 

shunday to’plamdan, ammo zarralar u qadar zich bo’lmagan va ularning yopishish 

jarayonini  kichik  jismlar  hosil  qilishi  lozim  bo’lgan  joyda  kelib  chiqqanligini 

isbotlagan. Mazkur nazariyaning uchta afzalligi bor:  

a) galaktikalardagi sayyoralar tizimining paydo bo’lishi tasodifiy emas, balki 

qonuniy  va  muqarrar  hodisadir,  chunki    qoramtir  (o’zidan  nur  chiqarmaydigan) 

kosmik modda bulutlari juda ko’p va yolduzlarning bunday bulut bilan uchrashishi 

tez-tez bo’lib turadigan hodisadir deb karaydi;  



 

28 


b) Quyosh tizimidagi hamma  jismlarning (sayyoralar, ularning yo’ldoshlari, 

asteroidlar, kometalar) paydo bo’lishi  qandaydir yagona jarayon deb hisoblaydi;  

v) Quyosh tizimidagi hamma asosiy xususiyatlarni yaxshi tushuntirib beradi.  

Shundan ko’rishimiz mumkinki yerning paydo bo’lishi haqida ko’plab ilmiy 

gipotezalar  mavjud  bolib  yerning  paydo  bo’lish  haqida  aniq  bir  malumot  yo’q. 

Hozirgi  kunda  ko’plab  davlatlardagi  olimlar  yerning  paydo  bo’lishi  haqida 

izlanishlar olib bormoqda lekin haligacha aniq bir dalil isbot topganlari yo’q. 

   


                              


 

29 



Yüklə 246,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin