4. Yerning Quyosh atrofida aylanishi
Yer Quyosh atrofida aylanasimon orbita bo’ylab harakat qiladi. Yer Quyosh
atrofini 365 kun, 6soat, 9 min, 9 sek.da to’la bir marta aylanib chiqadi. Yerning
yillik aylanma harakati (orbitasi) Ellips shaklga ega, ellipsning bita fokusida
Quyosh turadi. Shuning uchun Quyosh bilan Yer o’rtasidagi masofa doimo
o’zgarib turadi. Ular o’rtasidagi eng qisqa masofa (perigeliy) 3-yanvarda 147 mln.
km. bo’ladi. Ular o’rtasidagi eng uzun masofa esa (afeliy) 5- iyonda 152 mln.km.
bo’ladi. Yer orbitasining uzunligi 940 mln.km. Bu masofani er soatiga 107 ming
km. yoki sekundiga 29,8 km. tezlikda bosib o’tadi. Afeliyda yani yer Quyoshdan
uzoqlashganda uning tezligi kamayadi va sekundiga 29,3 km.ni tashkil qiladi.
Perigeliyda, yani Yer Quyoshga yakinlashganda uning tezligi ortadi va sekundiga
30,3 km. ni tashkil qiladi. Shuning uchun shimoliy yarim sharda qish qisqaroq yoz
esa uzunroq.
Yer o’qi orbita tekisligiga og’gan. Yer o’qi orbita tekisligi bilan 66
0
33
1
burchak hosil qiladi, yani Yer o’qining og’ish burchagi 66
0
33
1
.
Harakt davomida Yer o’qi ilgarilama shaklda siljiydi va orbitada 4ta o’ziga
xos nuqta hosil bo’ladi (15-rasm):
22
- 21 mart va 23 senntyabrda Yer o’qining qiyaligi Quyoshga nisbatan neytral
bo’ladi. Quyosh nurlari ekvatorga tik tushadi va ikkala yarim sharni teng yoritadi.
Kun va tun uzunligi baravar bo’ladi. qutblarda esa kun va tunni almashinishi ro’y
beradi. Shuning uchun mazkur kunlar bahorgi va kuzgi tengkunlik kunlari
deyiladi;
- 21 iyonda Yer o’qining shimoliy qismi Quyoshga enkaygan bo’ladi.
Shuning uchun Quyosh nurlari ekvatorga emas, balki undan shimolroqqa tik
tushadi.
Quyoshni tropiklarda turadigan kuni yozgi Quyosh turishi deb ataladi.
Yozgi Quyosh turishida shimoliy yarim sharning yoqori kengliklarida sutka
davomida faqat qutbgina va qutb atrofi emas, balki shimoliy qutb chizig’igacha
bo’lgan joylar yoritiladi. Ammo janubiy yarim sharda janubiy qutb chizig’ining
ichidagi hududlar Quyosh tomonidan yoritilmaydi;
- 22 dekabrda Quyosh nurlari janubiy tropikka tik tushadi. Shuning uchun
shimoliy qutb doirasi ichidagi hududlar yoritilmaydi.
Janubiy qutb doirasi esa sutka davomida yoritiladi. Bu holat bahorgi teng
kunlikkacha davom etadi.
Demak, Yer o’qining qiyaligi ekvatordan tashqari hamma joyda kun va tunni
turlicha uzunligini keltirib chiqaradi. Bahorgi va kuzgi tengkunliklar davrida
Quyoshning ufqdan balandligi quyidagicha aniqlanadi.
Yerning Quyosh atrofida aylanishi natijasida yil fasllari hosil bo’ladi. Yer
o’qining qiyaligi bilan tropiklar, qutb doiralari, ekvator kabi tushunchalar
bog’langan. Ekvator qutblardan teng masofada Yer yozasidan o’tkazilgan shartli
chiziq. Tropiklar Quyosh nurlari yozgi Quyosh turish davrida tik tushadigan
parallellar, yani 23
0
27
1
sh.k., 23
0
27
1
j.k. qutb doirasi chizig’i – kengligi Yer
o’qining qiyaligiga teng bo’lgan parallel, qutb doirasi chiziqlari qutbiy tun va
kunning tarqalish chegaralari hisoblanadi.
Yer o’qining qiyaligi yoritish mintaqalarin kelib cheqishiga sabab bo’ladi.
23
Yer aylanishining burchak tezligi, yani yer yozasidagi biror nuqtaning har qanday
myayyan vaqt davomida aylanish burchagi hamma kengliklar uchun bir xildir.
Sekundiga metr hisobidagi tezlik kengliklarga qarab o’zgaradi. Bu tezlik ekvatorda
464 metrga teng.
Yerning sutkalik aylanishining eng muhim geografik oqibatlari quyidagilar:
- kun bilan tunning almashib turishi, buning natijasida Yerning landshaft
qobig’i hayotida va undagi jarayonlarda sutkalik ritm vujudga keladi;
- ayni bir vaqtda Yerdagi turli meridyanlarning mahaliy vaqti turlicha
bo’ladi;
- gorizontal harakat qiladigan hamma jismlar yerning sutkalik aylanishi
natijasida shimoliy yarim sharda o’ngga, janubiy yarim sharda chapga buriladi.
Yer aylanishining buruvchi kuchi (Koriolis) havo massalarining, dengiz
oqimlarining, daryolarning yo’nalishiga tasir etadi;
- Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida 2 ta doimiy nuqta – qutblar
hosil bo’ladi. Bu hol sharda koordinatalar to’rini yaratishga, yani meridyanlar,
parallellar va ekvatorni o’tkazishga imkon beradi. Qutblarni tutashtiruvchi
chiziqlar meridyanlar deb ataladi. Meridyan tekisligi gorizont tekisligiga tik
bo’ladi. Bu ikkala tekislik kesishgan chiziq, tush chizig’i deyiladi. Bosh
meridyandan berilgan nuqtagacha bo’lgan daraja hisobidagi masofa geografik
uzunlik deb ataladi. Ekvatordan berilgan nuqtagacha bo’lgan meridyan yoyining
uzunligi geografik kenglik deb ataladi;
- Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi asosiy vaqt birligi bo’lgan sutkani hosil
qiladi.
Yer va Oy umumiy og’irlik markazi atrofida aylanishadi. Yer Quyosh bilan
birga Galaktika markazi atrofida aylanadi. 200 mln. yilda ular Galaktika markazini
bir marta aylanib chiqishadi. Buni Galaktika yili deb atashadi.
Yer va Oy umumiy og’irlik markazi atrofida shunday aylanishadiki, ularning
har biridagi hoxlagan nuqta bir xil orbita hosil qiladi. Demak, har bir nuqtada
24
geografik kenglikka bog’liq bo’lmagan bir xil markazdan qochma kuch vujudga
keladi. Yerning har bir nuqtasiga markazdan qochma kuchdan tashqari Oy
tomonga yo’nalgan tortishish kuchi ham tasir qiladi.
Oyning tortishi natijasida Yer elastik ravishda deformatsiyalanib, tuxum
shaklini oladi. Bu «tuxum» Yer va Oy markazlarini tutashtiruvchi chiziq bo’ylab
oy tomonga cho’zinchoq bo’ladi. Bunda Yerning suv qobig’i sezilarli o’zgaradi:
okean yozasining Oyga eng yaqin turgan nuqtasida va unga teskari tomondagi
(oydan eng uzoq) nuqtada suv ko’tariladi, bu nuqtalar orasida suv sathi Yer – Oy
chizig’iga tik ravishda pasayadi Yer sharining Oyga qaragan tomonida okean
sathining ko’tarilishaga sabab shuki, bu yerda suv zarralarining markazdan
qochirma kuch tufayli Oydan qochishga (itarilishiga) nisbatan, Oy suv zarralarini
kattaroq kuch bilan tortadi. Bunda markazdan qochirma kuch Yer bilan Oyning
o’zlarining umumiy markazi atrofida aylanishidan hosil bo’ladi, ularning bu
markazi Yer sharida, uning markaziga yaqin joydadir. Yerning Oyga qarama –
qarshi tomonida okean suvining ko’tarilishiga sabab, yoqorida aytilgan itaruvchi
kuchlar bu yerda Oyning tortish kuchidan yoqori bo’ladi. Bunda yerning Oydan
uzoq turgan qismiga nisbatan 7 foiz ko’p kuch bilan tortadi.
Ko’tarilgan suv Yerning o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida ko’tarilish
to’lqiniga aylanib, Yer aylanishiga teskari, yani Yer sharini sharqdan g’arbga
tomon aylanib chiqadi. To’lqinning eng baland joyi o’tgan joyda dengiz suvi
ko’tariladi. To’lqining eng past joyida dengiz suvi qaytadi. Sutka davomida dengiz
sathi ikki marta ko’tariladi va ikki marta pasayadi (17-rasm).
Yerda Quyosh tortishi natijasida ham dengiz suvi ko’tariladi, lekin Quyosh
Yerdan juda uzoqda bo’lganligi uchun u dengiz suvini Oyga nisbatan 2,17 marta
kam ko’taradi. Dunyo okeanida doimiy ravishda Yer aylanishiga qarshi tomonga
oqib yoradigan ko’tarilish to’lqini Yerning aylanishini sekinlashtiradi va Yer
sutkasi asta–sekin uzaya boradi va 40 ming yilda sutka 1 sekundga uzayadi.
25
Yer osmon jismlaridan biri bo’lganligi tufayli, ulardan juda uzoqda bo’lishiga
qaramasdan Koinot Yerga doimo tasir etib turadi. Koinotning Yerga ta’siri
quyidagilardan iborat (21-rasm).
1. Quyosh bilan Yer orasidagi masofa Yer uchun eng muhim issiqlik
ko’rsatkichi bo’lgan Quyosh radyatsiyasining miqdorini aniqlab beradi. Yerga
Quyosh taratayotgan issiqlikning ikki millyarddan bir qismi etib keladi. Bu miqdor
esa Yer uchun xos bo’lgan termodinamik sharoitni taminlaydi. Quyoshdan Yerga
keladigan nur issiqligi Yer yozasidagi issiqlikning asosiy manbai bo’lib,
quruqlikda, okeanlarda, atmosfera hamda tirik mavjudotlarda ro’y beradigan juda
ko’p jarayonlarni vujudga keltiruvchi asosiy kuchdir.
2. Yerning Quyosh tizimidagi sayyoralar orasida joylashgan o’rni Yerdagi
moddalar zichligini aniqlab beradi, uning o’lchamlari esa, uning massasini aniqlab
beradi. Yerdagi moddalarning o’rtacha zichligi 5,5 g/sm
3
, hajmi 1,0834 – 10
21
m
3
,
massasi (og’irligi) 5,976 ∙ 10
24
kg. Yerning bunday og’irligi atmosferani ushlab
turishga qodirdir.
3. Yer yozasidagi atmosfera bosimini mavjudligi suvni suyoq holda
bo’lishiga imkon beradi, aks holda suv bug’lanib ketgan bo’lar edi. Chunki
berilgan harorat va bosimga to’g’ri keladigan muvozanat bo’zilgan bo’lar edi.
4.
Oy
bilan
Quyoshning
tortishi
tufayli
Yer
davriy
ravishda
deformatsiyalanib (shakli o’zgarib) turadi. Natijada dunyo okeani, atmosfera va yer
po’stida qalqish hodisalari sodir bo’lib turadi. Bundan tashqari Oy tortishi
natijasida Yerning sutkalik harakati doimo sekinlashib boradi. Bu esa juda katta
geografik ahamiyatga ega. Buning natijasida erning sutkalik harakat tezligi qutbiy
siqiqligi va Koriolis kuchi kamayadi. Natijada atmosfera havosi va okean suvlari
harakatlari o’zgaradi, oqibatda iqlim ham o’zgaradi. Yerning sutkalik harakatining
sekinlashishi natijasida sutkaning uzunligi 1mlrd. yilda 6 soatga ortadi.
5. Yerda ma’lum bir doimiy termodinamik sharoitni ushlab turishda
atmosfera va okeaning ahamiyati juda katta. Atmosfera Quyoshdan kelayotgan Yer
26
uchun zararli bo’lgan elektromagnit nurlarni ushlab qoladi. Okean esa juda katta
issiqlik manbaidir. Doimiy termodinamik sharoitni ushlab turishda yer orbitasining
aylanasimon shakli ham katta ahamiyatga ega, shu tufayli Yerga keladigan
issiqlikning miqdori o’zgarmaydi, yani doimiydir.
6. Yerning og’irligi Yerga tushib turadigan meteoritlar hisobiga muntazam
ravishda ortib boradi. Ayni vaqtda Yer atmosferasining tashqi baland
qatlamlaridan fazoga doimiy ravishda turli xil gaz zarralari uchib ketib turadi.
7. Quyoshdan yerga issiqlikdan tashqari, elektr zaryadli juda ko’p turli
tuman zarralar ham kelib turadi. Koinotning uzoq qismidan Yer atmosferasining
yoqori qatlamariga ko’rinmas va juda yoksak energiyaga ega bo’lgan kosmik
nurlar kelib turadi (asosan vodorod atomining yadrolari). Yerdagi ko’p hodisalar –
qutb yog’dusi, magnit bo’ronlari, havoning ionlashishi, atmosferadagi bazi
gazlarning molekula holatidan atom holatiga o’tishi va boshqalar – Yer
atmosferasiga koinotdan kirib keladigan zarralar va nurlar tasirida vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: |