Referat mavzu: Bronxit kasalligini oldini olish va davolash Bajardi: Rafiyeva R


Bolalarda oʻtkir bronxit belgilari



Yüklə 83,7 Kb.
səhifə5/8
tarix02.01.2022
ölçüsü83,7 Kb.
#37266
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8
Bronxit

Bolalarda oʻtkir bronxit belgilari

Bolalarda bronxit belgilari boshqa nafas kasalliklari belgilaridan farq qiladi. Bolalarda bronxit belgisi deganda birinchi boʻlib yoʻtal tushuniladi. Ammo, yoʻtal nafas yoʻllarining boshqa kasalliklarida ham kuzatiladi. Xoʻsh, bronxitda yoʻtalning oʻziga xos xususiyatlari nimasi bilan farqlanadi?


Ushbu maqolani ham o‘qing:  Maymoqlikning sababi nima?
Bolalarda bronxitning ilk belgilari quruq yoʻtaldan boshlanadi, yaʼni balgʻam ajralmaydigan yoʻtal. Balgʻam koʻchishi va nam yoʻtallar boshlanishi kasallik tuzalayotganidan dalolat beradi. Balgʻam rangsiz, sargʻish yoki yashil rangda boʻlishi mumkin.

Foto: www.cccgs.org

 

Oʻtkir bronxitda bolalarda yana bir belgi – tana harorati koʻtarilishi ham kelib chiqadi. Ammo, bronxit kasalligida koʻrsatkichlar juda yuqori boʻlmaydi, koʻpincha subfebril koʻrsatkichda yoki 39 oC gacha koʻtarilishi mumkin. Bu koʻrsatkich oʻpka toʻqimasining yalligʻlanishida tana harorati oshishiga nisbatan past hisoblanadi. Kataral (oddiy) bronxitda tana harorati 38 oC dan oshmaydi.



Bronxitning yana bir simptomi umumiy intoksikatsiya belgilari – bosh ogʻrigʻi, holsizlik, koʻngil aynishi, emizikli bolakaylarda uyqu buzilishi va oziqlanishdan bosh tortish kabi holatlar kelib chiqadi.

Bolalarda bronxit kasalligida nafas yoʻllari auskultatsiyasida (eshitib koʻrilganda) koʻkrak sohasida quruq xirillashlar eshitiladi.


1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin