Реферат Мавзу: Farmatsevtika tashkilotlar boshqaruvini tashkil qilish Бажарди: Фармация йуналиши



Yüklə 93,42 Kb.
tarix25.01.2023
ölçüsü93,42 Kb.
#80828
növüРеферат
фарм бошкарув


Ўзбекистон Республикаси Соғлиқни Сақлашлаш Вазирлиги Тошкент Фармацевтика Институти
Кафедра: Фармацевтика ишини ташкил қилиш
Фан: Фармацевтикада бошкарув.


Реферат
Мавзу: Farmatsevtika tashkilotlar boshqaruvini tashkil qilish


Бажарди: Фармация йуналиши
503 - Б гуруҳ талабаси
Мирзарахманова Нодира.
Текширди: .


2022-2023-йил.

Mavzu: Farmatsevtika tashkilotlar boshqaruvini tashkil qilish
Reja:

  1. Zamonaviy boshqaruv.

  2. Boshqarish uslublari

  3. Boshqaruv qarorlari.

Hozirda barcha tashkilotlar shu bilan bir qatorda farmasevtik tashkilotlarni boshqaruvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. To‘g‘ri amalga oshirilgan boshqaruv bu tashkilotning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. Zamonaviy boshqaruv bu ko‘p tarmoqli faoliyat bo‘lib, u o‘zichiga boshqaruv siyosatini, munosabat tizimini, amaliyotti va tahlilni oladi. Hozirgi kunda tashkilotni rivojlanishi uchun hamma uchun umumiy bo‘lgan boshqaruv shakli mavjud emas.


Zamonaviy boshqaruv – bu uzoq muddatli evolyutsion jarayonning natijasidir, uning davomida to'rtta asosiy maktabni ajratish mumkin: boshqaruv fani muammolarining zamonaviy tushunchalarini asoslash:
• klassik boshqaruv maktabi, jumladan, ilmiy boshqaruv maktabi, ma'muriy va boshqaruv idoralari uchun bürokratik yondashuv;
• xulq-atvorni boshqarish maktabi, jumladan, inson munosabatlari maktabi va qiziqishlariga oid fan maktabi;
• miqdoriy boshqaruv maktabi;
• Zamonaviy boshqaruv maktabi, shu jumladan tizim, boshqaruvga uslub va yondashuvlar.
Ilmiy boshqaruv tushunchasi, biroq jiddiy, bir-biri bilan bog'liq bo'lmagan bosqich bo'lib chiqdi, natijada boshqaruv mustaqil tadqiqot sohasi sifatida e'tirof etildi. Tashkilot maqsadlariga erishish uchun amaliyotchilar tomonidan samarali foydalanilishi mumkin bo'lgan usul va yondashuvlarni aniqlab beruvchi yangi fan tug'ildi.
Boshqarish uslublari
Boshqaruv:

  1. Jarayon sifatida rahbar va boshqaruv apparatining insonlarning birgalikdagi faoliyatini belgilangan maqsadga erishish yo‘lida muvofiqlashtirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir;

2) fan sifatida boshqaruv faoliyatining qonunlari va qonuniyatlari, tamoyillari, funksiyalari, shakllari va usullarining nazariy asoslarini tashkil etadi. Boshqaruv fani ilmiy asoslangan holda, iqtisodiy, ijtimoiy, xuquqiy va boshqa qonunlarga tayanadi.
3) tashkilot boshqaruv apparatining tashkiliy tuzilmasini aks ettiradi;
4) faoliyat turi sifatida rahbarlik lavozimini anglatadi. Boshqaruv jarayoni boshqaruv faoliyatining ketma-ketligi bilan belgilanadigan quyidagi bosqichlarga ega:
maqsad;
vaziyat;
muammo;
qaror.
Boshqaruvning
Asosiy elementi tashkilotning aniq maqsadi bo‘lib, u ko‘p jihatdan tashkilot faoliyatining muvaffaqiyatini belgilab beradi. Shu sababli har bir menejer o‘zi boshqarayotgan bo‘g‘inning maqsadini to‘g‘ri va aniq ifodalay olishi, hamda unga erishish vositalarini belgilashi lozim. Tashkilotning maqsadi — bu belgilangan vaqt davomida barcha hodimlarning muvofiqlashtirilgan xatti-harakatlari yordamida erishish mumkin bo‘lgan istalgan holat yoki natija. Maqsadlarni ifodalash ularning xususiyatlarini va ularga qo‘yiladigan talablarni aniq tushunilishini taqozo etadi. Boshqaruv maqsadi quyidagi talablarga javob berishi kerak:
• aniqlik (aniq ifodalangan yakuniy natija);
• mantiqiyligi (mazmuni bo‘yicha bir ma’noni anglatishi, qarama-qarshi talqinlarning istisno etilishi);
• erishish imkoniyati (bajarilishi mumkin bo‘lishi kerak);
• miqdoriy jihatdan o‘lchanishi;
• vaqt bo‘yicha belgilanganligi (bajarish muddatlari)
• maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo‘lmog‘I darkor;
• maqsadni amalga oshirish bo‘yicha xatti-xarakatlar bo‘limlar va ma’sullar bo‘yicha taqsimlangan bo‘lishi lozim;
• samaradorlik (natija va foyda berishi). Tashkilotning boshqaruv maqsadlarini turli mezonlar bo‘yicha tasniflash mumkin, ularning ichida vaqt davri, takrorlanish va ustuvorlik mezonlari yetakchilik qiladi. Vaqt davriga qarab maqsadla rstrategik (5—10 yillik davri uchun), taktik (5 yilgacha), tezkor (operativ) maqsadlarga ajratiladi. Ustuvorlik darajasi bo‘yicha maqsadlar zudlik bilan amalga oshiriladigan va nomuhim maqsadlarga toifalanadi. Takrorlanishi bo‘yicha esa — doimiy, davriy takrorlanadigan va fursatli maqsdlarga bo‘linadi. Doimiy va davriy takrorlanadigan maqsadlar uchun, odatda, standart axborotlardan foydalangan holda, ya’ni rasmiy yondashuv ishlab chiqiladi. Fursatli maqsadlarga erishish uchun yangi uslublar yaratiladi, mutaxassislar o‘qitiladi, yangi resurslar izlab topiladi. Doimiy (uzluksiz) va davriy takrorlanadigan maqsadlar – muntazam ravishda belgilanadigan va amalga oshiriladigan maqsadlar. Masalan, mehnat unumdorligini oshirish, intizomni mustaxkamlash, mahsulot sifatini oshirish, tannarxni pasaytirish kabi uzluksiz ravishda belgilanadigan maqsadlar. Fursatli maqsadlar – biror bir muammoni hal etish zarurati tug‘ilgan hollarda belgilanadigan maqsadlar. Masalan, korxonani qayta uskunalash, jixozlarni yangilash. Boshqarish jarayonining samarali bo‘lishi maqsadning asoslanganligi va to‘g‘ri belgilanganligiga bog‘liq. Chunki aynan shu maqsadga binoan boshqaruv funksiyalari, boshqaruv usullari, boshqaruvning tuzilmaviy tarkibi, lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar yechiladi. Shu sababli, boshqaruv yuksak san’at va mahoratni talab qiluvchi tanlov sifatida ta’riflanadi. Harqanday faoliyatning ijobiy natija berishi eng avvalo tanlovni to‘g‘ri bajara olishga, ma’qul va ishonchli qarorni qabul qilishga hamda bu qarorning bajarilishini nazorat qilabilishga bog‘liq. Boshqaruv boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishga va oqilona qarorni qabulqilishni o‘rgatadi. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchi-menejerlarni tayyorlash. Boshqaruv funksiyalari — buboshqaruv faoliyatida bajarilgan ishlarning mazmunan bir turda bo‘lishi va ularning maqsadli yo‘naltirilishi alomati bo‘yicha ajratiladigan ixtisoslashgan turlari. Boshqaruv funksiyalari ikki guruhga ajratiladi:
▲umumiy;
▲spesifik (ixtisoslashgan).
Boshqaruvning quyidagi umumiy funksiyalari mavjud bo‘lib, ular boshqaruvning barcha darajalarida (farmatsevtika xizmatini davlat miqyosida boshqarish yoki biron-bir tashkilot miqyosida boshqarish), va faoliyat turidan qat’iy nazar har bir tashkilotda qo‘llaniladi. Bu funksiyalarga quyidagilar kiradi:
• rejalashtirish;
• tashkilqilish;
• rag‘batlantirish (motivatsiya);
• tartibgasolishvamuvofiqlashtirish;
• nazorat.
Rejalashtirish – boshqaruvning asosiy va dastlabki funksiyasidir. Har qanday boshqarish reja tuzishdan boshlanadi. Boshqarish rejasida:
• boshqaruv maqsadlari va vazifalari, ularni amalga oshirish maqsadlari;
• vazifalarni amalga oshirish usullari;
• bo‘g‘inlarning o‘zaro aloqalari belgilanadi. Tashkil qilish funksiyasi joriy va strategik rejalarning ijrosini ta’minlash bo‘yicha birinchi qadamdir. Bu funksiya yordamida rejalarni amalga oshirish bo‘yicha boshqaruv (texnologik va ishlab chiqarish) jarayonlar belgilanadi. Jarayonlar asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatish jarayonlari bo‘lishi mumkin. Mutanosiblik, uzluksizlik, parallellik, aniqlik, bir maromdalik, ixtisoslashish, universallashtirish va boshqalar jarayonlarni oqilona tashkil etishning asosiy tamoyillari bo‘lib hisoblanadi. Boshqaruvning bu funksiyasi mehnatni ixtisoslashtirish, vazifalarni bo‘lib berish, birlashtirish (kooperatsiyalashtirish) yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda ichki va tashqi shart-sharoitlarning o‘zgarib turishiga qarab amaldagi tizim tarkibini takomillashtirish yoki yangisini tuzish masalalari hal etiladi. Muvofiqlashtirishning asosiy vazifasi oqilona aloqalar o‘rnatish yo‘li bilan boshqariladigan tizimning turli qismlari o‘rtasida kelishib ish olib borishni ta’minlashdir. Muvofiqlashtirish mablag‘larni tejash maqsadida boshqaruvdagi bir birini takrorlaydigan jarayonlarni bartaraf qilish imkonini beradi. Tartibga solish muvofiqlashtirishning davomi bo‘lib, u sodir bo‘lib turadigan chetlanishlarni bartaraf etib, og‘ishlarning oldini olish choralarini ko‘radi. Nazorat qilish funksiyasining maqsadi boshqaruv ob’ektida sodir bo‘layotgan jarayonlarni hisobga olish, tahlil qilish va ma’lum tartibda shu ob’ekt faoliyatini sozlab turishdir. Muntazam nazorat yo‘q joyda samarali natijalarga erishib bo‘lmaydi.
Boshqaruvning spesifik (ixtisoslashgan) funsiyalari tizimiga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarishni boshqarish;
• marketingni boshqarish;
• moliyaviy boshqarish;
• sifatni boshqarish;
• mehnatniboshqarish;
• kadrlarni boshqarish;
• innovatsiyalarni boshqarish.
Boshqarilayotgan farmasevtik tashkilotning ish xajmi kichik bo‘lsa, ushbu funksiyalar umumlashgan holda rahbar tomonidan amalga oshirilsa, yirik korxonalarda ushbu funksiyalarning har biri alohida bo‘linma rahbarlariga yuklatiladi.
BOSHQARISH USULLARI
Boshqarish usullari – belgilangan maqsadlarga erishish jarayonida tashkilot faoliyatini uyg‘unlashtirish uchun xodimlarga va umumanjamoaga ta’sir ko‘rsatish usullaridir. Hodimlar hatti- harakatini tartibga soluvchi barcha ta’sir o‘tkazish yo‘llarini ikki guruhga bo‘lish mumkin:
• passiv ta’sir o‘tkazish mexanizmi – hodimlarga bevosita ta’sir etmaydigan, lekin jamoa faoliyatini tartibga soluvchi me’yor va qoidalar, shart-sharoitlar;
• faol ta’sir o‘tkazish mexanizmi – jamoaga va aniq (konkret) hodimga bevosita ta’sir etadigan usullar.
Ma’muriy boshqaruvda ta’sir o‘tkazish usullari o‘zining xarakteri bo‘yicha asosan uchga bo‘linadi:
1. Iqtisodiy usullar
2. Tashkiliy – farmoyish usullar
3. Ijtimoiy – psixologik usullar.
1. Boshqaruvning barcha usullari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi. Iqtisodiy usullar yordamida boshqaruv ob’ektining moddiy manfaatlarini hisobga olgan holda unga ta’sir o‘tkazib, boshqaruv maqsadiga erishish ko‘zda tutiladi. Bu usullar bozor munosabatlari sharoitida eng samarali va maqsadga muvofiq usullar hisoblanadi. Har qanday jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, avvalom oddiy manfaatlarda namoyon bo‘ladi.
Ushbu manfaatlar uch xil bo‘ladi:
• jamiyat manfaatlari;
jamoa manfaatlari;
• shaxsiy manfaatlar.
Iqtisodiy usullardan shunday foydalanish kerakki, bunda jamoaning va har bir hodimning manfaatlari jamiyat manfaatlari bilan uyg‘unlashib ketishi ta’minlanishi kerak. Bunda ayrim hodim va jamoa uchun foydali tadbirlar jamiyat uchun ham foydali bo‘lishi ham ta’minlanishi kerak. Bu usullarni samarali qo‘llash yordamida insonlarning shaxsiy va jamoa manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashiga erishiladi.
Shaxsiy va jamoa manfaatlarini ruyobga chiqarish ish xaqi miqdorini oshirish, mukofotlar va taqdirlash orqali amalga oshirilsa, umumjamiyat manfaatlariga qaratilgan iqtisodiy usullar elementlariga davlat tomonidan kredit va foiz stavkasi bo‘yicha beriladigan imtiyozlar;
soliq va soliq yuki bo‘yicha imtiyozlar;
boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar;
subsidiyalar;
litsenziyalashtirish;
moliya-kredit munosabatlari;
narxlar kiradi.
Iqtisodiy usullar boshqarishning barcha usullari ichida yetakchi o‘rinni egallaydi. Har qanday darajadagi rahbar ularning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to‘g‘ri qo‘llay olishi kerak. Boshqariluvchi ob’ektga iqtisodiy usullar bilan ko‘rsatiladigan ta’sir korxonalarda mehnat va moliya resurslaridan yanada unumliroq foydalanishga, yangi texnologiyalarni joriyqilishga, mehnatunumdorliginioshirishga, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga rag‘batlantirishi kerak.
2. Tashkiliy – farmoyish usullar yuqori pog‘onaning quyi pog‘onaga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir o‘tkazishini ifodalaydi, ular yordamida boshqaruv ob’ektining tarkibiy tuzilishi va faoliyatining tartib-qoidalari belgilanadi. Bu usullar boshqaruv tizimida muhim o‘rin egallab, ular quyidagi chora-tadbirlar asosida amalga oshadi:
• boshqaruv apparatining muayyan tizimini tuzish;
• har bir boshqaruv bo‘g‘inining funksiyalarini belgilash;
• kadrlarni to‘g‘ri tanlash, joy-joyiga qo‘yish;
• bo‘limlar va hodimlarning huquq, burch va javobgarliklarini belgilash;
• vakolatlarni to‘g‘ri taqsimlash:
• buyruq, farmoyish, ko‘rsatma, nizom va yo‘riqnomalar chiqarish, ularning bajarilishini ta’minlash;
Topshiriqlar va direktiv ko‘rsatmalarni bajarmayotgan bo‘linma va shaxslarga nisbatan choralar ko‘rish.
Tashkiliy – farmoyish usullar boshqarish tizimidagi munosabatlarni tartibga soladi, boshqaruv idoralarining o‘zaro bog‘lanib ishlashini ta’minlaydi.
Bu usullar boshqarish funksiyalari bajarilishining tashkiliy barqarorligini, intizomliligini, muvofiqligini, uzluksizligini ta’minlaydi.
3. Tashkiliy ta’sir o‘tkazish shakllarini amalga oshirish yo‘llari va tashkiliy ta’siro‘tkazish shakllari mohiyati
1. Loyihalash:
• Boshqarish strukturasini loyihalash;
• Boshqarish jarayonini loyihalash;
• Xodimlar mehnatini uyushtirishni loyihalash;
• Xujjatlashtirish va xujjat aylanishini loyixalash;
• Boshqarish texnikasi
• Boshqaruv apparati strukturasi;
• Shtatlar jadvali;
• Bo‘limlar to‘g‘risidagi nizom;
• Lavozimlar to‘g‘risida nizom;
Binolarning joylashuvini;
• Ish o‘rin larine jixozlash;
• Nazoratni tashkil qilish;
• Boshkaruv ishlarini mexanizatsiyalash.
2. Reglamentlash Har bir bo‘linma va xodimlar faoliyatini aniqlaydi va chegaralaydi.
3. Me’yorlash Mehnatni tashkil etish uchun turli lavozim darajasidagi xodimlar nisbatini, ish me’yorlari, tariffrazryadlari, rag‘batlantirish tizimi, ish va dam olish vaqtlarini belgilaydi
Yo‘riqnomalar Muayyan ishlarni bajarish yo‘llari va qanday izchillikda bajarish ko‘rsatiladi.
(Lavozim yo‘riqnomalari)
Ma’muriy javobgarlik – huquqiy javobgarlik bo‘lib, vakillik idorasi yoki mansabdor hodimning qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan shaxsga nisbatan ma’muriy jazo chorasini qo‘llashida namoyon bo‘ladi. Bunday jazo quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
• Harajatlarni undirib olish;
• Keltirilgan zararni qoplash;
• Intizomiy choralar;
• Jarima va boshqalar.
Jinoiy javobgarlik – bu mansabdor shaxs tomonidan lavozimini suiste’mol qilish bilan bog‘liq jinoyat sodir etilganida sudda belgilanadigan jazolardir.
Bularga:
• ozodlikdan mahrum etish;
• moddiy va ma’naviy ziyonni undirish;
• ma’muriy va intizomiy chora ko‘rish va boshqalar kiradi.

  1. Ijtimoiy-psixologik usullarning asosiy maqsadi jamoalarda sog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yaratishdir. Bu usul ijtimoiy-ma’naviy vaziyatga ta’sir etish yo‘li bilan xodimlarning fe’l-atvori, ruhiyatini hisobga olgan holda boshqarishni bildiradi. Bu usullar ishlab chiqarish jamoalarini, ulardagi “psixologik iqlimni”, har bir xodimning shaxsiy xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan.

Ijtimoiy-psixologik usullar quyidagi masalalarni hal etishga qaratilgan:
1. Hodimlarning dunyoqarashlari, fe’l-atvorlari, qobiliyatlari, manfaatlari kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hisobga olgan holda jamoalarni shakllantirish. Buning natijasida jamoada hamkorlik va hamjihatlik ruhida ishlash uchun qulay shart sharoitlar yaratiladi.
2. Jamoada tashkiliy madaniyatni shakllantirish, tashkilot qadriyatlari tizimi, namunali an’analar va urf-odatlarni joriy qilish.
3. Hodimlarda ijtimoiy rivojlanishni, yangiliklarga intilishni va tashabbusni rag‘batlantirish, ularning umumiy bilim va malaka darajasining ortishini ta’minlaydi.
4. Hodimlarning madaniy va maishiy extiyojlarini qondirish, ya’ni uy joy sharoiti, farzandlarining bog‘chalarga joylashganligi, davolanish, dam olish va sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan talabning qondirish imkoniyatlari.
5. Hodimlarning o‘z mehnat faoliyatlaridan, tanlangan mutaxassisligi va kasbidan qoniqishlari uchun shart-sharoitlarni vujudga keltirish. Ijtimoiy-psixologik usullar “Boshqaruv sotsiologiyasi” va “Boshqaruv psixologiyasi”ga asoslanadi.
Boshqarish sotsiologiyasi mehnat jamoasini tarkib topdirish, rivojlantirish, xodimlarning tashabbusi va ijodiy faolligini oshirish kabi muhim muammolarni hal etishga qaratilgan. Boshqarish psixologiyasi – kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo‘yish, topshiriqlarni, funksiyalarni taqsimlashda, xodimlarni rahbatlantirishda, intizomni mustaxkamlashda qo‘llanadi.Sotsial psixologiya – insonlar va jamoa faoliyati psixologik va sotsial omillarining o‘zaro aloqasi qonunlarini, turli sotsial guruxlar xususiyatlarini, jamoa muloqoti va o‘zaro ta’sir ko‘rsatish shakllarini o‘rganadigan psixologiya fanining soxasidir.
Boshqaruv qarorlari.
Qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish — buboshqaruvning bosh jarayoni bo‘lib, qarorning o‘zi esa boshqaruv tizimining mahsulidir.
Qaror qabul qilish – bu maqsadga erishish uchun tashkilot rahbarining o‘z vakolati va omilkorligi doirasida muqobil yo‘lni tanlash jarayonidir.
Turli pog‘onadagi rahbar o‘zining amaliy ishida yuzaga keladigan muammolarni hal qiladi. Muammo — bu hal qilinishi lozim bo‘lgan murakkab nazariy masala yoki amaliy vaziyat.
Boshqaruv qarorlarining elementlari Faoliyatning darajasi, hajmi va xususiyatlariga qarab boshqaruv qarorlari mazmuni va tavsifi bo‘yicha farqlanadi. Boshqaruv pog‘onasi oshgani sari strategic qarorlarning ulushi ortib, operativ qarorlarning ulushi kamayadi.
Oqilona qarorni qabul qilish quyidagi omillarga bog‘liq:
• Qaror qabul qilish jarayonida axborotning to‘laligi va uning sifati;
• Qaror qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati;
Farmatsevtika mutaxassislarini tayyorlash va malakasini oshirish bilan bog'liq bo'lgan farmatsevtika faoliyatiga tegishli litsenziyalash talablarini hisobga olgan holda, farmatsevtika kompaniyalarida yuqori darajadagi professionallik haqida gapirish mumkin.
6. Xodimlarning nisbati ishchilarning turli sohalarda va bo'linmalardagi taqsimlanishini tasvirlaydi. Xodimlarning nisbati ma'muriy va boshqaruv xodimlarining ulushini, farmatsevtika mutaxassislarining ulushini, qo'llab-quvvatlovchi xodimlarning ulushini o'z ichiga oladi. Ko'rsatilgan aktsiyalar (yoki foizlar) ushbu sinf xodimlarining tashkilotdagi xodimlarning umumiy soniga bo'linishi hisobiga hisoblanadi. Shunday qilib, shunga o'xshash ish bilan shug'ullanadigan kompaniyalar uchun odatiy xodimlarning o'rtacha nisbatlarini bilish uchun ma'lum bir kompaniyaning tuzilishi eng maqbuldir degan xulosaga kelish mumkin.
Yüklə 93,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin