Kartani matematik asosi - kartaning matematik elementlari majmui (kartografik proeksiya va u bilan bog‘liq koordinata to‘ri, masshtab, godezik asos, kompanovka, razgrafika va nomenklatura). Kartografik material - kartani tuzish, tuzatish yoki yangilash uchun foydalaniladigan kartografik asar va boshqa istagan hujjat. 15 Kartografik ta’minlanganlik- birorta ishni bajarish uchun zarur kartalarni mavjudligi. Kartografik asar - bosh, asosiy qismi kartografik tasvir bo‘lgan asar. Geografik karta - Yer yuzasini kartasi. Topografik karta - nuqtalarni ham planli ham balandlik o‘rni (holatini) aniqlashga imkon beradigan joyni mufassal kartasi. Sohaviy karta- asosiy mazmuni fan yoki halq ho‘jaligini muayyan sohasini rivojlantirish maqsadida o‘rganiladigan va foydalaniladigan asosiy ob’ektlarni tasvirlash bo‘lgan karta. Maxsus karta - ma’lum vazifalarni (topshiriqlarni) echish uchun mo‘ljallangan va ma’lum doiradagi foydalanuvchilarga mo‘ljallangan karta. Kompleks (majmuali) karta- bir necha o‘zaro bog‘langan ob’ektlarni xar birini alohida o‘zini ko‘rsatkichida ko‘rsatadigan karta. Analitik karta - umumlashtirilgan aniq yoki ozgina kam umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarni beradigan karta. Sintetik karta- qator ko‘rsatkichlarni birlashtirish asosida ob’ektlarni birbutun qilib ko‘rsatadigan karta. Obzor karta - tasvirlanayotgan soha bilan umumiy tanishish uchun mo‘ljallangan karta. Tabiiy-geografik karta - bosh (asosiy) mazmuni geografik muhitni va geografik qobiqni tasvirlash bo‘lgan karta.