Referat mavzu: jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari bajardi: Pulatov u toshkent 2012



Yüklə 94,61 Kb.
səhifə14/16
tarix25.12.2023
ölçüsü94,61 Kb.
#195798
növüReferat
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Referat mavzu jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqich-fayllar.org

Birinchidan, oltin zahiralarining ahamiyatini hisobga olgan holda, davlatlar
iqtisodiy, siyosiy, harbiy qiyinchiliklar uchun oltin zahiralarini ma`lum bir 
darajada ushlab turishga intilmoqdalar. 1970-yillar o`rtasida, ko`pchilik
mamlakatlar bozor darajasiga moslab davriy ravishda uning bahosini oshirib 
yubordi. Faqatgina, AQSH eng ko`p oltin zahiralariga ega bula turib, uni
baholashda bekor qilingan baho (1 untsiya uchun 42,22 doll.)ni qo`lladi. 
Markaziy banklar 1973 yildan oltin zahiralarini deyarli o`zgarmas holda saqlab
kelmoqda, ularning ayrimlari (Frantsiya, Shveytsariya) davlat zahiralarini 
to`ldirish maqsadida kimoshdi savdolarida oltin xarid qilishdilar. O`tgan asrning
80-yillarida, ayrim OPEK mamlakatlari (Eron, Iroq, Liviya, Indoneziya) ham 
jahon bozorlaridan oltinni xarid qilishdilar.
Jahon oltin bozorlariga oltinni eng ko`p yetkazib beruvchi davlatlar qatorida 
Janubiy Afrika Respublikasini alohida ajratib ko`rsatish mumkin. Rasmiy
ma`lumotlarga ko`ra, Janubiy Afrika Respublikasi hozirgi kundagi hajmda yana 25 
yil mobaynida oltin yetkazib berib turishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi dunyodagi eng ko`p oltin qazib chiqaruvchi 10 
mamlakatlardan biri hisoblanadi. Respublikaning yillik oltin qazib chiqarish
quvvati 75 - 80 tonnani tashkil etadi. Xolbuki, bu ko`rsatkich Qozog`iston 
Respublikasida 35 - 40 tonnani, Armaniston Respublikasida esa atigi 2,5 - 3,0
tonnani tashkil etadi. 
Yaponiya, Avstriya, Italiya kabi mamlakatlar oltinni jahon bozorlaridan sotib
oluvchilar bo`lib ishtirok etadilar. Chunki, oltin inflyatsiyaga qarshi samarali 
jamgarish vositasi hisoblanadi.

Ikkinchidan, o`zlarining oltin zahiralaridan «svop» bitimlari uchun,
to`lov balansi taqchilligini qoplash maqsadida xalqaro kreditlar (1970-yillar 
o`rtasida Italiya, Portugaliya, Urugvay, 1980-yillarda rivojlanayotgan
mamlakatlar)ni ta`minlash va tashqi qarzlarni to`lash uchun ishlatadilar. Ba`zi 
hollarda, oltinning bir qismi valyuta zahiralarini to`ldirish uchun sotilmoqda
(masalan, Angliya banki, XVF XX asrning so`ngi yillari va XXI asrlar 
bo`sag`asida).

EVIiga a`zo mamlakatlarning 20 foiz oltin zahiralari EKYu emissiyasiga


qisman ta`minot bo`lib xizmat qilgan. Oltin evro emissiyasini 1999 yildan 
amalga oshirayotgan EMBining aktivlari (10-15 foiz miqdori)da saqlanib qolgan.

Uchinchidan, demonetizatsiya siyosatiga qarshi oltinning Markaziy banklar,
1994 yildan Yevropa valyuta instituti, 1998 yildan EMB o`rtasida qisman 
ishlatilishi uchun Yevropa valyuta ittifoqi tashkil qilingan. Shu tarzda oltin
zamonaviy sharoitlarda ham, metall valyutaning ma`lum sifatlarini, ya`ni 
favkulodda jahon pullari vazifasini saqlab kelmoqda.



Yüklə 94,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin