EVIiga a`zo mamlakatlarning 20 foiz oltin zahiralari EKYu emissiyasiga
qisman ta`minot bo`lib xizmat qilgan. Oltin evro emissiyasini 1999 yildan
amalga oshirayotgan EMBining aktivlari (10-15 foiz miqdori)da saqlanib qolgan.
Uchinchidan, demonetizatsiya siyosatiga qarshi oltinning Markaziy banklar,
1994 yildan Yevropa valyuta instituti, 1998 yildan EMB o`rtasida qisman
ishlatilishi uchun Yevropa valyuta
ittifoqi tashkil qilingan. Shu tarzda oltin
zamonaviy sharoitlarda ham, metall valyutaning ma`lum sifatlarini, ya`ni
favkulodda jahon pullari vazifasini saqlab kelmoqda.