ishlari ishlab chiqildi. Shuningdek, bu davrda EI ichida va EI bilan boshqa
uchinchi mamlakatlar o`rtasida kapitalning harakatlanishi bo`yicha barcha
to`siqlar olib tashlandi. EIga a`zo mamlakatlar iqtisodiy rivojlanish
ko`rsatkichlarini yaqinlashtirish bo`yicha, shuningdek, inflyatsiyaga qarshi va
davlat byudjeti siyosatini muvofiqlashtirish bo`yicha qator chora-tadbirlar ishlab
chiqildi.
Ikkinchi bosqich (1994 yil 1 yanvar - 1998 yil 31 dekabr) a`zo-
mamlakatlarni evroni qabul qilish bo`yicha harakatlari yanada aniqlashtirildi.
Ushbu bosqichda, Yevropa Markaziy bankining(EMB) huquqiy, tashkiliy,
moddiy-texnik holatini belgilash uchun Yevropa valyuta instituti tashkil etildi.
Shuningdek, mazkur bosqichda:
• a`zo mamlakatlarning markaziy banklari
tomonidan davlat sektori
korxonalariga yordam ko`rsatish hamda davlat
qarzlarini sotib olishni
ta`qiqlovchi
qonunlar qabul qilindi; Xuddi shu ta`qiqlar
EVI tashkil etilishining
uchinchi bosqichiga kelib, EMBga tegishli bo`ldi;
• davlat sektori korxonalarining moliya institutlarini mablag`laridan
foydalanishdagi imtiyozlari bekor qilindi;
• a`zo mamlakat davlat sektorining
majburiyat-larini boshqa
mamlakat yoki EI tomonidan olinishi ta`qiqlandi; Bu tadbir «kafolatlashdan
bosh
tortish
to`g`risidagi
kelishuv» degan nom oldi;
• ishtirokchi-mamlakat davlat byudjetidagi taqchillikning me`yoridan
(davlat byudjeti taqchilligi YAIMga nisbatan 3 foiz,
davlat qarzlari YAIMga
nisbatan 60 foizdan) oshirmasligi talabi qo`yildi;
• zarur bo`lganda, markaziy banklarga xuddi
EMB kabi maqom va
mustaqillik berish qabul qilindi.
1998
yil 2 mayda Yevropa Ittifoqi EVIining uchinchi bosqichida qaysi
mamlakatlarga evroga utishga ruxsat berish haqidagi qarorni qabul qildi.
Dostları ilə paylaş: