Referat mavzu: jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari bajardi: Pulatov u toshkent 2012


Brettonvud jahon valyuta tizimi (1944-1972



Yüklə 94,61 Kb.
səhifə7/16
tarix25.12.2023
ölçüsü94,61 Kb.
#195798
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Referat mavzu jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqich-fayllar.org

Brettonvud jahon valyuta tizimi (1944-1972 yy.). 1943 yilga kelib, AQSH
hamda Buyuk Britaniya erkin va barqaror valyuta tizimini barpo qilish uchun 
dastlabki qadamlarni qo`ydi. 1944 yilning iyul oyida Bretton-Vuds shaxrida bo`lib
o`tgan konferentsiyada, AQSH oltin andozasiga asoslangan kontseptsiyaga o`tish 
tashabbusi bilan chiqdi. Shu vaqtning o`zida, yangi xalqaro valyutani tartibga
solish tizimi faoliyatini nazorat qilish uchun, Xalqaro valyuta fondi (XVF)ni 
tashkil etish to`g`risida qaror qabul qilindi.
Yangi tartibning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat edi:

barqaror almashuv kurslariga ega bo`lgan, xalqaro valyuta tizimini 

tashkil etish;



qattiq valyuta nazorati bekor qilinishi va barcha valyutalarning 

konvertirlanishiga erishish.



Brettonvud tizimining asosiy tomonlari quyidagi tamoyillarni o`z ichiga 

oladi:
• mamlakatlar o`rtasidagi hisob-kitoblarda oltin o`zining oxirgi pul 
funktsiyasini saqlab qoldi;
• Amerika dollari zahira valyuta sifatida qabul qilindi. U oltinga 
tenglashtirilib, boshqa mamlakatlarning valyuta qiymatini o`lchash hamda
xalqaro kredit to`lovi vositasi sifatida qabul qilindi; 
• boshqa mamlakatlarning Markaziy banklari va hukumatlari
dollarni, AQSH xazinachiligidan 1 troya untsiyasi (31,1 g.) uchun 35 doll, 
kurs bo`yicha almashishi mumkin edi. Bundan tashqari, hukumat organlari va


xususiy shaxslar oltinni xususiy bozorlardan xarid qilishlari mumkin edi.


Oltinning valyuta bahosi rasmiy kurs asosida belgilanib, u 1968 yilgacha sezilarli 
darajada tebranmagan;
• valyutalarning bir-biriga tenglashtirilishi va ularni o`zaro almashtirish, 
oltin va dollarda ifodalanadigan rasmiy valyuta paritetlarida amalga oshirilgan;
• barcha mamlakatlar har qanday olingan boshqa mamlakat valyutasiga 
nisbatan, o`z valyuta kursi barqarorligini saqlashi shart edi. Valyutaning bozor
kursi, oltin yoki 
dollarda belgilangan paritetdan 1 foizdan ortiq u yoki bu tomonga og`ishi mumkin
emas

edi. Paritetlarning o`zgarishi, to`lov balansidagi buzilishlar barqaror tus


olsagina, 
mumkin hisoblanardi. Dollardan foydalanish ko`lamining ommaviy tus olishi
bilan,

oltindan foydalanish hajmi keskin pasaydi;


• valyuta munosabatlarini davlatlararo tartibga solish, asosan, XVF 
tomonidan amalga oshiriladigan bo`ldi.
O`tgan asrning 60-yillariga kelib Brettonvud tizimi, o`sib kelayotgan jahon 
xo`jaligining
baynalmilallashuvi, TMKlarning valyuta sohasidagi 
chayqovchiligining boshlanishiga qarshilik qilardi.
Oltin tartibidagi dollar andozasi tizimi, amalda asta-sekin dollar andozasi 
tizimiga aylanib bordi. O`tgan asrning 60-yillariga kelib, AQSH iqtisodiyotidagi
orqaga siljish, va asosan, G`arbiy Yevropa va Yaponiya iqtisodiy qudratining 
o`sishi natijasida dollarning qadri sezilarli darajada tushdi. AQSHdan tashqarida
bo`lgan dollar zahiralari yirik evrodollar bozorini tashkil qildi. To`lov balansidagi 
yirik taqchillik, 1 untsiya uchun dollar narxini 35 dollarga oshishiga olib keldi.
Valyuta tizimining larzaga kelishiga, shuningdek, turli mamlakatlarda 
turlicha iqtisodiy o`sish yuz berganligi ham o`z ta`sirini o`tkazdi. 1961 yil martida
yuzaga kelgan sezilarli darajadagi ijobiy to`lov balansi natijasida, nemis markasi 
va golland guldenining revalvatsiyasi yuz berdi.


Bir paytning o`zida, 1963 yildan boshlab, funt sterling qattiq bosim ostida


qoldi.

Ko`rsatilgan barcha yordamlarga qaramasdan, uch yillik inqiroz davrida,


1967 yilga kelib, funt sterling pariteti 2,80 dan 2,40 dollargacha devalvatsiya 
qilindi. Buning natijasida oltinga bo`lgan talab ortdi. Bularning barchasi oltinning
kamayishiga olib keldi. Markaziy banklarni 1968 yilda oltin puli (ingl. )dan voz 
kechishga va oltin bozorining amerika sektoriga jamlanishiga olib keldi.
1960 yillarga kelib, AQSH to`lov balansidagi taqchillik, oltin zahirasini 18 
mlrd. dollarga, 1970 yillarda esa, 11 mlrd. dollarga kamaytirdi. Bir vaqtning
o`zida, AQSHga nisbatan xorijiy kreditorlarning talabi ancha o`sib, 1970 yilda u 
AQSH ixtiyoridagi oltin zahiralaridan ikki marotaba ko`p edi. 1971 yilning
iyuniga kelib AQSH dollarni oltinga rasmiy bahoda almashtirishdan bir 
tomonlama bosh tortdi. Bu Brettonvud tizimining amalda bekor bo`lishini
bildirardi. 



Yüklə 94,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin