banklararo operatsiyalardir.
4)
Tashqi savdo operatsiyalarida, xalqaro amaliyotda qabul qilingan turli
shakldagi hisob-kitoblarda bank xizmati ko`rsatish;
5) Oltin va fond instrumentlari (mulkchilik titullari, obligatsiyalar,
ikkilamchi moliyaviy instrumentlar va h.k.) sotish yoki
sotib olish maqsadida,
moliya bozorida amalga oshiriladigan operatsiyalar. Bu operatsiyalarning
barchasi
investitsiya maqsadlarida, shuningdek, chayqovchilik yoki
xejerlash (sug`urta) maqsadlarida amalga oshiriladi. Banklar ushbu
operatsiyalarni o`z nomidan yoki mijoz topshirigiga ko`ra amalga oshiradilar;
6) Kredit (debit) kartochkalarining egalariga xizmat ko`rsatish bilan bog`liq
operatsiyalar;
7) Bank xalqaro transfertlari (dividend, foiz, pensiya to`lovi, aliment,
hadyalar, sayyohlarga xizmat ko`rsatish va h.k.) amalga oshirish.
Zamonaviy valyuta tizimi, uning ham hududiy (geografik jihatdan), ham vaqt
jihatdan (kechayu-kunduz ishlovchi valyuta bozori), ham texnologik jihatdan
(axborot texnologiyalari va tarmoqlarining yaxlitligi) globallashganligi bilan
tavsiflanadi.
Dostları ilə paylaş: