kamaytirib, deflyatsiyaga olib kelgan (deflyatsiya -muomaladagi pul massasi
o`sishini chegaralash jarayoni, inflyatsiyaning teskarisi). Va aksincha, bir
mamlakatdan ikkinchi mamlakatga oltinning olib kelinishi, ikkinchisida
inflyatsiyani keltirib chiqargan. Shu yo`l bilan hosil qilingan narxlar o`rtasidagi
farq, oltin olib chiqilgan mamlakat uchun foydali hisoblangan. Eksportni
kengaytirish, importni qisqartirish orqali, bunday mamlakat to`lov balansini
yaxshilagan.
Shuningdek, tartibga solish jarayonida pul (oltin) taqchil bo`lgan
mamlakatda hisob stavkalarini oshirish va aksincha, pul (oltin) ortiqcha bo`lgan
mamlakatda hisob stavkasini tushirish qo`llanilgan. Yuqoridagilar natijasida
yuzaga keladigan kapital ko`chishi, ikki mamlakat o`rtasidagi to`lov holati
balanslanishiga yordam bergan.
Oltin andozasi sharotida, birja almashuv kurslari juda tor chegarada +1%ga
tebranishi mumkin edi. Bu holat yuqori va quyi
«oltin nuqtalari», deb nom
oldi. Rasmiy paritetdan bunday og`ishishni, oltin oldi-sotdisi paytida fraxt va
sug`urta bilan bog`liq xarajatlarning kelib chiqishi, tashiladigan oltin qiymatining
+l%ini tashkil etganligi bilan tushuntirish mumkin. Agar, ma`lum valyutaning
almashuv kursi, o`z paritetidan yuqori bo`lsa, xorijiy valyutani sotib olishdan,
oltinni tashib keltirish arzon hisoblangan. Debitor o`z pulini oltinga almashtirib,
qarz to`lagan. Boshqa tomondan, agar valyuta kursi tushsa, kreditor qarzni oltin
bilan to`lanishini talab qilgan. Bu tizimda valyuta munosabatlari davlatning
aralashuvidan xolis tarzda amalga oshirilganligidan hamda almashuv kursining
tebranishi sezilarsiz bo`lganligidan, valyuta riski past edi. Mazkur tizim 1914
yilgacha amalda bo`ldi. Birinchi Jahon urushi yillarida yuzaga chiqqan
iqtisodiyot uchun yirik hajmdagi zaruriy mablag`lar, faqatgina qo`shimcha pul
chiqarish yo`li bilan qondirilishi mumkin edi. Ichki bozorga salbiy ta`sirini
inobatga olib, ko`pgina mamlakatlar oltin andozasiga asoslangan qoidalarni bekor
qiluvchi chora-tadbirlarni qo`lladilar. Bu esa, Parij Jahon valyuta tizimini amalda
parokandalikka olib keldi.