Referat mavzu: jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari bajardi: Pulatov u toshkent 2012


Zamonaviy valyuta tizimining globallashuvining o`ziga xos jihatlari



Yüklə 94,61 Kb.
səhifə4/16
tarix25.12.2023
ölçüsü94,61 Kb.
#195798
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Referat mavzu jahon valyuta tizimi va uning rivojlanish bosqich-fayllar.org

Zamonaviy valyuta tizimining globallashuvining o`ziga xos jihatlari 

quyidagilardan iborat:
• valyuta kurslari va foiz stavkalarining kutilmaganda va keskin 
o`zgarishi bilan
tavsiflanadigan bozor mexanizmi; 
bir tomondan, oldindan kutilmagan voqealarga (neft falajlari yoki
Germaniyaning birlashuvi kabi) tezda moslashishga zarurat, boshqa
tomondan, mamlakatlar hukumatlarining inflyatsion siyosat yuritishi va davlat
qarzdorligi o`sishi siyosatidan kafolatlovchi ma`lum xalqaro tartibga solish 
instrumentlarini yaratish.
Jahon valyuta tizimining eng asosiy xususiyati shundaki, u har doim 
o`zgarib, rivojlanib turadi. Bu o`zgarishlarning eng umumiy sabablari - jahon
xo`jaligini rivojlantirishdagi xalqaro hamkorlikning kuchayishi, tovar ishlab 

chiqarish va bozorlarning baynalminallashuvidir. Bugungi kunda uni tartibga


solish mexanizmlarining doimiy o`zgarishi va valyuta tizimining barqarorligi, 
valyuta tizimining evolyutsiyasi bilan qanchalik mos tushishiga bog`liq.
Xalqaro valyuta tizimlarining ma`lum shakllari, ishlab chiqarishning 
rivojlanishi, xalqaro aloqalar, milliy pul tizimlari, jahon maydonidagi kuchlar
nisbatiga, yetakchi mamlakatlarning manfaatlariga qarab belgilanmoqda. 


Jahon valyuta tizimining rivojlanish bosqichlari 

Parij jahon valyuta tizimi (1867-1914y.) Pulning xalqaro almashuvi, xuddi
pulning o`zi singari qadimiy bo`lsada, hozirgi shaklda valyuta bitimlarining 
paydo bo`lishi XIX asr oxiriga borib taqaladi. Birinchi jahon valyuta tizimi - 1865
yilda to`rtta G`arbiy Yevropa mamlakatlari tomonidan tashkil etilgan va «Oltin 
andozasi» asosida faoliyat yuritgan - Lotin tanga ittifoqi hisoblanadi. Mazkur
valyuta tizimi, rasmiy ravishda 1867 yilda Parij konferentsiyasida tan olindi va 
dunyoning 30 dan ortiq mamlakati tomonidan maxsus xalqaro shartnomaga imzo
chekildi. Bu valyuta tizimi Oltin andozasi»ga ya`ni, oltinni etalon (mezon) metall 
sifatida qabul qilishga asoslangan milliy pul tizimlarini birlashtirdi. Shuning
uchun ham Parij valyuta tizimi «Oltin tanga andozasi» deb yuritila boshlandi. 
Bunga muvofiq, jahon puli oltin tangalar va oltinga konvertirlanadigan pullardan
tashkil topgan edi. 
Oltin andoza tartibi bosqichma-bosqich uch shaklni boshdan kechirdi. 1914
yilgacha oltin tanga bosqichi, 1922 yildan 1929 yilgacha oltin qo`yilma 
andozasini, 1944 yildan 1971 yilgacha oltin deviz andozasi. Oltin tanga andozasi
davrida zarbxonalar oltin qo`yilmalardan oltin tangalar ishlab chiqarish huquqiga 
ega edilar. Bu erkin tarzda va deyarli tekin amalga oshirilgan, shuning uchun ham,
bu tangalar pul massasining asosini tashkil qilgan. Qog`oz pullar xuddi oltin 
tangalar qatori muomalada bo`lgan va ular oltinga to`la konvertirlangan. Oltin
bilan konvertirlanganlik doimo ta`minlanishi uchun, qog`oz pullar emissiyasi 
chegaralangan. Yangi tizimning dunyo bo`ylab keng tarqalishi bilan, unga
bo`lgan ishonch ortdi. Bu amalda, xalqaro hisob-kitoblarda to`lov vositasida oltin 

va boshqa shu kabi qimmatbaho metallarni olish yoki berish o`rniga, xorijiy


schetni debitlash yoki kreditlash orqali to`lovni amalga oshirishga olib keldi. 
Valyuta dilerlari qo`lida telegraf, telefon, teletayp kabi vositalarning paydo
bo`lishi, xalqaro valyuta savdosini professional darajada yuritishga imkoniyat 
berdi.
Parij valyuta tizimi birinchi jahon urushigacha amalda bo`ldi. Uning asosiy 

xususiyati, paritetlari oltinga nisbatan o`rnatiladigan, belgilangan valyuta


stavkalarida edi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan bo`lib, «valyutaning oltin 



Yüklə 94,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin