nisbatan belgilandi, evro ularning umumiy valyutasi bo`ldi. U EKYuni ham 1:1
nisbatda almashtirdi. Ishtirokchi-mamlakatlar uchun yagona pul-kredit siyosatini
yurituvchi EMB o`z faoliyatini boshladi.
Yagona pul-kredit siyosatining instrumentlari orqali, tijorat banklari va
yirik kompaniyalarni evroda operatsiyalarni amalga oshirishi rag`batlantirildi.
1999
yilning 1 yanvaridan boshlab, hisob-kitoblar uchun, evro
hududiga kiruvchi mamlakatlarning milliy valyutalarini evroga nisbatan qattiq
kursi belgilandi:
Valyuta
1 evroga teng bo`lgan milliy
Belgiya franki
40,3399
Nemis markasi
1,95583
Ispan pesetasi
166,386
Frantsuz franki
6,55957
Irlandiya funti
0,787564
Italiya lirasi
1936,27
Lyuksemburg franki
40,3399
Gollandiya guldeni
2,20371
Avstriya shillingi
13,7603
Portugaliya iskudosi
200,482
Finlandiya markasi
5,94573
1999-2002 yillarda o`zaro naqd pulsiz hisob-kitoblarda evro va unga
bog`langan milliy valyutalardan foydalanildi, hududning barcha davlat hamda
xususiy sektor aktiv va passivlari evroda nominatsiya qilina boshladi. Evro
ittifoqni yagona pul-kredit va valyuta siyosati yuritila boshlandi hamda EIning
umummilliy bank institutlarining faoliyati boshlandi.
2002 yilning 1 yanvarida muomalaga evro banknoti va tangalari chiqarildi, u
milliy pul birliklari bilan parallel ravishda faoliyat yuritdi va milliy pullarni
evroga almashtirish amalga oshirila boshlandi.
2002 yilning 1 iyulidan milliy valyutalar muomaladan chiqarilib,
ishtirokchi mamlaqatlaming xo`jalik aylanmasi butunlay evroga utdi. Lekin, evro
hududiga Buyuk Britaniya, Shveytsariya va Daniya mamlakatlari kirishni
hohlamadilar.
Dostları ilə paylaş: