portfellarini diversifikatsiya qilish imkoniyatini beradi;
• davlat qimmatbaho qog`ozlarini joylashtirish bo`yicha birlamchi dilerlar,
chegaralangan milliy ustunligini yo`qotadilar;
• ayrim mamlakatlarda, hozirgi kunda maxsus ruxsat talab etiladigan va
kuchmas mulk garovi evaziga beriladigan kreditlar, evro hududida erkin va tez
ko`chib o`tuvchi tus oladi;
• hozirgi kunda, milliy pul-kredit siyosatining manfaatlarini ko`zlab,
o`z hududida hamkor-mamlakat banklari faoliyatini nazorat qilish amaliyoti bekor
bo`ladi;
• EIda soliq tizimlarining integratsiyasi jadallashadi.
Umuman, mutaxassislarning flkricha, evroning muomalaga kiritilishi
bilan xalqaro iqtisodiy, jumladan, moliya munosabatlarida sezilarli o`zgarishlar
amalga oshishi bashorat qilinmoqda. Evro hududida pul va kapital bozorida
takliihing kengayishi kutilmoqda, chunki evro hududi mamlakatlari valyuta
zahiralarini oldingi hajmda saqlashga ehtiyoj bo`lmaganligidan, valyuta
zahiralari hajmini qisqartirish amalga oshirilmoqda. Bu holat, mazkur bozorlarni
yanada erkin va dinamik bo`lishiga olib keladi, unda asosiy hal qiluvchilik roli
davlatdan, xususiy qarz beruvchilarga o`tadi. Investitsiyalarning asosiy oqimi esa,
davlat majburiyatlariga emas, balki korxonalar qimmatbaho qog`ozlarini sotib
olishga yo`naltiriladi. Bu, fond bozori bilan ishlab chiqarishni bog`lab, kapital
aylanmasini tezlashtiradi.
Evroni kiritilishi banklar uchun EIda yagona bank xizmati bozorini,
shuningdek, yagona davlat va korporativ qimmatbaho qog`ozlar bozorini vujudga
kelishini bildiradi.
Sanoat korxonalari uchun, evroning kiritilishi, undan baho va to`lov vositasi
sifatida foydalanish, shuningdek, hisob-kitoblar hamda valyuta riskini sug`urtalash
bilan bog`liq xarajatlar pasayishini bildiradi. Bu ayniqsa, moliya korxonalarini
soglomlash-tirishda muhim rol o`ynaydi. Ular aktsiyalarining daromadligi oshadi
va nisbatan yaxshi rivojlanmagan Janubiy Yevropa davlatlari iqtisodiyotini
Shimoliy davlatlar darajasiga tenglashishini tezlashtiradi.
Jahon moliya markazlari masalasida esa, agar Buyuk Britaniya evro
hududiga kushilmasa, unda yetakchilik mavqei Londondan Frankfurt-Mayn va
Parijga o`tishi kutilmoqda. EIining valyuta va iqtisodiy birlashuvi, kelgusida
jahon xo`jaligida kuchlar nisbatini «yangi Yevropa» foydasiga qarab
o`zgarishiga hamda AQSH va Yaponiyaning jahondagi mavqeining
kuchsizlanishiga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: