Referat mavzu: Korxonalarida asosiy fondlarni modernizatsiyalash asosida


Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni yaxshilash yo'llari



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/11
tarix05.06.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#125134
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Referat mavzu Korxonalarida asosiy fondlarni modernizatsiyalash

Ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishni yaxshilash yo'llari 
Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida chegaralangan resurslar doirasida mavjud 
barcha resurslardan oqilona foydalanish korxonalar ish samaradorligini oshirishning 
muhim omili sanaladi. Shu boisdan, paxta tozalash korxonalarida ham ishlab chiqarish 
quvvatidan imkon boricha maksimal foydalanish zarur bo'ladi. Ishlab chiqarish 
quvvatidan foydalanish deganda qo'shimcha mablag'larni jalb etmasdan mahsulot 
hajmi va sifati oshishi, uni ishlab chiqarish xarajatlarining pasaytirilishi tushuniladi. 


19
Bu esa, o'z navbatida mavjud asbob-uskunalardan ekstensiv va intensiv foydalanish 
orqali erishiladi. 
Asbob-uskunlardan ekstensiv foydalanishdagi qo'shimcha imkoniyatlar paxta 
tozalash korxonalarida kapital ta'minlashga ajratilgan vaqtni qisqartirish, ish 
jarayonida ichki to'xtashlarni kamaytirish, rejadan tashqari to'xtashlarni bartaraf etish 
orqali yillik foydali vaqtdan to'liq foydalanish hisoblanadi. 
Kapital ta'mirlashga ajratilgan vaqt me'yorlari belgilangandir. Paxta tozalash 
korxonalari reja-ogohlantiruvchi tiklash tizimini qo'llash orqali ushbu vaqt me'yorini 
qisqartirish va natijada asbob-uskunalardan foydalanish samaradorligini oshirishi 
mumkin bo'ladi. 
Paxta tozalash sanoatida ish jarayonidagi ichki to'xtashlar smena vaqtining 10-
15 % ini tashkil etib, u asosan paxta xom-ashyosi partiyalarini almashtirish, asbob-
uskunalarni texnologik tozalash, arralarni almashtirish vash u kabi ishlarni bajarishda 
ro'y beradi. Masala, asosan bu kabi to'xtashlarni me'yor darajasida bo'lishligini 
ta'minlash va ularni kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish 
hisoblanadi. 
Qabul qilingan tasnifga binoan, asbob-uskunalar to'xtashlari texniktexnologik 
va tashkiliy kabi turlarga ajratiladi. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin