Referat mavzu: Korxonalarida asosiy fondlarni modernizatsiyalash asosida



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix05.06.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#125134
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Referat mavzu Korxonalarida asosiy fondlarni modernizatsiyalash

O'rtacha ta'mirlash texnik mazmuni, murakkabligi, bajariladigan ish hajmi va 
davriyligiga ko'ra, kapital ta'mirlashdan farq qiladi hamda sarflanuvchi mablag', vaqt 
va kuchni nisbatan kamroq talab etadi. Joriy ta'mirlash kabi u ham mashina yoki 
uskunadan foydalanuvchi korxonaning o'zida amalga oshirilishi mumkin. 
Joriy ta'mirlashda asosan asbob-uskunalar tozalanadi, moylanadi, tekshiriladi, 
mayda kamchiliklari bartaraf qilinadi, ya'ni uskunalarning foydalanishga doimiy 
tayyorligi ta'minlanadi. 
Asosiy fondlardan foydalanish ko'rsatkichlari 
Asosiy fondlarni ta'mirlash va ularga xizmat ko'rsatish majmuasi rejali- oldini 
oluvchi ta'mirlash tizimiga (ROOT) birlashtiriladi va korxona bosh mexanigi 
tomonidan boshqariladi. Deyarli har bir korxonada ROOT o'tkazilishini qayd qilish 
jurnallari mavjud bo'lib, ularda profilaktika va ta'mirlash tadbirlarini o'tkazish tartibi 
va grafigi belgilab qo'yiladi. 
Ta'mirlash ishlari tufayli korxona asosiy fondlarning joriy ekspluatatsiyaga 
tayyorligini ta'minlaydi. Biroq shu bilan bir qatorda korxona asosiy fondlarni yara- 
tish, foydalanish, amortizatsiya, qayta tiklash kabi bosqichlarni o'z ichiga oluvchi 
takror ishlab chiqarish amallarini doimiy ravishda bajarishga intilishi lozim. Bu 
bosqichlarni quyidagi chizma yordamida aks ettirish mumkin (5.4-rasm). 


12
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning turli xil ko'rsatkichlari 
mavjud bo'lib, ularni shartli ravishda ikki guruhga bo'lish mumkin: 
birinchi guruh umumlashtiruvchi va qiymat ko'rsatkichlari bo'lib, ular asosiy 
fondlarning turli guruhlarini dinamika va statikada baholash, tahlil qilish, zahiralarni 
aniqlash va bashorat qilish imkonini yaratadi. Bunday ko'rsatkichlarga fond qaytimi, 
fond sig' imi, fond rentabelligi va boshqalarni kiritish mumkin. 
ikkinchi guruh xususiy va natural ko'rsatkichlar bo'lib, ko'proq asosiy ishlab 
chiqarish fondlarining faol qismi - ishchilar, mashina va asbob- uskunalardan 
foydalanish bilan bog'liq. 
Ko'rsatkichlarning bu guruhi tarkibiga quyidagilar kiradi: 
* asosiy ishlab chiqarish fondlari (mashina va asbob-uskunalar)dan ekstensiv 
foydalanish koeffitsienti, ulardan vaqt bo'yicha foydalanganlik darajasini aks 
ettiradi; 
* asosiy ishlab chiqarish fondlari(mashina va asbob-uskunalar)dan intensiv 
foydalanish koeffitsienti, ulardan quvvat bo'yicha foydalanganlik 
(unumdorlik) darajasini aks ettiradi
* asosiy ishlab chiqarish fondlaridan integral foydalanish koeffitsienti, barcha 
ekstensiv va intensiv omillardan birgalikda foydalanishni hisobga oladi. 
Ko'rsatilgan ko'rsatkichlarning har biri amaliyotda mustaqil ma'noga ega bo'lib, 
turli maqsadlarga erishish uchun foydalaniladi. Masalan, asosiy ishlab chiqarish 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin