Texnik to'xtashlar asbob-uskunalarning buzilishi, texnik nosozligi, avariyaga
uchrashi natijasida rejadan tashqari ular to'xtashi hisoblanadi.
Texnologik to'xtashlarga texnologik ohimni tozalashdagi tanaffuslar,
texnologik oqim va transport uskunalaridagi tiqilishlardagi to'xtashlar hisoblanadi.
Ko'pincha, paxtaning navi qanchalik yuqori bo'lsa, tolaning paxtadan chiqishi
ham oshib boradi. Paxtaning namligi qancha yuqori bo'lsa, uning metall bilan
ishqalanish koeffitsienti oshib boradi va bu ko'rsatkich uskunaning unumdorligiga
salbiy ta'sir ko'rsatadi. Paxtaning ifloslik darajasi qancha ko'p bo'lsa, asbob-
uskunalarda tiqilish orqali to'xtab turish ko'payadi.
Tashkiliy to'xtashlarga xom-ashyo elektro-energiya yetishmasligi, asbob-
uskunalar yuklanish darajasining to'g'ri tashkil etilmaganligi sababli asosiy oqimning
to'xtab turishidir.
20
Paxta tolasining mashina (yoki arra) soatda ishlab chiqarilishi miqdori jin
uskunasidan foydalanish intensivligini ifodalaydi.
Ishlab chiqarish intensivligini oshirish korxona ishlab chiqarish quvvatidan
oqilona foydalanishning eng muhim amali hisoblanadi.
Paxta tozalash korxonalarida asbob-uskunalardan intensiv foydalanishni
oshirish imkoniyatlariga jin bo'lishi ishlab chiqarish quvvati bilan boshqa bo'limlar ish
quvvati o'rtasidagi yuklanishning muvofiq kelmasligini bartaraf etish, sermehnat
jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish, asbob-uskunalar holatini yaxshilash va mehnatni
tashkil etishni takomillashtirish sanaladi.
Har bo'limlardagi o'rnatilgan asbob-uskunalarning yuklanishi o'rtasidagi tafovut
jin mashinasi unumdorligiga salbiy ta'sir qiladi. Ko'p hollarda bu kabi tafovut ishlab
chiqarishga paxta xom-ashyosini uzatishda ro'y beradi.
Asbob-uskunalar unumdorligini oshirish tadbirlarini amalga oshirish paxta
tolasi va boshqa qo'shimcha mahsulotlar sifatining doimiy oshib borishini ta'minlash
bilan uyg'un ravishda bo'lmog'i lozim. Ushbu paxta tozalash korxonalari texnologik
jarayonini
takomillashtirish,
texnologik
asbob-uskunalar
asosiy
qismlari
konstruktsiyasini yaxshilash paxta xom-ashyosini qurilish va tozalash hamda tola
tozalash uskunalarining zamonaviy turlarini yaratish orqali erishiladi. Shunday qilib,
paxta tozalash korxonalari ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash
quyidagilar orqali erishiladi.
• asbob-uskunalarni modernizatsiyalash va yangilash;
• texnologiyalarni takomillashtirish;
• xom-ashyo va elektroenergiya bilan to'liq ta'minlash;
• ishlab chiqarishga me'yor darajasidagi namlik va ifloslikka ega bo'lgan xom-
ashyoni uzatish;
• doimiy ravishda reja-ogohlantirish ta'mirlash ishlarni tashkil etish va to'g'ri arra
xo'jaligi ishini tashkil etish;
• texnik iqtisodiy rejalashtirish va boshqaruvni takomillashtirish;
• ishlab chiqarishni tashkil etishga keng miqyosda ilg'or ilmiy ishlab chiqarishni
usullarini qo'llash ishchilar va muxandis-texnik xodimlar malakasini oshirish.
21
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
https://www.google.com/search?q=Korxonalarida+asosiy+fondlarni+modernizatsi
yalash+asosida+mehnatning+fond+bilan+qurollanish+holatini+yaxshilash+yo%E
2%80%98llari&oq=Korxonalarida+asosiy+fondlarni+modernizatsiyalash+asosida
+mehnatning+fond+bilan+qurollanish+holatini+yaxshilash+yo%E2%80%98llari
&aqs=chrome..69i57j69i59.3774j0j7&sourceid=chrome&ie=UTF-8
https://fayllar.org/sanoat-korxonalarida-asosiy-fondlarni-modernizatsiyalash-
asosi.html
Dostları ilə paylaş: |