Access MBBTni ham barcha dasturlar kabi ish stolining «
Pusk» tugmasi
yordamida ishga
tushirish mumkin.
Bu dastur ishga tushganidan so’ng ekranda hosil bo’lgan oynada ma’lumotlar bazasini
yaratish yoki mavjud bazani ishga tushirish imkonini tanlash mumkin (4-rasm).
4-rasm. Microsoft Access MBBTning asosiy oynasi
Ushbu oynadagi ko’pgina tugmachalar o’zini ko’rinishi
va mohiyati jihatidan matn
muharriri
Word va jadval prosessori
Excelning tugmachalariga o’xshab ketadi. Haqiqatdan
ham ular xuddi Siz o’ylagandek ishlarni va funksiyalarni bajarish imkonini beradi. Masalan,
faylni ochish, matnni
chop qilish, orfografiyani tekshirish, qaychi va hokazolar. Boshqa
tugmachalar esa ma’lumotlar bazasini tuzish va unda ishlash bo’yicha
maxsus aniqlanilgan
masalalarni yechish uchun xizmat qiladi.
Access MBBTda ma’lumotlarni standart usul bilan olish imkoniyati amalga oshirilgan.
Ushbu imkoniyat mos drayverlar orqali xilma xil formatlardagi axborot massivlari bilan
ishlaydigan ma’lumot bazalari bilan ish olib borishga qulay sharoitlar yaratadi.
Dostları ilə paylaş: