1. Multimediali o’quv vositalarini funksional maqsadlari bo’yicha tasniflash
Ta’lim beruvchi o’quv axborotini taqdim etadi va o’quvchi egallagan bilimi,
imkoniyatlari va qiziqishlariga muvofiq ta’lim olishini yo’naltiradi;
Tashxis vositalari o’quvchining ongi va tayyorgarlik
darajasini aniqlash uchun
mo’ljallangan;
Jihozlar, dasturiy vositalar ishlab chiqish, o’quv-uslubiy materiallarni tayyorlash uchun
mo’ljallangan;
Fanga yo’naltirilgan, modellashtirish uchun mo’ljallangan;
Boshqaruv
vositalari, ishni bajarish jarayonida o’quvchilar faoliyatini boshqarish uchun
mo’ljallangan;
Ma’muriy vositalari, ta’lim jarayonini tashkil etish, hujjat
tayyorlash va
almashish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun mo’ljallangan;
O’yin vositalari, turli xil o’yin va o’yinli o’quv faoliyatlarini ta’minlaydi.
2. Multimediali o’quv vositalarini uslubiy maqsadlari bo’yicha tasniflash
O’rgatuvchi – yangi materialni o’rganish uchun mo’ljallangan;
Trenajyorlar – o’rganilgan materiallarni takrorlash va mustahkamlash orqali malaka va
ko’nikmalar shakllantirish uchun mo’ljallangan;
Nazorat qiluvchi – o’quv materialini o’zlashtirish darajasini
nazorat qilish uchun
mo’ljallangan;
Axborot vositalari – zarur bo’lgan axborotlarni olish uchun mo’ljallangan;
Modellashtiruvchi – obyekt, jarayon va hodisani o’rganish va tadqiqot qilish
maqsadida
uning modelini yaratish uchun mo’ljallangan;
Imitasion vositalar – voqyelikning biror-bir ma’lum jihati, funksional xarakteristikalarini
cheklangan parametrlar orqali o’rganish uchun mo’ljallangan;
Namoyish vositalari – o’quv materialini ko’rgazmali taqdim etish
uchun hamda
o’rganilayotgan qonuniyatlar, obyektlarning o’zaro aloqasi vizualizasiyasi uchun
mo’ljallangan;
O’yin vositalari – eng maqbul yechim yoki amallar strategiyasini qabul qilish maqsadida
o’quv holatlarini “o’ynash” (“boshdan o’tkazish”) uchun mo’ljallangan;
Hordiq vositalari – o’quv jarayonidan tashqari vaqtda o’quvchi e’tibori, reaksiyasi,
xotirasi va h.k.larni rivojlantirish uchun mo’ljallangan.
Dostları ilə paylaş: