qobiliyatlilik, ijodiy qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qo’llay olishi, o’rganishga
bo’lgan qiziqishi, mehnatga bo’lgan munosabati);
ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini
rivojlantirish;
kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har bir shaxsning
alohida (individual) ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta’limni individuallashtirish va
differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;
ta’lim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash,
uning qadr-qimmatini tan olish;
ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini hisobga olish;
mustaqil o’quv faoliyatini olib borish, bunda ta’lim oluvchi mustaqil o’qib va rivojlanib
boradi;
ta’lim
oluvchilarda, o’zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez
o’zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish.
Multimedia – kompyuterning axborotlarini rangli grafika,
matn va grafikada effektlar,
ovozlarning chiqishi va sintezlashgan musiqalar, annimasiya, shuningdek, to’laqonli video-
kliplar, hatto videofilmlar kabi turli xil ko’rinishlari bilan ishlash imkoniyati.
Dostları ilə paylaş: