Referat Mavzu: Navoiyshunoslik. Navoiy asarlarida til madhi. Bajardi: 2 kurs 204 guruh talabasi



Yüklə 475,2 Kb.
səhifə24/78
tarix17.04.2023
ölçüsü475,2 Kb.
#99069
növüReferat
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78
Marosim folklori-fayllar.org

Mavzu: Turdi Farog'iy


R E J A:
  1. Turdi Farog’iy hayoti va ijodi


2. Turdi Farog’iy lirikasi.


3. “Bu mulk” g’azali tahlili.
4. Turdi Farog’iy- mustazod ustasi.

O'zbek adabiyotida o'zining hajviy, hasbi hol hamda lirik she'rlari bilan sezilarli iz qoldirgan shoir Turdi Farog'iy 1640-yili Buxoroda tug'ildi va shu yerda shoir sifatida shakllandi. U haqidagi bizgacha yetib kelgan ma'lumotlar ko'p emas. Shoirning hayoti va ijodiy faoliyati Buxoro xonlari Nodirmuhammad va uning o'g'illari Abdulaziz hamda Subhonqulixon hukmronligi davrida kechdi. XYII asr yurtimiz tarixi uchun ziddiyatli va murakkab davr bo'ldi. Xivada qo'ng'irotlar, Buxoroda mang'itlar, Qo'qonda minglar o'z hukmronligini o'rnatib, Turkiston uch xonlikka bo'linib ketdi. Ular o'rtasida toj-taxt, hudud uchun kurashlar kuchaygandan kuchayib bordi. Turdining hayoti va ijodi ana shunday jangu jadallar jarayonida, ijtimoiy madaniy muhitning tushkin bir pallasida o’tgan. Mutaxassislarning taxminicha, Turdi 1699-1700- yilda vafot etgan.


Turdining ijodiy merosi. Shoirdan bizga bor-yo'g'i 434 misradan iborat o'n sakkizta she'r yetib kelgan. Ularning o'n ikkitasi g'azal, beshtasi muxammas, bittasi fard. Bu she'rlardan ikkitasi fors- tojik tilida.
Turdi Farog'iy nomi XX asrning boshlarigacha fanga ma'lum emas edi. O'tgan asrning 20-yillarida Samarqandning Kattaqo'rg'onidan chiqqan adib Abdulhamid Majidiy shoirning yuqorida qayd etilgan qo'lyozma she'rlarini topib, matbuotda e'lon qildi va u haqida dastlabki ma'lumotni berdi. Ko'p o'tmay professor Abdurauf Fitrat Turdi to'g'risida maqola e'lon qildi.
Shoirning ismi sharifi, hayoti bilan bog'liq sanalar to'la ma'lum emas. "Turdi" uning taxallusidir. Bu balki uning ismi ham bo'lishi mumkin. Ba'zi she'rlarida "Farog'iy" taxallusini ham qo'llaganligi uchun adabiyotlarda bu ikki taxallusni yonma-yon qo'llash urf bo'lgan.
Turdining saqlanib qolgan she'rlari asosan hajviy, hasbi hoi, ma'rifiy xarakterda bo'lsa ham, bu narsa shoir lirik she'rlar kam yozgan degan fikrga borish uchun asos bo'lmaydi. Balki bizgacha yetib kelmagan yoki noma'lum bo'lib turgan ijodida uning ko'plab boshqa asarlari bo'lishi mumkin. G'azallaridagi nozik kechinmalar ifodasi bo'lmish ayrim baytlarda uning badiiy mahorati hamda ijodiy salohiyati namoyon bo'ladi.
Har qanda g'ami do'st dili porani istar,
To subh yaqo yirtmadi - mehr o'lmadi paydo.
Turdi tamsil san'ati orqali fikrning go'zal badiiy ifodasini topa olgan. Har qaerda bo'lsa ham do'st g'ami (ya'ni unga erishish istagi), muhabbati insonga dili poralikni taqozo qiladi. Haqiqiy do'stga, yorga, asosiysi, Parvardigorga yetishish uchun kishidan tinimsiz zahmat, qiyinchiliklar azobini chekish talab etiladi. Bu go'yo tong yoqa yirmaguncha quyosh (mehr) paydo bo'lmasligiga qiyos qilinadi.
Turdi she'riyatida Vatan va millat taqdiri yetakchi mavzulardan sanaladi. Bu mavzu ijtimoiy-siyosiy mazmun hamda hajviya uyg'unligida yoritilishi bilan shoir ijodida o'ziga xoslikni kasb etadi.
"Tor ko'ngullik beklar" g'azali mumtoz adabiyotimizdagi xalqni milliy birlikka da'vat etgan ilk asardir. Shoir millat yakdilligi, avvalo, yurt kattalari, hukmdorlarga bog'liq ekanligini yaxshi anglaydi va ularga qarata murojaat qiladi:
Tor ko'ngullik beklar man-man demang, kenglik qiling,
To'qson ikki bovli o'zbak yurtidir, tenglik qiling.
O'tmishda o'zbeklar etnik jihatidan to'qson ikki urug'dan iborat bo'lgan. Ular qirq, yuz, ming, jaloyir, jig'alboyli, oytamg'ali, xitoy, qipchoq, nayman, kenagas, mang'it kabi nomlar bilan atal-gan. Bu urug'larning boshchilari, yurt kattalari mavqe, amal, hudud talashib urug'-aymoqlar o'rtasida o'zaro nizolarni kuchay tirdilar. Bundan oddiy xalq aziyat chekdi, qishloqlar vayron, ekinzorlar payhon bo'ldi. O'lka parokandalikka yuz tutaboshladi. Bu holdan qattiq g'azablangan shoir Turdi mamlakat, mansab uchun qirpichoq bo'layotgan beklarni ko'ngillaridagi tor shaxsiy g'arazlami qo'yib, keng miqyosda millat uchun qayg'urishga chaqiradi
"Bu mulk" g'azalida tanqidiy ruh yanada kuchli. Shoir Subhonqulixon hukmdorligi davrida mamlakatning iqtisodiy hamda ma'naviy tanazzulga ketganligidan o'rtanib, xalqning bu yo'qotishlaridan kuyinib yozadi:
Bir sari azm ayla, joyi nomusulmondur bu mulk,
Fitnayi avbosh-u zulm-u kufr-u tug'yondur bu mulk.
Xudbin va mustabid xon boshqarayotgan mulk (mamlakat) nomusulmonlar, iymonsizlar joyidirki, yaxshisi bu yerdan bir sari azm aylash - qayoqqadir bosh olib ketish afzaldir. Chunki yurtda beboshlar fitnasi, zulm va kufr tug'yon qilgan (avj olgan),iymonli odamlar tazyiqqa uchragan. Shuning uchun bu mamlakatni ayni paytda "kofiristondur bu mulk" deb ayovsiz tanqid qiladi. "Subhonqulixon va uning amir-amaldorlari to'g'risida Turdining hajv qilib yozgan turkiy muxammasi" she'rida bu keskin ayblov shiddat bilan davom ettiriladi. Shoir noinsof, shaxsiy maqsad uchun millat manfaatini har Iahzada sotishga tayyor bo'lgan bek, amaldorlarga qarata xalqning nafratini quyidagicha bayon etadi:
Yedingiz barchangiz itdek fuqaroni etini,
C'asb ila molin olib, qo'ymadingiz bitini,
Qamchilar dog'i solib bo'yni, qanotib betini,
Yordingiz zahrasini, ichidin olib o'tini,
Bo'lmadi kam bu raiyat boshida hech tayoq.
"Muxammasi turkiyi Turdi" sarlavhali, "burun" radifli muxammas Turdi asarlari orasida falsafiy-axloqiy mohiyati jihatidan alohida ajralib turadi. She'r islom va tasavvuf ma'rifati, axloqi aqidalari bilan sug'orilgan. Turdi tanbeh berib aytadiki, yoshlikdan did va tab'i nozik ila ilohiy qudratni idrok etmoq, haqiqat yo'liga kirmoq vojib. Haqiqat yo'liga kirmoq tasavvuf ta'limotida suluk deyiladi. Haqiqat yo'liga kirgan xudojuy, taqvodor inson - solik (so'fiy) deb nomlanadi. Muxammasdan Turdining tasavvufdagi naqshbandlik tariqati targ'ibotchisi ekanaligi oydinlashadi:
Aylama fosid xayola sarf sol-u mohni,
Kir shariat yo'lig'a, ayningda ko'r Ollohni,
Hoziri dam bo'l, talab qilg'il dili ogohni,
Naqsh bog'la dilda muhri mehri illallohni,
Jon yetib labg'a, og'izda til tutilmasdin burun.
Ushbu misralarda shoir yil (sol) va oy (moh)lardan iborat umringni fosid xayollarga berilib, behuda sarf qilma, yaxshisi, shariat yo'liga kirib, o'zingda Ollohni mushohada qil, deb nasihat qiladi. Ko'ngliga ishq naqshlangan kishigina Olloh rizosi uchun millat g'ami bi­lan yashaydi, xalq uchun beminnat xizmat qiladi, demakki, komillik darajasiga ko'tariladi.
Ko'rinadiki, shoir qaysi mavzuga qo'l urmasin, xalq manfaatidan bong uradi, inson ma'naviy kamolati xususida so'zlaydi. Turdi Farog'iy ijodi shu jihatlari bilan xalqimizning bebaho ma'naviy boyligiga aylangan.
Tayanch tushunchalar:

  1. muxammas


  2. Turdi

  3. hasbi hol

  4. bovli

  5. Farog'iy



Nazorat savollari:
  1. Turdi yashagan davr ijtimoiy-siyosiy ahvol to'g'risida ma'lumot bering.


  2. Turdi ijodida hajviyot va hasbi holning yetakchi mavqeda ekanligini qanday izohlaysiz?


  3. Turdining Abdualazizxonni maqtab she'rlar yozishida faqat hukmdarga yoqish istagi bo'lgan deb o'ylaysizmi? Yoki boshqa maqsadni ham ko'zlaganmi?


  4. Shoirning Subxonqulixonga hajviyalar bitishiga munosabatingizni bildiring.


  5. Yuqorida berilgan tahlil va mulohazalarni o'rganib, Turdi ijodining yetakchi xususiyatlari to'g'risida so'zlab bering.


Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. B.Jаlilоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. T-2006


  2. B.Qоsimоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. 10-sinf uchun dаrslik. T.-2001


  3. N.Mаllаyеv. O’zbеk аdаbiyoti tаriхi. “O’qituvchi” T.-1965


  4. Q.Yo’ldаshеv vа bоshqаlаr. Аdаbiyot. 7-sinf uchun dаrslik. T.-2003





Yüklə 475,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin