Mashrabning ijodiy merosi.
Shoirning muxlislari rivoyatlarga ilova qilingan she'rlarni jamlab, alohida to'plam tuzganlar. Turli davrlarda ko'chirilgan bu to'plamlar xalq orasida "Devoni Mashrab", "Devonai Mashrab", "Eshoni shoh Mashrab" kabi nomlari bilan mashhur bo'lgan. "Mashrab" shoirning taxallusidir.
“Mashrab” taxallusini unga Ofoq xoja beradi. Bu so'z lug'aviy jihatdan "sharob (may) ichgan", "xumori" ma'nolarini anglatadi. Sharob, may, oldin eslatilganidek, ilohiy ishqni bildiradi. Shundan kelib chiqsak, taxallusning tasavvufiy "ilohiy ishqdan mast bo'lgan" yoki "Olloh ishqini ko'ngliga solgan" ma'nolari anglashiladi. Shoirni devona Mashrab ham deyishadi. Bu so'z ko'pchilik tushunadigan salbiy ma'noda qo'llanmaydi. "Devona" aslida "so'fiy", "qalandar" so'zlarining sinonimi sifatida ishlatiladi.
Shoirning o'zi she'rlarini jamlab devon tuzgan emas. Shuningdek, ijodiy merosi hanuzgacha to'liq topilgani yo'q. Tadqiqotchilar izlanishlar asnosida uning yangi she'rlarini topmoqdalar. Asarlarining ma'lum qismi "Devoni Mashrab" kitobi va turli bayozlar, to'plamlar orqali bizgacha yetib kelgan.
Jaloliddin Rumiyning "Ma'naviyi masnaviy" asari sharhiga bag'ishlangan "Mabdai nur" (Nurlarning chiqish joyi) kitobi hamda "Kimyo" badiiy-falsafiy, diniy-axloqiy asari ham Mashrabga nisbat berilmoqda.
1958— 1980-yillar oralig'ida uning she'rlari to'plam holida bir necha marta nashr qilingan. Mashrabning nisbatan mukammal to'plami adabiyot jonkuyari Jaloliddin Yusupov tomonidan 1990-yilda "Mehribonim, qaydasan" nomi bilan nashrga tayyorlanib, chop etildi. To'plam shoirning g'azal, mustazod, murabba', muxammas, musaddas, musabba' janrlarida yozgan she'rlaridan iborat.
Tayanch tushunchalar:
Mashrab
Mansur Halloj
“Qutbul Olam”
|
Devona
“Mabdayi nur”.
qalandar
|
Savol va topshiriqlar:
Mashrab qachon va qayerda tug’ilgan?
Mullo Bozor oxundning Mashrab qismatiga ta’sirini so’zlab bering.
Mashrabning Ofoq xo’ja dargohidagi sarguzashtlarini gapirib bering.
Mashrabning o’limi qanday yuz bergan?
Adabiyotlar:
B.Jаlilоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. T-2006
B.Qоsimоv vа bоshqаlаr. O’zbеk аdаbiyoti. 10-sinf uchun dаrslik. T.-2001
S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007
Dostları ilə paylaş: |