Ba’zan qayt qilish bilan birga kechadigan ko’ngil aynishi hissi. Ushbu belgi oshqozon motorikasining buzilishidan kelib chiqadi. Oshqozon yarasida qayt qilish ovqatdan keyin 1,5-2 soat o’tgach kuzatiladi va oshqozon bo’shatilishi sayin yengillik hissi kela boshlaydi. Shuning uchun ko’pincha bemorlar qusishni ixtiyoriy ravishda chaqirishadi;
Ishtahaning pasayishi oshqozon yarasi kasalligida odamning ovqatlanishdan keyin og’riqni boshdan kechirishidan xavfsirash yoki oshqozon-ichak tizimi motorikasi buzilishi sabab kuzatilishi mumkin;
Og’iz bo’shlig’iga me’da shirasining nazoratsiz ravishda ko’tarilishi bilan tavsiflanadigan kekirish. Bunday holda, bemor og’zida achchiq yoki nordon ta’mni his qiladi;