Boshqa kasalliklar natijasi, jumladan sil, qandli diabet, Kron kasalligi, giperparatireoz, o’pka saratoni, gepatit, jigar sirrozi, pankreatit, sifilis va boshqalar;
Oshqozon jarohatlanishi, qonning infekstiyalanishi, har qanday shok holatlari, tananing katta yuzalari kuyishi va muzlashi;
Stress, yomon oziqlanish, yomon odatlar, beqaror hissiy holat. Shu jumladan, qahvani suiiste’mol qilish oshqozon yarasi rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillardan biridir;
Genetik omil, xususan, yaqin qarindoshlarda o’xshash patologik jarayon mavjudligi. Bundan tashqari, birinchi qon guruhi bo’lgan shaxslarda oshqozon yarasi hosil bo’lish xavfi yuqoriroq ekanligi aniqlangan (o’rtacha 40%ga).
XAVF OMILLARI
Oshqozon yarasi rivojlanishiga olib keladigan omillar juda ko’p, ammo quyida ulardan eng keng tarqalganlari keltiriladi:
Chekish (nafaqt sigareta, balki sigara va chilim ham);
Alkogolli ichimliklarni suiiste’mol qilish;
Tez-tez va yuqori dozalarda kofein saqlovchi gazlangan va boshqa ichimliklarni ichish;
Tartibsiz ovqatlanish;
Oshqozon shilliq qavatiga zarar yetkazishi mumkin bo’lgan juda sovuq yoki juda issiq ovqatlarni iste’mol qilish;
Yallig’lanishga qarshi preparatlarni doimiy qabul qilish (masalan, ibuprofen);
Tez-tez depressiya yoki stressli vaziyatlar;
Bulochka va pirojnoe kabi mahsuotlarni tez-tez va ortiqcha iste’mol qilish.