Referat mavzu: Stol tennisi oyin texnikasi va taktikasi Guruh: 102 Bajardi: Alijonov A. T


Zarbalarning taktik klassifikatsiyasi



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə15/18
tarix02.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#36671
növüReferat
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Stol tennisi oyin texnikasi va taktikasi

Zarbalarning taktik klassifikatsiyasi.


A) Koptok uzatish:

  1. ochko olish uchun mo’ljallangan zarbalar;

  2. zarbani tayyorlash;

  3. raqibga zarba berishga imkon bermaydigan himoya zarbalari. V) Zarbani zarba bilan qabul qilish:

  1. zarba berish;

  2. zarbani tayyorlash;

  3. himoyalanish.

S) Oraliq, yakka va ko’p marta qaytariluvchi zarbalar.

  1. Hujum zarbalari:

    1. nakat;

    2. top-spin;

    3. yakunlovchi zarba;

    4. “sham”ga zarba;

    5. qarshi hujumga o’tuvchi zarba;

    6. sekinlashgan qisqa zarba.

E) Koptokning aylanish kuchi va yo’nalishi bo’yicha turli bo’lgan zarbalar:

  1. koptokning aylanishisiz;

  2. tepadan, pastdan va yondan aylanish bilan;

  1. Himoya zarbalari:

    1. turlicha faol bo’lgan zarbalar.



Uslubiy ko’rsatmalar


Stol tennisi o’yinining barcha usullarini tezda o’rganib olish uchun yana ba’zi narsalarni o’rganib olish zarur:

  1. Sizning hech qanday xatoingizni kechirmaydigan raqib eng yaxshi ustozdir.

  2. Barchadan o’rganishga harakat qiling. Raqibingizning eng yaxshi xususiyatlarini o’zingiz uchun yutuqqa aylantiring.

  3. O’zingizni hamma narsani bilguvchi sifatida ko’rsatmang – bu narsa mahoratingizning o’sishini to’xtatib qo’yadi.

  4. Har bir ochko uchun astoydil kurashing. Mag’lub bo’lishga shoshilmang. Esda tuting: koptok o’yinda ekan, bu hali mag’lubiyat emas.

  5. Kuchli raqib bilan o’ynayotganda oldingizga vazifa qo’ying: imkoni boricha ko’proq ochko to’plashga harakat qiling.

  6. Agar birinchi o’rinni egallashga ko’zingiz etmasa, ikkinchi o’rin , unga ham ishonmasangiz – uchinchi o’rin, o’ninchi, o’n birinchi o’rinni sovrinli o’rin sifatida egallash uchun kurashing!

  7. O’zingiz uchun reja tuzing: nima, qachon, qanday qilish va nimani qilmaslik kerak.

  8. Rejangizni raqibingizning texnikasidagi kamchiliklari, taktikasi, jismoniy va ruhiy tayyorgarligini hisobga olgan holda tuzing.

  9. Sizning taktikangiz jismoniy imkoniyatlaringizga tayanishi kerak: agar sustkash bo’lsangiz, koptok uzatishda shoshilmang, tezlikni kamaytiring, kuchli zarbalar bermang; agar jismonan zaifroq bo’lsangiz, iloji boricha kuchingizni saqlashga harakat qiling.

  10. Raqibingizning kamchiliklaridan foydalanishga harakat qiling: raqibingiz kamharakat bo’lsa – stol va maydon bo’ylab tez harakat qilishga majbur qiling, agar jismonan zaifroq bo’lsa – uzoq vaqt ochko uchun harakat qilishga majbur qiling, sustkash raqibni koptokni aylantirish va turli zarbalar bilan chalg’itib, yuqori tezlikda o’ynang.

  11. Raqibingizning fe’lidagi xususiyatlari, psixologiyasini e’tiborga oling: qiziqqon raqib bilan osoyishta o’ynashga harakat qiling. Xotirjam raqib bilan tezkor o’ynashga harakat qiling.

  12. Hovurdan tushib, tezda o’zingizni o’nglab olishga harakat qiling.

Siz zarba bergandagi ochko olish vaqtida hovurdan tusha bilish dam olish bilan tengdir va kuchingizni tezda tiklaydi.

  1. Koptok o’yinga kirib, kurash boshlanishi bilan raqibingizni o’zingizga bo’ysundiring.

  2. Esda tuting: barcha ochkolar ham baravar qimmatga ega emas. Eng muhim ochkolar koptok uzatish almashinayotganda, ayniqsa partiya oxirida bo’ladi.




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin