Deduktiv xulosa chiqarish (bevosita xulosa chiqarish).
Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan ju’ziy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xususiyatiga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi.
Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o’zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni sub’ekt va pridakat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:
Aylantirishda A-E ga, E-A ga, I-O ga, O-I ga o’zgaradi.Demak, aylantirish usuli bilan xulosa chiqarilganda “biror nimaning qo’sh inkori uning tasdig’iga tengdir”, degan qoidaga asoslanadi.