Referat mavzu: yerga ekin ekishdan oldin va keyin ishlov


 Qishloq xo’jalik ekinlarini ekish usullari , qishloq xo’jalik ekinlarini



Yüklə 236,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix11.12.2022
ölçüsü236,72 Kb.
#73860
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Referat mavzu yerga ekin ekishdan oldin va keyin ishlov

4. Qishloq xo’jalik ekinlarini ekish usullari , qishloq xo’jalik ekinlarini 
o’z vaqtida va sifatli ekishning ahamiyati. Ekish muddatlari, ekish chuqurligi, 
urug’ ekish meyori va o’simliklarni oziqlanish maydoni. 
Ekinlardan yuqori va barqaror hosil yetishtirishda navdor urug’lik bilan bir 
qatorda, uni o’z vaqtida va sifatli qilib ekish ham katta ahamiyatga ega.
Urug’ni ekishgacha bo’lgan barcha zaruriy chora-tadbirlarni (urug’ni 
tozalash, xillash, xo’jalik jihatidan yaroqliligini aniqlash, kasallik va zarar 
kunandalarga qarshi dorilash va boshqalarni) to’liq amalga oshirish, uni bir tekis 
undirib olish bilan bir qatorda barcha maydonlarda ko’chatlar to’liq bo’lishini 
ta’minlaydi. Yuqori hosil, asosan, ma’lum ko’chat qalinligini hosilni yig’ib terib 


olish vaqtiga qadar qanchalik saqlab qolishga bog’liq. Lekin, ko’chat qalinligi 
ekinlarning biologik xususiyatlariga bog’liq holda har xil bo’ladi. Masalan, 
ko’chatlarning o’rtacha qalinlikda bo’lishi uchun, g’o’za o’simligi gektariga 100 
ming tup, bug’doy 5 mln tup, kanop ekini 1,6 mln tup va urug’lik kanop 200 ming 
tup, makkajo’xori don uchun 45-60 ming tup bo’lishini ta’minlash kerak.
Ko’chatlar qalinligi u yoki bu ekinlar uchun yuqoridagiga qaraganda keskin kam 
yoki ortiq bo’lishi, vegetasiya davrida barcha tadbirlarga to’g’ri amal qilinganda 
ham hosilga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun ko’chatlar kerakli qalinlikda bo’lishi 
va uni to’la saqlab qolish tadbirlari ekin ekishdan boshlanadi. Maysalarni qiyg’os 
unib chiqishi va keyinchalik ularning normal o’sishi hamda rivojlanishi, ekish 
usullari, muddatlariga, ekish me’yorlariga, urug’ning ko’milish chuqurligiga va 
yerni tayyorlash sifatiga hamda ekish agregatlarining qanchalik normal ishlashiga 
bog’liq.
Ilgari vaqtda barcha ekinlar asosan qo’lda sochib ekilar edi. Bu usulda urug’ 
dalada bir tekis taqsimlanmaydi va bir xil chuqurlikka tushmaydi. Shuning uchun 
urug’ning bir qismi normal chuqurlikka tushib, bir qismi esa, kech chiqar ba’zilari 
esa umuman chiqmas edi. Natijada ko’chatlar siyrak bo’lib ularning o’sishi va 
rivojlanishi turlicha bo’ladi. Bundan tashqari, qo’lda sochib ekilganda, ekish 
me’yori buziladi va ekinni parvarish qilish va hosilni yig’ishtirib olishda 
mexanizasiyadan foydalanish qiyinlashadi. Shuning uchun ham hozir ekinlar turli 
xil konstruksiyadagi seyalkalarda qatorlab ekiladi.

Yüklə 236,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin