Referat mavzu: yerga ekin ekishdan oldin va keyin ishlov



Yüklə 236,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/10
tarix11.12.2022
ölçüsü236,72 Kb.
#73860
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Referat mavzu yerga ekin ekishdan oldin va keyin ishlov

Ekish chuqurligi. Urug’ normal tekis unib chiqishi va maydonlardan to’liq 
ko’chat olishda ekish chuqurligini to’g’ri belgilash katta ahamiyatga ega. Ekish 
chuqurligini belgilashda urug’ning yirik-maydaligi asosiy rol uynaydi. 
Yirik urug’li ekinlar makkajo’xori, no’xatni 5-6 sm, mayda urug’lilar beda, 
kunjut va boshqalarni 1,0-1,5 sm chuqurlikda ekish kerak. Ikki pallali ekinlar 
urug’ini bir pallalilarninikiga qaraganda yuzaroq ekish kerak. Chunki, ular urug’ 
pallasini ko’tarib chiqadi. Agar u belgilangan meyoridan chuqurroq ekilsa, unib 
chiqishida urug’idagi oziq moddalar ko’proq sarflanib, maysa nimjon bo’lib 
qolishiga sabab bo’ladi. Ilmiy malumotlarga va ishlab chiqarish ilg’orlarining 
tajribalariga asoslanib har bir ekin urug’ining ekish chuqurligi belgilangan (11-
jadval). 
Urug’ ekish chuqurligiga ekish vaqtidagi ob-havo sharoiti tasir etadi. 
Masalan, agar bahorda yog’ingarchilik ko’proq bo’lib, tuproq sernam bo’lsa, urug’ 
yuzaroq ekilishi kerak. Aksincha, tuproqdagi nam urug’ning unishi uchun yetarli 
bo’lmasa, u bir oz chuqurroq ekiladi. 
11-jadval 
Ekinlar urug’ining ekish chuqurligi (o’rtacha) 


Ekinlar turi 
Urug’ni ekish chuqurligi, sm 
Chigit 
Makkajo’xori 
Jo’xori 
Beda 
Lavlagi 
Ko’k no’xat 
Mosh 
Bug’doy (bahorikorlikda) 
Arpa 
Kanop 
Kunjut
4-5 
5-6 
4-5 
0,5-1,5 
3-4 
4-7 
3-4 
3-5 
3-5 
2-3 
3-5 
Urug’ni ekish chuqurligini belgilashda, tuproq mexanik tarkibi hisobga 
olinib yengil tuproqli yerlarda urug’ chuqurroq, og’ir soz tuproqli yerlarda esa 
yuzaroq ekiladi. 
 
Qishloq xo’jalik ekinlaridan barqaror hosil yetishtirishda ekiladigan nav
urug’lik va uni sifatli qilib ekish muhim ahamiyatga ega bo’lib, bunda ekinlarni 
ekish usullari: yoppasiga qatorlab, tor qatorlab, shaxmat usulida, lenta shaklida, 
egat tagiga, keng qatorlab, pushta ustiga ekishlardan foydalanilib, ekinlarni ekish 
muddatini, me’yorini va chuqurligini to’g’ri belgilash orqali erishish mumkin.

Yüklə 236,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin