Urug’ ekish meyori, shu ekin ekilayotgan xo’jalikning
tuproq-iqlim sharoitiga,
ekish muddatiga va usuliga qarab o’zgaradi. Chigit ekish meyori ekish usuliga
bog’liq. O’rta tolali g’o’za navlari uchun ekish meyori qo’yidagicha bo’lishi
tavsiya etiladi (10 jadval).
Ekish meyori to’g’ri belgilanganda, har gektar yerda o’simliklar
tegishli
qalinlikda unadi va yuqori hosil yetishtiriladi. Tukli chigit seruyalab ekilganda,
gektariga 60 kg, tuksizlantirilgan chigit aniq miqdorda uyalab ekilganda 25-30 kg
urug’lik sarflanadi.
10-jadval
Ekish usuliga ko’ra chigit ekish meyori (ga/kg)
Ekish usuli, sm
Tukli chigit
Tuksiz chigitni uyalarga
belgilangan miqdorda ekish
60x10
60x15
60x45
60x60
60x25
90x5
90x10
90x20
40-45
35-40
45-55
35-40
90-100
40-50
40-45
35-45
25-28
22-35
25-30
25-30
25-30
25-28
21-35
22-25
Kuzgi bugdoy,
ekish meyori lalmi yerlarda, unumsiz va suv bilan kam
taminlanganligi sababli sug’oriladigan yerlarga nisbatan kam bo’ladi. Urug’ni
ekish meyori lalmi yerlarning sharoitiga qarab har xil bo’ladi. Tog’oldi va tog’li
mintaqalarda ko’proq, tekislik va do’ngli tekis mintaqalarda kamroq urug’
sarflanadi. Shunga ko’ra, bunday yerlarda bir gektar yerga 2,0-2,5 mln dona, yani
60-70 kg dan 120-125 kg gacha urug’ sarflanadi.
Sug’oriladigan yerlarning unumdorligi yuqori va suv bilan yetarli
taminlanganligi sababli o’simlik qalinligini oshirish hisobiga yuqori hosil olinadi.
Shuning uchun sug’oriladigan yerlarda urug’ ekish meyori lalmi yerlarga nisbatan
ikki barovar ko’p, yani gektariga 4-5 mln dona urug’ eqilishi kerak.
Professorlar Ye.P.Gorelov va N.Xalilov (1981)
Samarqand viloyatidagi
tajribalari natijalari shuni ko’rsatadiki, biologik kuzgi navlarni optimal ekish
meyori gektariga 3,0 mln. dona urug’, biologik bahori navlarniki esa, gektariga 4,5
mln dona urug’ ekanligi aniqlandi.
P.Bobomirzayev (1998)ning olib borgan tajribalarida esa,
Qashqadaryo
viloyatining sug’oriladigan yerlarda biologik bahori va duvarak navlarni maqbul
ekish meyori, gektariga 4,0 mln unuvchan urug’ yoki gektariga 180-200 kg urug’
ekanligi aniqlandi.
Demak, kuzgi bug’doyni ekish meyori urug’likning sifati hamda ekish
sharoitiga qarab 180-220 kg bo’lishi kerak.
Ekish muddatlari ham ekish meyorlariga ta’sir etadi.
Ekish optimal
muddatlardan kechikkanda ekish meyori oshiriladi. Kech ekilgan o’simliklarda
tuplanish koeffisiyenti kam bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: