Referat mavzu: yerga ekin ekishdan oldin va keyin ishlov



Yüklə 236,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix11.12.2022
ölçüsü236,72 Kb.
#73860
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Referat mavzu yerga ekin ekishdan oldin va keyin ishlov

Birinchi guruhga erta bahorgi, urug’ning unishi uchun 5 
0
S dan past harorat 
talab etadigan va maysalari sovuqqa chidamli arpa, bug’doy, suli, no’xat, 
kungaboqar, qand lavlagi, china, ko’p yillik va bir yillik o’tlar (vika, seradella) va 
boshqa ekinlar kiradi. Bu ekinlar ko’pchilik tumanlarida yer yetilishi bilan, 
bahorning boshi yoki o’rtalarida ekiladi. 
Ikkinchi guruhga issiqsevar, sovuqqa chidamsiz, urug’ining unishi uchun 
8-12
0
S zarur bo’lgan ekinlar- makkajo’xori, paxta, tariq, jo’xori, sholi, soya, 
loviya, yereng’oq, kunjut hamda barcha poliz ekinlari qovun, tarvuz, oshqovoq va 
boshqalar kiradi. Bu ekinlar tuproqning ustki qismi (0-10 sm) 10-14
0
S qiziganda 
ekiladi. 
Ekish meyori. Bir gektar yerga ekiladigan urug’ning og’irlik miqdori ekish 
meyori deyiladi. Ekish meyori ekinning turiga, urug’ning absolyut og’irligiga, 
yirik-maydaligi, o’nib chiqish darajasi, tozaligi, ekish usuliga va boshqalarga 
bog’lik bo’ladi. Bir gektar yerga ekiladigan urug’ ming yoki million dona hisobida 
ifodalansa, ekish meyorini yanada aniqroq tasavvur etish mumkin. Ekish meyorini 
kilogramm hisobida qo’yidagi formula bilan ifodalash mumkin. 
E=S 


Bunda S-bir gektar yerga ekish uchun sarflanadigan kondision urug’lar soni; 
O-1000 dona urug’ning vazni. 
Agar 1000 dona sholi urug’ning o’rtacha vazni 35 g bo’lsa bir gektar yerdan 
5 mln tup ko’chat olish uchun (5 mln x 35 g/=175 kg) urug’lik sholi ekish kerakligi 
aniqlanadi. Urug’ning xo’jalik jihatdan yaroqliligi past bo’lsa, ekish meyorini 
tuzatish asosida to’g’rilanadi. Agar urug’lik sholining xo’jalikka yaroqliligi 95% ni 
tashkil etsa, gektariga ekin meyori 175
x
100/95=184,2 kilogramni tashkil etadi. 


Urug’ ekish meyori, shu ekin ekilayotgan xo’jalikning tuproq-iqlim sharoitiga
ekish muddatiga va usuliga qarab o’zgaradi. Chigit ekish meyori ekish usuliga 
bog’liq. O’rta tolali g’o’za navlari uchun ekish meyori qo’yidagicha bo’lishi 
tavsiya etiladi (10 jadval). 
Ekish meyori to’g’ri belgilanganda, har gektar yerda o’simliklar tegishli 
qalinlikda unadi va yuqori hosil yetishtiriladi. Tukli chigit seruyalab ekilganda, 
gektariga 60 kg, tuksizlantirilgan chigit aniq miqdorda uyalab ekilganda 25-30 kg 
urug’lik sarflanadi. 
10-jadval 
Ekish usuliga ko’ra chigit ekish meyori (ga/kg) 
Ekish usuli, sm
Tukli chigit 
Tuksiz chigitni uyalarga 
belgilangan miqdorda ekish 
60x10 
60x15 
60x45 
60x60 
60x25 
90x5 
90x10 
90x20 
40-45 
35-40 
45-55 
35-40 
90-100 
40-50 
40-45 
35-45 
25-28 
22-35 
25-30 
25-30 
25-30 
25-28 
21-35 
22-25 
Kuzgi bugdoy, ekish meyori lalmi yerlarda, unumsiz va suv bilan kam 
taminlanganligi sababli sug’oriladigan yerlarga nisbatan kam bo’ladi. Urug’ni 
ekish meyori lalmi yerlarning sharoitiga qarab har xil bo’ladi. Tog’oldi va tog’li 
mintaqalarda ko’proq, tekislik va do’ngli tekis mintaqalarda kamroq urug’ 
sarflanadi. Shunga ko’ra, bunday yerlarda bir gektar yerga 2,0-2,5 mln dona, yani 
60-70 kg dan 120-125 kg gacha urug’ sarflanadi. 


Sug’oriladigan yerlarning unumdorligi yuqori va suv bilan yetarli
taminlanganligi sababli o’simlik qalinligini oshirish hisobiga yuqori hosil olinadi. 
Shuning uchun sug’oriladigan yerlarda urug’ ekish meyori lalmi yerlarga nisbatan 
ikki barovar ko’p, yani gektariga 4-5 mln dona urug’ eqilishi kerak. 
Professorlar Ye.P.Gorelov va N.Xalilov (1981) Samarqand viloyatidagi 
tajribalari natijalari shuni ko’rsatadiki, biologik kuzgi navlarni optimal ekish 
meyori gektariga 3,0 mln. dona urug’, biologik bahori navlarniki esa, gektariga 4,5 
mln dona urug’ ekanligi aniqlandi. 
P.Bobomirzayev (1998)ning olib borgan tajribalarida esa, Qashqadaryo 
viloyatining sug’oriladigan yerlarda biologik bahori va duvarak navlarni maqbul 
ekish meyori, gektariga 4,0 mln unuvchan urug’ yoki gektariga 180-200 kg urug’ 
ekanligi aniqlandi. 
Demak, kuzgi bug’doyni ekish meyori urug’likning sifati hamda ekish 
sharoitiga qarab 180-220 kg bo’lishi kerak. 
Ekish muddatlari ham ekish meyorlariga ta’sir etadi. Ekish optimal 
muddatlardan kechikkanda ekish meyori oshiriladi. Kech ekilgan o’simliklarda 
tuplanish koeffisiyenti kam bo’ladi.

Yüklə 236,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin