Asosiy (kapital) tekislash ishi maxsus loyiha-xarita asosida olib boriladi.
Loyiha tarkibiga reja ko’rinishida yoki qator profillar ko’rinishida, maxsus ish
chizmalari,
shuningdek, ish hajmini hisoblash qaydnomalari,
sxemalar
ko’rinishidagi turli qo’shimcha materiallar va shunga o’xshashlar kiradi.
Tekislash vaqtida tuproqning ustki (unumdor) qatlamini iloji boricha saqlab
qolishga, yani uni juda chuqur joylarga keltirib to’kmaslikka intilish kerak. Aks
holda uchastka tuprog’ining unumdorligi kamayib ketadi va yerdan mo’l hosil olib
bo’lmaydi.
Qisman tekislash. Qisman tekislashda sug’orish uchastkasi topografik
yuzasining xarakteri o’zgarmaydi. Qisman tekislash ishlari loyixa-xaritaga asosan
olib boriladi. Bunda yerning tabiiy nishabligi qisman o’zgartiriladi,
qisman faqat
do’ngliklar, o’nqir-cho’nqirlar, keraksiz eski kanallar, yo’llar tekislanadi. Qisman
tekislash bilan sug’orishga yetarli darajada sharoit tug’dirish mumkin bo’lmagan
holdagina asosiy tekislash ishlari qilinadi.
Joriy tekislash. Asosiy (kapital) tekislangan uchastka sirtida vaqt o’tishi
bilan yer haydash, sug’orish va boshqa dehqonchilik ishlari tasirida o’nqir-
cho’nqirlar paydo bo’ladi. Tuproqqa ishlov berishda hosil bo’lgan mana shu past-
balandliklarni yo’qotish-
joriy tekislash deyiladi. Xo’jalikdagi uchastkalar yilda
bir marta, albatta joriy tekislanishi lozim. Joriy tekislash xo’jalikning o’z kuchi va
mashinalari bilan bajariladi. Har yili shudgordan so’ng yoki ekish oldidan egat va
pushtalar, o’qariqlar, ayrim do’ngliklar tekislanadi. Tekislash ishlari ko’z
bilan
chamalab olib boriladi. Kichik xajmdagi tuproq ishlari bajariladi. Tekislashda
yengil texnikadan va qo’l kuchidan foydalaniladi.
Bunda ish hyech qanday
loyixasiz, dalachilik brigadasining brigadiri yoki xo’jalik gidrotexnigi rahbarligida
olib boriladi.
Joriy tekislashda uzun bazali tekislagich juda qo’l keladi: bu mashina
uchastka yuzini mexanik ravishda tep-tekis qilib ketadi.
Dostları ilə paylaş: