Ekish chuqurligi. Urug’ normal tekis unib chiqishi va maydonlardan to’liq
ko’chat olishda ekish chuqurligini to’g’ri belgilash katta ahamiyatga ega.
Ekish
chuqurligini belgilashda urug’ning yirik-maydaligi asosiy rol uynaydi.
Yirik urug’li ekinlar makkajo’xori, no’xatni 5-6 sm, mayda urug’lilar beda,
kunjut va boshqalarni 1,0-1,5 sm chuqurlikda ekish kerak. Ikki pallali ekinlar
urug’ini bir pallalilarninikiga qaraganda yuzaroq ekish kerak. Chunki, ular urug’
pallasini ko’tarib chiqadi. Agar u belgilangan
meyoridan chuqurroq ekilsa, unib
chiqishida urug’idagi oziq moddalar ko’proq sarflanib, maysa nimjon bo’lib
qolishiga sabab bo’ladi. Ilmiy malumotlarga va ishlab chiqarish ilg’orlarining
tajribalariga asoslanib har bir ekin urug’ining ekish chuqurligi belgilangan (11-
jadval).
Urug’ ekish chuqurligiga ekish vaqtidagi ob-havo sharoiti tasir etadi.
Masalan, agar bahorda yog’ingarchilik ko’proq bo’lib, tuproq sernam bo’lsa, urug’
yuzaroq ekilishi kerak.
Aksincha, tuproqdagi nam urug’ning unishi uchun yetarli
bo’lmasa, u bir oz chuqurroq ekiladi.
11-jadval
Ekinlar urug’ining ekish chuqurligi (o’rtacha)
Ekinlar turi
Urug’ni ekish chuqurligi, sm
Chigit
Makkajo’xori
Jo’xori
Beda
Lavlagi
Ko’k no’xat
Mosh
Bug’doy (bahorikorlikda)
Arpa
Kanop
Kunjut
4-5
5-6
4-5
0,5-1,5
3-4
4-7
3-4
3-5
3-5
2-3
3-5
Urug’ni
ekish chuqurligini belgilashda, tuproq mexanik tarkibi hisobga
olinib yengil tuproqli yerlarda urug’
chuqurroq, og’ir soz tuproqli yerlarda esa
yuzaroq ekiladi.
Qishloq xo’jalik ekinlaridan barqaror hosil
yetishtirishda ekiladigan nav,
urug’lik va uni sifatli qilib ekish muhim ahamiyatga ega bo’lib, bunda ekinlarni
ekish usullari:
yoppasiga qatorlab, tor qatorlab,
shaxmat usulida, lenta shaklida,
egat tagiga,
keng qatorlab, pushta ustiga ekishlardan foydalanilib,
ekinlarni ekish
muddatini, me’yorini va chuqurligini to’g’ri belgilash orqali erishish mumkin.