Referat mavzu: yerga ekin ekishdan oldin va keyin ishlov


b) yoppasiga ekilgan kuzgi ekinlarni parvarish qilish



Yüklə 236,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/10
tarix11.12.2022
ölçüsü236,72 Kb.
#73860
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Referat mavzu yerga ekin ekishdan oldin va keyin ishlov

b) yoppasiga ekilgan kuzgi ekinlarni parvarish qilish. Sug’oriladigan 
dehqonchilik sharoitida ekiladigan kuzgi boshoqli ekinlarga kuzgi bug’doy va 
kuzgi arpa kiradi. Kuzgi bug’doy, arpa kuz-qishki va bahorgi nam zaxirasidan 
yaxshi foydalaniladi. Biologik kuzgi navlari erta kuzda ekilganda, eng yuqori hosil 
olinadi. Kuzgi bug’doy bu muddatda ekilganda qishgacha ildiz tizimi baqquvat 
rivojlanadi, yaxshi tuplaydi va shu fazada normal qishlab chiqadi. 
Kuzgi bug’doy nay chiqarish va boshoqlash davrida suvga eng talabchan 
bo’ladi. Tuproqning namligi optimal darajada saqlansa, u garmseldan 
zararlanmaydi. Erta kuzda ekilgan don ekinlariga kuz-qish davrida yaxob suvi 
beriladi. Kuzgi bug’doy va arpani o’suv davrida 2-3 marta sug’orish kerak. 
O’zbekiston sharoitida kuzgi don ekinlarini bahorda o’z vaqtida sifatli boronalash 
natijasida tuproq namni yaxshi saqlaydi, havo almashinishi yaxshilanadi, mikroblar 
faoliyati faollashadi, bir yillik begona o’tlar 3-8 marta kamayadi va hosil gektariga 
1,5-2,0 s/ga ortadi. Ekinzorlarda bir yillik begona o’tlarni yo’qotishda 
gerbisidlardan granstar, xussar, pardner bir yillik begona o’tlarga, ko’p yillik 
begona o’tlarga qarshi fyuzilad super qo’llash yaxshi natija beradi. Kuzgi don 
ekinlarini to’planish va nay chiqarish fazasida azot bilan oziqlantirish muhim 
ahamiyatga ega. 
v) Yoppasiga ekilgan bahorgi ekinlarni parvarish qilish. O’zbekiston 
sharoitida yoppasiga ekiladigan bahorgi ekinlarga bahorgi bug’doy, arpa, ko’p 
yillik o’tlardan beda va boshqa o’simliklar kiradi. Bu ekinlar ekilgandan keyin yer 
kamroq ishlanadi. Hozirgi vaqtda bahorgi arpa va bug’doy ekinlari deyarli 
ekilmaydi, asosan kuzda ekilmoqda. 


Malumki, beda, suli yoki arpa bilan aralashtirilib ekiladi. Ikkinchi va 
uchinchi yili beda tuproqning yuqori qatlamini biroz zichlashtiradi. Natijada 
tuproqning suv o’tkazuvchanligi, aerasiyasi susayadi. Bedapoya erta bahorda og’ir 
zig-zag borona bilan boronalanadi. Birinchi yili bedapoya boronalanmaydi ham, 
disklanmaydi ham. Dastlabki yili bedani o’t bosib, uning namlik va mineral 
moddalariga sheriklik qiladi. O’t bosgan maydonda beda siyraklanadi, ayniqsa 
ildizpoyali ko’p yillik begona o’tlar o’sgan yerda esa keskin kamayadi. 
Bedapoyadagi begona o’tlarga qarshi kurashda birinchi o’rimni barvaqt va past 
o’rish katta ahamiyatga ega. 
Bedani ikkinchi va uchinchi yili og’ir tishli boronada boronalash yoki 
disklash katta ahamiyatga ega. Bu ishni bahorda, xali beda ko’karmasdan, yer 
yetilishi bilanoq bajarish kerak. Ikki marta sifatli qilib boronalash yaxshi natija 
beradi. Bedapoya boronalanganda yoki disklanganda yer yumshab, nam yaxshi 
singadi va yaxshi saqlanadi, o’na boshlagan begona o’tlar quriydi. Shuningdek, 
tuproq aerasiyasi yaxshilanadi, fitonomus bilan zararlanish kamayadi, bedaning 
ildiz bug’zidagi kurtaklar o’yg’onib, qo’shimcha poya chiqaradi va hosilining sifati 
yaxshilanadi. Ikkinchi va uchinchi yili bedapoya surunkasiga boronalanmasa yoki 
diskalanmasa, bedapoyada begona o’tlar ko’payib, oqibatda beda siyraklashib 
ketadi. 
Beda dukkakli o’simlik bo’lgani uchun fosforli va kaliyli o’g’itlarga talabi 
katta. Bedaning ikkinchi va uchinchi yili o’sish davrida erta bahorda gektariga 100 
kg fosfor, va 75-100 kg kaliy o’g’iti sepiladi. Mineral o’g’itlar solingandan keyin 
diskli borona bilan uni yaxshilab ko’mish kerak. Yer sug’orilganda o’g’itlar erib, 
ildiz oziqlanadigan qatlamga o’tadi. Beda nam sevar o’simlik. Shuning uchun 2-3 
yillik bedani har o’rimdan keyin sharoitga qarab 2-3 marta sug’orish yuqori hosil 
olishda asosiy omildir.

Yüklə 236,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin