chuqurlikda ishlatiladi. G’o’za qator oralarining qanday kenglikda (60 yoki 90 sm)
bo’lishidan qatiy nazar kultivasiya qilishda 8-10
sm kenglikda himoya zonasi
qoldiriladi. Keyingi kultivasiyada yumshatuvchi ish organlarining chetdagi
pichog’i 8-10 sm, o’rtadagisiniki esa 14-26 sm chuqurlikda ishlatiladi.
Ikkinchi,
uchinchi va keyingi kultivasiyalarda himoya zonasi 10-12 sm gacha kengaytiriladi.
Har galgi sug’orishdan so’ng yer yetilishi bilan kultivasiya o’tkazish lozim. Bu
namlikni saqlashni taminlaydi. G’o’za o’suv davrida 4-5 marta kultivasiyalanadi.
Ko’p o’t bosgan hamda ildizpoyali begona o’tlar tarqalgan dalalar chopiq qilinadi.
O’simliklarga ishlov berishni oziqlantirish bilan birga qo’shib olib borish kerak.
G’o’za rivojlanishining birinchi davrida azot va fosforni, shonalash davrida azotni
va gullash-hosil tugish davrida azot va fosforni ko’proq talab qiladi. Xo’jalikning
tuproq iqlim sharoitiga qarab, mavsumda g’o’za 3-7 marta va undan ortiq, har xil
sxemalarda sug’oriladi. Har galgi sug’orishdan oldin okuchniklar yordamida 18-22
sm chuqurlikda egatlar olinadi.
Dostları ilə paylaş: