Yerni ekin ekishdan oldin ishlashni yer yetilmasdan oldin boshlab yuborish
ham katta zarar keltiradi, chunki yog’ingarchilikdan keyin tuproqda qalin qatqaloq
hosil bo’ladi, uning yuza qismi zichlashadi. Shuning uchun tuproqning
yetilganligiga etibor berish, bahorda shudgorning 8-10 sm chuqurlikdagi tuprog’i
yetilishi bilan yerni ishlay boshlash kerak. Respublikamizning turli tuproq-iqlim
sharoitiga bu muddat taxminan qo’yidagi davrlarda to’g’ri keladi:
Surxandaryo,
Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida – fevral oyining birinchi yarmi yoki mart
oyining birinchi besh kunligi; Farg’ona vodiysi (Andijon, Namangan va Farg’ona
viloyatlarida) mart oyining birinchi yarmi; Sirdaryo, Jizzax, Toshkent va
Samarqand
viloyatlarida
mart
oyining
ikkinchi
yarmi;
Xorazm
va
Qaraqalpog’iston respublikasida mart oyining uchinchi
un kunligi yoki aprel
oyining birinchi besh kunligi, bahor qanday kelishiga qarab bu muddatlar biroz
o’zgarishi mumkin.
Yerni ekin ekish oldidan ishlash usullari shudgorning holatiga va yerga
yaxob berish hamda tuproqning sho’rini yuvish muddatiga qarab belgilanadi.
Yaxob berilmaydigan, sho’ri yuvilmaydigan yerlarni
ekin ekishga tayyorlash
uchun bir ikki marta boronalanadi, so’ngra mola bostiriladi. O’t bosgan yerlarda
yumshatgichlar va kultivatorlardan foydalanilgani ma’qul. Bunda ularga keng
o’tkir g’ozpanjalar o’rnatish kerak, chunki o’tlar yaxshiroq qirqiladi.
Shudgor serkesak bo’lsa, yaxshilab maydalash va organik-mineral o’g’itlarni
aralashtirish uchun diskli boronalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Lekin
ildizpoyali begona o’tlar tarqalgan maydonlarda bu usuldan foydalanib bo’lmaydi.
Yaxob
beriladigan, tuprog’i sho’r va kuzgi shudgordan yoki asosiy
haydashdan keyin sho’ri yuvilgan yerlarni chigit ekishga tayyorlashda maxsus
qo’shimcha ishlar bajariladi, yani bahorda egat,
marzalar va boshqa baland-
pastliklar tekislanadi, so’ngra yaxob berish uchun egat va o’qariqlar olinadi.
Tuproqning mexanik tarkibiga qarab, egatlar orqali gektariga 1000-1500 m
3
hisobida suv beriladi. Yer yetilishi bilan o’qariqlar tekislanadi va dala ikkita
ketma-ket ulangan boronada bir o’tishda bo’ylamasiga yoki ko’ndalangiga
boronalanadi. Chigit ekishgacha yerni yaxshi yumshatish uchun chizel-kultivator,
kultivator va diskli boronalardan foydalaniladi. Chigit ekish oldidan shudgor yana
boronalanadi, so’ngra mola bostirilib, so’ng chigit ekiladi. Sho’ri
yuvilgan yerlar
ham ekin ekishga shu tartibda tayyorlanadi.
Bahorda yerni sayozroq bo’lsa ham qayta haydashga yo’l quymaslik kerak.
Agar yaxob berilganda yoki tuproq sho’ri yuvilgandan keyin yer juda zichlashib,
begona o’t bosgan bo’lsa, plugning ag’dargichlarini olib qo’yib yumshatish
mumkin.
Ko’klamda haydaladigan yerlarni iloji boricha barvaqt yer yetilishi bilanoq
ishlashga kirishish kerak. Shunday qilinganda, tuproq da nam ko’proq to’planadi,
ekish davridagi qiyinchiliklar bartaraf etiladi, ekish kompaniyasi qisqa va qulay
muddatlarda o’tkaziladi. Yer bahorda haydalganda zudlik bilan diskalash va
boronalash kerak. Aks holda tuproqdagi nam tez bug’lanib ketadi.
O’suv davrining boshlarida g’o’za yaxshi rivojlanishi, keyinchalik ko’saklar
yetilishini taminlash uchun azotli va fosforli o’g’itlarning bir
qismini bahorda yerni
ekin ekishga tayyorlash vaqtida solish foydalidir. O’g’it kultivator va chizelga
o’rnatilgan o’g’itlagichlarda solinadi. O’g’it agregat soposhkalari bilan 14-16 sm
chuqurlikka solinib yoki yer yuzasiga sepilib, so’ngra uni 8-10 sm chuqurlikda
chizel yoki disk bilan yumshatib, tuproqqa aralashtirish va ko’mish ham mumkin.
Yerni ekin ekilgandan boshlab to hosili yig’ishtirib olinguncha o’z vaqtida
sifatli qilib ishlash ulardan yuqori hosil yetishtirishda asosiy tadbir hisoblanadi.
Chunki bu tadbirlar tufayli o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi uchun muayyan
sharoit yaratiladi.
Dostları ilə paylaş: