Referat mavzu: yerga ekin ekishdan oldin va keyin ishlov



Yüklə 236,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix11.12.2022
ölçüsü236,72 Kb.
#73860
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Referat mavzu yerga ekin ekishdan oldin va keyin ishlov

Keng qatorlab ekish. Chigit, makkajo’xori, lavlagi, oqjo’xori kabi ekinlar 
keng qatorlab ekiladi va ekishda SXU-4, markali seyalkalardan foydalaniladi. 
Qatorlar va qatordagi o’simlik oralig’ining kenligi har qaysi ekinning biologik 
xususiyatiga qarab belgilanadi. Ekinlarning qator orasi 60-90 sm va undan ortiq 
bo’lishi mumkin.
Kvadrat uyalab ekish. Bu usulda chigit hamda makkajo’xori, lavlagi 
SKGX-4-6A, SKGX-6B, STVX-4, STX-4 markali maxsus seyalkalardan 
foydalanib ekiladi. Qatorlab ekish usuli takomillashtirilgan shakl hisoblanadi.
Keng qatorlab ser uyalab ekish. O’rta Osiyoda sug’oriladigan 
dehqonchilik sharoitida chigit, makkajo’xori, lavlagi va boshqa ekinlarni 60x90 
sm, o’simlik orasini esa 10-30 sm qilib ekish usuli qo’llanilmoqda.
Urug’ni egatga ekish usuli. Respublikamizning janubiy paxtakor 
xo’jaliklari yerni egat olib sug’orib, yer yetilishi bilan yerga chigit ekmoqda. 
Egatlar kuzda yoki bahorda olib qo’yiladi. 
Ekish muddati. O’zbekistonda ekinlar to’rt muddatda: kuzda, erta va kech 
bahorda hamda yezda ekiladi. O’z vaqtida ekish, mavsumiylikka hamda mazkur 
ekin uchun belgilangan optimal (eng qulay) muddatga bog’liq. Ekish o’z vaqtida 
o’tkazilsa, urug’larning unib chiqishi uchun yaxshi sharoit vujudga keladi, tuproq 
namligidan va oziq moddalar zaxirasidan to’liqroq foydalaniladi, shuningdek 
o’sishda begona o’tlardan o’tib ketadi. 
Kuzgi bug’doyni maqbul muddatlarda ekish katta ahamiyatga ega. Kuzgi 
bug’doyni sug’oriladigan yerlarda, lalmi yerlarga nisbatan ertachi muddatlarda 
ekish kerak. Chunki, bunday yerlar suv bilan taminlangan bo’lib, urug’ ekilgandan 
so’ng, sug’orish natijasida maysalarni to’liq undirib olish mumkin. Ertagi 


muddatlarda ekilgan bug’doy kuzda o’sib ketadi, kasallik va zararkunandalardan 
ko’p zararlanadi, natijada yomon qishlaydi, siyraklashadi va hosili pasayadi. Kech 
ekilganda esa urug’larning dala sharoitida unuvchanligi pasayadi, o’simlik 
to’planaolmaydi, kuzgi-bahorgi namlik zaxirasidan yaxshi foydalana olmaydi, 
o’sish va rivojlanishdan orqada qoladi va kam hosil beradi. 
Kuzgi bug’doy maqbul muddatda ekilganda, maqbul miqdordagi harorat, 
namlik va oziq moddalar bilan taminlanganda kuzgi vegetasiyasi tugaguncha 3-5 
tagacha novda hosil qiladi, o’simliklarning qishga chidamliligi va mahsuldorligi 
ham yuqori bo’ladi. Ekish muddati, tuproq iqlim-sharoiti va ekinlarning biologik 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi. 
Professor 
N.Xalilov 
(1994) 
tajribalarida 
Samarqand 
viloyatining 
sug’oriladigan yerlarida biologik kuzgi bug’doy navlari maqbul ekish muddati 
oktyabr oyining birinchi o’n kunligi, biologik bahori va duvarak navlar uchun 
oktyabr oyining ikkinchi o’n kunligi aniqlangan bo’lsa, P.Bobomirzayev (1998 
yil)ning tadqiqotlarida esa, Qashqadaryo viloyati sug’oriladigan yerlarida biologik 
bahori va duvarak bug’doy navlari uchun optimal ekish muddati oktyabr oyining 
uchinchi o’n kunligi ekanligi aniqlangan. Shuning uchun, kuzda bug’doyning 
oktyabr-noyabr oylari maysalashi, noyabr oylarining oxiriga to’planishi va shu 
rivojlanish davrida qishlashi kuzda tutilishi kerak. 
Shuni hisobga olgan holda, kuzgi bug’doyning ekish uchun qulay muddatlari 
shimoliy viloyatlar (Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyati) uchun 
sentyabr oyining birinchi va ikkinchi o’n kunligi, markaziy viloyatlar uchun 
sentyabrning so’ngi o’n kuni oktyabrning boshlari va ikkinchi un kunligi va 
janubiy viloyatlar uchun oktyabrning ikkinchi va uchinchi o’n kunligi hisoblanadi. 
Lalmikor yerlarda kuzgi don ekinlari urug’larini kuzda qurib qolgan 
tuproqqa ekish yaxshi natija bermaydi. Shuning uchun kuzgi bug’doy mintaqa ob-
havo sharoitiga qarab, yog’ingarchilik kunlar yaqinlashib qolganda yoki 
yog’ingarchiliklardan keyin ekiladi. 
Lalmikorlarda kuzgi bug’doy ekish uchun optimal muddat Kattaqo’rg’onda 
dekabr, Qarshida noyabr, Qamashida oktyabrning ikkinchi yarmi, G’allaorolda 
sentyabr, Baxmalda sentyabr, oktyabr oylari hisoblanadi. Optimal muddatlardan 
erta yoki kech ekilganda kuzgi bug’doy hosili kamayadi. 
Malumki, chigitni doimiy o’rtacha harorat 12-14 
0
S bo’lganda ekish kerak. 
O’zbekistonda chigit ekiladigan eng qulay muddatlar taxminan qo’yidagicha (9-
jadval). 


Demak, chigitni nihoyatda erta va kech muddatlarda ekib sog’lom va to’liq 
ko’chat olish mumkin emas.
9-jadval 
O’zbekistonda chigit ekish muddatlari 
Viloyatlar
Ekish muddatlari 
Surxondaryo: janubiy tumanlarda 
shimoliy tumanlarda 
Qashqadaryo: janubiy tumanlarida 
shimoliy tumanlarida 
Buxoro
Andijon
Namangan
Sirdaryo
Jizzax
Toshkent
Farg’ona
Samarqand
Andijon viloyatining tog’li tumanlari 
Xorazm 
Qoraqalpog’iston Respublikasi:
janubiy tumanlarda 
25 martdan 10 aprelgacha 
1-10 aprel 
25 martdan 10 aprelgacha 
1-10 aprel 
1-15 aprel 
1-15 aprel 
1-15 aprel 
1-15 aprel 
1-15 aprel 
5-15 aprel 
5-15 aprel 
5-20 aprel 
5-20 aprel 
10-25 aprel 
15-30 aprel 
20 apreldan 5 maygacha 


shimoliy tumanlarda 
Urug’ning unib chiqishi uchun zarur bo’lgan issiqlikka qarab bahorgi ekinlar 
ikki guruhga bo’linadi. 

Yüklə 236,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin