Referat mavzu: yerga ekin ekishdan oldin va keyin ishlov



Yüklə 236,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix11.12.2022
ölçüsü236,72 Kb.
#73860
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Referat mavzu yerga ekin ekishdan oldin va keyin ishlov

Yoppasiga 
qatorlab 
ekish. 
Bu 
sulda 
SD-24, 
SEN-24, 
kombinasiyalashtirilgan SUK-24 va boshqa seyalkalarda arpa, bug’doy, javdor, 
suli va boshqa ekinlar ekiladi, qatorlar orasi 13-15 sm, o’simliklar orasi, 1,2-
1,5 sm bo’ladi. 
Tor qatorlab ekish. Bu usul bilan SUB-48, SUB-48B va SA -48 markali 
diskli va soshnikli seyalkalarda zig’ir, raps, bug’doy, javdar kabi ekinlar ekiladi. 
Bunda qatorlar orasi 6-8 sm, o’simliklar orasi 3-4 sm qilib ekiladi.
Shaxmat usulida ekish. Bu usul g’alla ekinlarini SU-24, SZD-24, SUK-24 
seyalkasi bilan ekishda qo’llaniladi. Bunda seyalka urug’ni yarim me’yorini 
sepadigan qilib sozlanadi. Urug’ning yarmi dalaning uzunasiga, qolgan qismi esa 
dalaning ko’ndalangiga yurib ekiladi.
Qatorsiz ekish. Bu usulda kultivator seyalka va KAS-3,5 markali o’rnatma 
seyalkadan foydalaniladi. Urug’ seyalkaning tebranishi natijasida panjalar ochib 
ketgan egatchalar tagiga 6-11 sm kenglikda yo’l – yo’l bo’lib tushadi. Seyalkaning 
prujinali boronasi tuproq betini tekislaydi va urug’ ustiga biroz tuproq tortib uni 


ko’madi. Dukkakli don va yerma qilinadigan ekinlar qatorsiz ekilganda yaxshi 
natija beradi.
Lenta shaklida ekish. Bunda 2 yoki bir necha qator bir-biriga yaqin qilib 
ekiladi. Har bir qatorlar orasi o’simlikning xususiyatiga qarab 7-8 - 15 sm, bir 
qo’sh qator bilan, ikkinchi qo’sh qatorlar orasi 45-60 sm bo’ladi. Bunday qatorlar 
lenta deyiladi. Tariq, sabzi, piyoz va boshqa ekinlar shu usulda ekiladi.
Egat tagiga ekish. Issiq va qirg’oqchil, tuproqning yuza qatlami tez 
quriydigan hamda tog’li tumanlarda don ekinlarning urug’ini egat ochib egat 
tagiga ekish yaxshi natija beradi. Bunda seyalka soshniklarining oldiga egat 
ochadigan maxsus panjalar o’rnatiladi, u 12-15 sm chuqurlikda va 45 sm kenglikda 
egat ochadi.

Yüklə 236,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin