Referat mavzu: yerga ekin ekishdan oldin va keyin ishlov



Yüklə 236,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix11.12.2022
ölçüsü236,72 Kb.
#73860
növüReferat
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Referat mavzu yerga ekin ekishdan oldin va keyin ishlov



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ 
VA SUV XO’JALIGI VAZIRLIGI 
 
SAMARQAND QIShLOK XO’JALIK INSTITUTI 
 
 
 
 
REFERAT 
 
 
MAVZU:
 YERGA EKIN EKISHDAN OLDIN VA KEYIN ISHLOV 
BERISH. QISHLOQ XO’JALIK EKINLARINI EKISH USULLARI 
 
Bajaruvchi: Sharipova D 


YERGA EKIN EKISHDAN OLDIN VA KEYIN ISHLOV BERISH. 
QISHLOQ XO’JALIK EKINLARINI EKISH USULLARI 
 
Reja: 
1. Qishloq xo’jalik ekinlarini ekishdan oldin yerlarni tekislash. Tekislash usullari: 
joriy, qisman va asosiy tekislash.
2. Ekish oldidan tuproqqa ishlov berish: Qatqaloqni yumshatib, tuproqda nam 
saqlash; yumshoq qatlam hosil qilish; urug’larning qiyg’os unib chiqishi uchun 
sharoit yaratish; begona o’tlarga qarshi kurash. 
3. Yerni ekin ekkandan keyin ishlash. Qator oralari ishlanadigan ekinlarga ishlov 
berish. Yoppasiga ekilgan kuzgi va bahorgi ekinlarga ishlov berish. 
4. Qishloq xo’jalik ekinlarini ekish usullari, qishloq xo’jalik ekinlarini o’z vaqtida 
va sifatli ekishning ahamiyati. Ekish muddat- lari, ekish chuqurligi, urug’ ekish 
meyori va o’simliklarni oziqlanish maydoni. 
 
 
 
 
 
 
 
 


1. Qishloq xo’jalik ekinlarini ekishdan oldin yerlarni tekislash. 
Tekislash usullari: joriy, qisman va asosiy tekislash.  
Sug’oriladigan yerlarni tekislash suv, mineral o’g’it va qishloq xo’jalik 
texnikalaridan samarali foydalanishning asosiy shartlaridan biridir. 
Yaxshi tekislanmagan yerlarda suv bir xil taqsimlanmaydi. Suv 
isrofgarchiligi 2 - 3 barovar ko’payadi, tuproqlarni botqoqlanishi va sho’rlanishi 
kuchayadi, mineral o’g’itlardan foydalanish darajasi past bo’ladi. Sug’oriladigan 
yerlar yaxshilab tekislanganda, dalalar teng taqsimlanib, tuproqqa bir vaqtda sifatli 
ishlov berishga erishiladi, undagi tuproq bir tekis namiqadi, sug’orish meyori 
kamayadi, sug’orish shaxobchalarini qurish bilan bog’liq ishlarning hajmi 
kamayadi, qishloq xo’jalik ishlarini mexanizasiyalashtirish imkoni ko’payadi, 
sug’orish ishlariga kam mehnat sarflanadi, hosil ortadi.
Yaxshi tekislangan yerlarda suvchining ish unumdorligi kuniga 2-3 gektarni 
tashkil etsa, tekislanmagan yerlarda bor-yo’g’i 0,5-0,8 gektarni tashkil etadi. 
Yerlarni tekislash, yangi va sho’rlangan yerlarni o’zlashtirish hamda yerlarni 
meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish 
garovidir. 
Ekin maydonidagi baland joylar tuprog’ini uning past joylariga keltirib 
to’kish, yani undagi past balandliklarni, o’nqir-cho’nqir joylarni yo’qotish yo’li 
bilan shu maydon yuzasida malum nishab yaratish (yoki unda gorizontal yuza hosil 
qilish) yer tekislash deyiladi. 
Yer tekislashda bajariladigan tuproq ishlari hajmiga bog’liq holda, 
tekislashni uch usulga ajratish mumkin. 
a) asosiy (kapital) tekislash; 
b) qisman tekislash; 
v) joriy tekislash. 

Yüklə 236,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin