Referat mavzulari ro’yxati


 Perlit ishlab chiqarish texnologik sxemasi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/102
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203201
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   102
Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н

2. Perlit ishlab chiqarish texnologik sxemasi 
Ko‘pchigan perlit ishlab chiqaruvchi korxonalar bir-biridan texnologik 
sxemasi, ishlatilayotgan tog‘ jinslarining tayyorlanish darajasi (maydalash va 
fraksiyalash), xomashyo materiallar xususiyati, tavsifi va to‘ldiruvchini
qo‘llash sohasiga ko‘ra asbob-uskunalar bo‘yicha farqlanadi. 
Ko‘pchigan perlit asosida chaqir tosh va qum ishlab chiqarish sxemasi 
 
Keltirilgan tog‘ jinsi ombori 
Maydalash 


143 
Fraksiyalarga ajratish 
Aloxida fraksiyalarni bunkerlarda saqlash 
Qo‘shimcha sarf bunkerlarda saqlash 
chaqir toshni issiqlik ishlov qumni issiqlik ishlov
berishga tayyorlash berishga tayyorlash
chaqirtosh va qumni ko‘pchishi qumni ko‘pchishi uchun
uchun kuydirish kuydirish 
pnevmotashish pnevmotashish 
siklonlarda changni so‘ndirish ko‘p bosqichli changni ushlab 
qolish 
fraksiyalash tayyor maxsulotni omborga 
joylash 
siklonlarda suvli plyonkalar
yordamida changni so‘ndirish
tayyor maxsulotlarni bunker 


144 
va siloslarda saqlash 
3. Perlitga issiqlik ishlov berish 
Termik ishlov berish fraksiyalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Bir vaqtning 
o‘zida olinadigan chaqirtosh uchun har bir fraksiyadan kelib chiqib issiqlik 
ishlov berish qurilmalari tanlanadi. 
Mustahkam kichik suvshimuvchanlikka ega B sinfli perlit asosidagi 
to‘ldiruvchi olishda issiqlik ishlovi ikki bosqichli sxemada bajariladi; A sinfli 
perlit asosidagi o‘ta engil qum olishda kuydirish ishlari bir bosqichli sxemada 
bajariladi. Perlitga issiq ishlov berish xomashyoni kuydirishda yorilishini 
kamaytiradi, ko‘pchigan perlitning strukturasini va ko‘pchish jarayonini 
yaxshilaydi, 
tayyor 
mahsulotning 
mustahkamligini 
oshiradi 
va 
suv 
shimuvchanlikni kamaytiradi. 
Perlit xomashyosida kimyoviy bog‘langan suv termik ishlovdan so‘ng
massa bo‘yicha 1-3% ni tashkil etadi. Termik ishlov aylanma pechlarda 
qaynovchi qatlam pechlarida va boshqalarda bajariladi. Termik ishlov harorati 
xomashyo xususiyatlari va ko‘pchigan perlitning berilgan tavsifi asosida 
aniqlanadi: B sinfdagi perlitlar uchun 300-600
0
S atrofida bo‘lib, gazlarning 
pechga xom granulalarni ortish donasidagi harorati 200
0
S, materialning keyingi 
isish harorati 15-20 
0
S/min tashkil etadi. 
Issiqlik tayyorlov pechlarida suyuq va gaz ko‘rinishidagi yoqilg‘ilar 
ishlatiladi, shu bilan birga kuydirish pechlaridan chiqadigan gazlar, bu gazlar 
bilan isigan havo ham qo‘llaniladi. Issiqlik tayyorlov pechlaridan isigan 
material o‘z oqimi yoki maxsus qurilmalar yordamida kuydirish pechlariga 
uzatiladi. Isitilgan material turli konstruksiyalarga ega pechlar (aylanma, 
vertikal, 
qaynovchi 
qavat)da 
kuydiriladi. 
Pechning 
konstruksiyasi 
kuydirilayotgan donalar o‘lchami, tayyor maxsulotning berilgan xususiyatlari va 
rejalashtirilgan mahsuldorlik bo‘yicha tanlanadi. Mayda perlit qumlari yuqorida 


145 
ko‘rsatigan barcha konstruksiyadagi pechlarda kuydiriladi, chaqir tosh va yirik 
qumni kuydirish asosan aylanma pechda bajariladi, shu bilan birga qaynovchi 
qatlam pechlari ham qo‘llaniladi. Vertikal pechlarning ishlash prinsipi 
quyidagicha: ma’lum balandlikdan erkin tushayotgan material donalari gazlar 
harakat tezligining etarlicha o‘zgarishida pechning pastki konus qismida turib 
qoladi, issiq gaz ta’sirida ko‘pchiydi, yo‘nalgan gazlar oqimida pechdan 
tashqariga chiqariladi. Vertikal pechlarda yirikligi 2mm gacha, ko‘pincha 
1,2mm gacha maydalangan jinslar kuydiriladi. Bu pechda dastlab jinslar 
isitiladi, so‘ngra bir necha sekundgacha pishiriladi. Bu ko‘pchitilgan qum 
donalarining darzliligi, yuqori darajada ochiq g‘ovaklar va suv shimuvchanligi 
(massa bo‘yicha 500% ga etadi), kichik mustahkamligi bilan tushuntiriladi.
Natijada xomashyoning kuydirishdagi darz ketishida donalarni katta 
qismining o‘lchami 2mm dan oshmaydi. Bir vaqtning o‘zida chaqirtosh va qum 
yoki faqat chaqirtoshni kuydirishda aylanma pechlar qo‘llaniladi, uning 
o‘lchami, aylanish tezligi va burchak qiyaligi berilgan kuydirishning 
davomiyligi va agregatning mahsuldorligi bo‘yicha tanlanadi.
Perlit jinsining yirik fraksiyalari (chaqiq tosh va yirik qum) pechning 
harakatlanuvchi qavatida, mayda donalar esa osma holatida kuydiriladi. Qisqa 
muddatli kuydirish (20-60sekund) pech barabanining katta tezlikda (8-18 
ayl/min) aylanishi va ikkita forsunka yordamida gaz alangasining yo‘naltirilishi 
natijasida erishiladi.
Qaynovchi qatlam pechining ishlashi xuddi suyultirilgan qatlamni 
qo‘llashga ko‘ra asoslangan. Bu pechlarda dona yirikligi 10mm gacha, 
ko‘pincha yirikligi 5mm gacha qumlar olinadi.
Perlitga termik ishlov berish ikki kamerali pechda bajariladi, birinchi 
kamerada dastlabki isitiladi, ikkinchisida esa kuydiriladi. Kuydirish 
davomiyligini 5-15minutgacha o‘zgartirish mumkin.


146 
Ko‘pchigan perlit ishlab chiqarish texnologik liniyalari, mahsuldorligi 25, 
50 va 100ming m
3
/yil da, fraksiyalangan jinslar va gaz ko‘rinishidagi yoqilg‘ini 
qo‘llash ( rasm-5.26, 5.27, 5.28) keltirilgan. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin