Referat mavzulari ro’yxati


Qumni boyitish va fraksiyalarga ajratish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/102
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203201
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102
Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н

4. Qumni boyitish va fraksiyalarga ajratish 
Agar mavjud qum koni donadorlik tarkibiga ko‘ra yoki xavfli 
qo‘shimchalar miqdoriga ko‘ra standart talablariga to‘g‘ri kelmasa va sifatli 
qumni olib kelish katta sarf xarajatlarni talab etsa, u xolda qumni boyitish 
iqtisodiy samara beradi.
Qumni boyitish bu 5mm dan yirik donalarni olib tashlash, changsimon va 
gilsimon zarralarni yuvib tozalash va donadorlik tarkibini yaxshilashdan iborat. 
Qumdan changsimon gilsimon va loyqa qo‘shimchalarni yo‘qotish uchun turli 
konstruksiyali qum yuvgichlar va klassifikatorlar ishlatiladi. 


130 
Rasm 4.1. Spiralsimon klassifikatorning sxemasi: 
1- qumni ortish; 2- ifloslangan suvni to‘kish; 3- aylanuvchi spiral; 4- suvni 
uzatish; 5- yuvib tozalangan qumni bo‘shatish. 
Rasm 4.2.Qum yuvish apparati: 1- suvni uzatish; 2-yuvilgan qumni bo‘shatish; 
3- xalqali elevator;4-konussimon baraban; 5-qumni ortish; 6-ifloslangan suvni 
to‘kish. 
Bunday 2ta mashinaning sxemasi rasm.4.1 va rasm.4.2 da keltirilgan. 
Qumni suvda yuvish uni suvli muxitda aralashtirishni va tozalashdan iborat 
bo‘lib, bunda qum donasi sirtini qoplab turgan gilli qo‘shimchalar va parda suv 
bilan birikib changlar bilan birgalikda loyqaga aylanadi, toza suv qo‘shishda 


131 
oqiziladi. Qum yuvgichlar shu taxlidda ishlaydi. Tabiiy qum-shag‘alli 
aralashmadan qumni navlarga ajratishda elaklar qo‘llaniladi va bu elaklarning 
o‘zida qumlar yuviladi va ifloslangan suv chiqarilib yuboriladi. Biroq bunda 
yuvishlari ishlarining sifati maxsus qumyuvgichlar ishlatganga nisbatan
pastroq. Qumni yuvgandan so‘ng uni qayta qayta quritish shart bo‘lib, bu 
ayniqsa qishki mavsumda texnologik jarayonni murakkablashtiradi. SHu sababli 
qumni quruq usullarga boyitishga xam e’tibor beriladi, masalan xavoga 
uloqtirilgan qumni xavo oqimida tozalash. Bunday usulda tabiiy qum donasi 
sirtidagi gil pardasini yo‘qotib bo‘lmaydi, biroq tosh maydalash chiqindilari
asosidagi va maydalangan qum tarkibida mavjud chang bo‘laklariniolib tashlash 
mumkin. Qumni boyitishdan asosiy maqsad qumning talab etilgan donadorlik 
tarkibini ta’minlash xisoblanadi. Respublikamizning ko‘pgina tumanlarida 
mavjud konlardagi qum o‘ta maydadir. Ularni betonda qo‘llagan sement sarfini 
20-30% va ba’zan 50%gacha oshiradi. Bunday qumlarni tashib keltiruvchi 
tabiiy qum yoki maydalangan qum qo‘shib boyitish maqsadga muvofiq. 
O‘zRST 728-96 bo‘yicha mayda tabiiy qumni boyitishda yirik fraksiyalar 
sifatida maydalangan qum ko‘pincha maydalash chiqindilari ishlatiladi. Noruda 
materiallar sanoatida istiqbolli yo‘nalishlardan biri bu qumni fraksiyalash 
bo‘lib, qumni dona yirikligi bo‘yicha fraksiyalarga ajratish xisoblanadi. 
Keyinchalik beton tayyorlashda fraksiyalarni aloxida – aloxida miqdorlashda 
tayyorlangan qorishma qum tarkibini doimiyligini ta’minlaydi. Bunday 
ishlarning bajarilishi standartda ko‘zda tutilgan. Qumni fraksiyalashning 
zarurligi shundan iboratki, ko‘pgina qum pechlaridagi qum donadorlik tarkibi 
bo‘yicha bir jinsliligi etarli emas. Ba’zida agar qumning donadorlik tarkibi 
standart talablariga javob bersa xamki, ular bir jinsli bo‘lmasligi mumkin. 
Masalan 0.63mm li elakda qolgan to‘la qoldiq 20dan 70% gacha bo‘lishi 
mumkin, bunday qum yirikligi bo‘yicha turli guruxlarga mansub bo‘lishi 
mumkin, kam miqdorda bo‘shliqligi va solishtirma yuzasi bilan fraksiyalanadi. 
Beton tayyorlashda esa sementning qo‘shimcha saralanishiga olib keladi.
Qumni fraksiyalashda qum ikkita mayda va yirik fraksiyaga ajratiladi, 
bunda nazorta elaklar 1.25 yoki 0.63mm ga mos keluvchi donalarga bo‘linadi. 
SHunday qilib yirikligi 0-5mm li oddiy qum o‘rniga istemolchi talabiga ko‘ra 
aloxida yirik qum (1.25-5 yoki 0.63-5mm) va mayda qum (1.25 yoki 0.63mm 
gacha) ishlab chiqarish mumkin. Konlarda qumni fraksiyalashda mayda va 
yirik fraksiyali qumlarning chiqishi tabiiy bo‘lib, u etarli chegarada o‘zgarishi 
mumkin, chunki qum kelib chiqishida bir jinsli bo‘lmaydi. Biroq beton 


132 
tayyorlashda 0.63mm dan kichik fraksiyali qumni 0.63-5mm li fraksiyali qumga 
aralashtirganda masalan, 1:1 proporsiyada (massa bo‘yicha), xosil bo‘lgan 
aralashma bir jinsli bo‘ladi. SHunday qilib qumni fraksiyalash beton sifatini 
oshiradi va sement sarfini kamaytiradi. Biroq 2ta muammo mavjud: birinchi 
fraksiyalash texnologiyasini tanlash; ikkinchi 2ta fraksiyadagi bo‘lingan 
qumdan foydalanishning samarali sharoitini ta’minlash. Biroq ko‘pgina beton 
va temir beton konstruksiyalar ishlab chiqarish korxonalarida, beton qorish 
sexlarida qumning ikki fraksiyasini miqdorlash, qabul qilish va omborga joylash 
kabi sharoitlar yaratilmagan. Amaliy jixatdan fraksiyalangan qumni talab 
etilgan nisbatdagi va donadorli tarkibdagi fraksiyali aralashma shaklida etkazish 
mumkin. Biroq buni bajarish o‘ta qiyin . agar qumni 2ta fraksiyaga bo‘lish oson 
kechmas ekan, demak ular asosida bir jinsli aralashma qurilmalari talab etiladi 
va qumning tannarxi oshadi. SHu sababli korxonalarda beton i/ch ning eng 
to‘g‘ri yo‘li bu qumning ikki fraksiyasini ishlatish va omborga aloxida saqlash, 
so‘ngra beton qorishmasi tayyorlashda ularni bonus komponentlar bilan birga 
aralashtirish. Bu asosan yangi korxonalarni loyixalashda va qurishda, xamda 
mavjudlarini qayta tamirlashda nazarda tutiladi. Ko‘p fraksiyali qum 
aralashmasi to‘kish jarayonida bunkerlardan tushirishda shtabellar yoki 
konuslardan bo‘shatganda, lenta konveyrlarda uzatishda qavatlanish yuzaga 
keladi, donalar yirikligi bo‘yicha ajralib qoladi, natijada donadorlik tarkibini 
optimallashtirishda qiyinchilik yuzaga keladi. SHu sababli qumlarning 
fraksiyalash va istemolchi talabiga ko‘ra bo‘lgan xolda etkazish maqsadga 
muvofiqdir. 
 


133 
Ris. 4.3. Gidravlik klassifikatora sxemasi: 
Tajriba sharoitida qumlarni elaklar ikkita fraksiyaga ajratish oson 
kechadi, biroq i/ch sharoitida bu qiyinchilikni yuzaga keltiradi. Qumni i/ch 
sharoitida boyitish fraksiyalash gidravlik klassifikatsiyada bajariladi. Donadorli 
materiallarni gidravlik klassifikatsiyalash standartda keltirilgan bo‘lib, turli 
zichlikdagi va yiriklikdagi donalarni suvli muxitda turli to‘ktirish bilan 
aniqlanadi. Qum donalari zichligi deyarli bir xil bo‘lib , gidravlik 
klassifikatsiyalashda qumni donador yirikligi bo‘yicha ajratish imkonini beradi. 
Turli gidravlik klassifikatsiyalar mavjud: gravitatsion turli og‘irlik kuchi 
xisobiga donalarning ajratilishi sodir bo‘ladi va markazdan qochma oqimning 
aylanishi xisobiga markazdan qochma tezlashtirgich ta’sirida ajratish 
intensivligi oshiradi. Gidromexanizatsiyalashgan konlarda qo‘llanilayotgan 
gidravlik klassifikatorlarning sxemasi rasm 4.3.da ko‘rsatilgan. Gidravlik 
klassifikatorlar suvli aralashmani pastdan yoki tepadan uzatish orqali ishlaydi. 
Birinchi xolatda (rasm 4.3.a) suvli aralashma tuproq so‘ruvchi qurilma orqali 
truba-1ga uzatiladi, undan esa diffuzor -8 orqali klassifikatsion kamera 4ga 
etkaziladi. Toza suv oqimida aralashgan mayda qum kamera yuqorisidan o‘tib 
truba 5 orqali chiqadi. Yirik fraksiyalar voronka 12 ga cho‘kadi va patrubka 2 
orqali uzatiladi. Ikkinchi xolatda (rasm 4.3. b) suvli aralashma truba 1 
yordamida yuqoridan uzatiluvchi yukni qabul qiluvchi kamera 14da bo‘linadi, 
chunonchi mayda donadorli qumlarning suvda cho‘kish tezligi keluvchi toza 
suv oqimining tezligidan kichik, shu sababli diffuzor 8 orqali trubaga kiradi, 


134 
nisbatan yirik donalarning suvda cho‘kish tezligi yuqori bo‘lib, keluvchi suv 
oqimida bo‘lmaydi, shu sababli klassifikasion truba 16 orqali voronka 12ga 
tushadi va truba-2 orqali tashqariga chiqariladi. Gidravlik klassifikatorga 
tushuvchi toza suv oqimining to‘lqini nazorat qilish orqali qumni talab etilgan 
dona yirikligida ajratishga erishish mumkin. Mayda qumni kisman 
suvsizlantirish markazdan qochma klassifikator gidratsiyada amalga oshiriladi. 
Suvli aralashma tangensial ravishda siklonga yo‘naltiriladi va devor atrofida 
aylanadi. Bu xolatda qumlar oqimidan chiqadi va devorda ushlab qolingan 
xolatda pastga tushadi, suv esa chang va gillar bilan birga yuqori patrubka 
bo‘ylab chiqariladi. Keyingi qumning suvsizlantirish maqsadida omborda dreja 
ishlatiladi. Standart bo‘yicha boyitilgan va fraksiyalangan qumlar tarkibida 
0.16mm dan kichik donalar va yuvilgan qo‘shimchalar nisbatiga katta talab 
qo‘yiladi. Boyitilgan uzunlik donadorlik tarkibiga asosiy mayda va ayrim qum 
bo‘yicha talab qilinadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin