Referat mavzulari ro’yxati


 Maydalash chiqindilari asosidagi qum



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/102
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#203201
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   102
Beton tolduruvchilari texnologiyasi UMK сиртки Хайдаров Н

3. Maydalash chiqindilari asosidagi qum 
Beton uchun yaroqli qum tog‘ jinslarini maydalash orqali xam olish 
mumkin, ayniqsa tabiiy qum mavjud, lekin talabga javob bermaydigan 
tumanlarda ko‘p ishlab chiqariladi. Maydalash chiqindilari asosidagi qum 
olishda otqindi, metamorfik yoki zich tog‘ jinslari, xamda shag‘al ishlatiladi.
Dastlabki tog‘ jinslari suvda saqlagan xolatda mustaxkamligi bo‘yicha 
maydalash chiqindilari asosidagi qum 4ta markaga bo‘linadi (tog‘ jinsi 
mustaxkamligi chegarasi 100.80.60 va 40 MPa dan kam bo‘lmasligi kerak). 
Otqindi va metamorfik tog‘ jinslarining mustaxkamlik chegarasi 60MPa dan 
kam bo‘lmasligi cho‘kindi tog‘ jinslari esa 40MPa dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Dastlabki tog‘ jinslarining mustaxkamligidan tashqari ularning tarkibi xam 
muximdir. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, maydalangan qum donalarining shakli 
ikkita faktorlarga bog‘liq: Maydalangan jinslar strukturasiga va maydalash 
usuliga. Eng yaxshi qum mayda va o‘rta donadorlikdagi tog‘ jinslarini 
maydalashda olinadi. Bunday qumning donalari yuzasi mikrorelefining 
balandligi 170-190mkm ni tashkil etadi, bu esa uning betonda sement bilan 
bog‘lanishini ta’minlaydi. Yirik donadorni yopiq kristal va shishasimon 
shakldagi qumlar olinadi. Ularning yuzasi mikrorelefi kichik balandlikka ega. 
Bundan tashqari kichik donadorli yarim mineralli tarkibli tog‘ jinslari (masalan, 
granit) ni maydalash orqali monomineral tarkibli (kvars, dala shpati, slyuda) 


129 
qum donalari olinadi, u esa sement toshida kichik bog‘lanishi bilan farq qiladi. 
Tog‘ jinslarini maydalash usuli maydalash usullariga bog‘liq. SHu narsa 
aniqlanganli jinslarni siqish prinsipi asosida ishlaydigan maydalash uskunalari 
(jag‘li, konusli, volkli)da ko‘p miqdorda plastinkasimon va ninasimon shakldagi 
qum donalari olinadi, zarb ta’sirli maydalagichlarda esa (bolg‘ali)-nisbatan kam 
olinadi.
O‘zRST talabiga ko‘ra qum donalari shakli kubga yaqin bo‘lsa, u xolda uning 
bo‘shliqligi xam kichik bo‘ladi, o‘z navbatida betonda sement sarfi xam 
kamayadi. Maydalangan qumlarning donadorlik tarkibiga yuqorida keltirilgan 
talablar qo‘yiladi. Agar tog‘ jinsi chidamsiz ruda minerallari, kremnezemning 
amorf turlari va boshq asalbiy qo‘shimchalardan tashkil topmasa, u xolda qum 
olishda maydalashda faqat chang (tosh kukuni) keraksiz maxsulot sifatida 
chiqadi. Qum tarkibidagi chang tabiiy qumdagi gil singari beton uchun salbiy 
tasiri kam, shu sababli standartga ko‘ra chang bo‘lishi 1-3%gacha ruxsat etiladi. 
Maydalangan qum asosidagi betonda to‘ldiruvchilarning bog‘lanishi va uning 
mustaxkamligi tabiiy kvars qum asosida betonga nisbatan yuqori bo‘lib, 
nafaqat siqilishga balki cho‘zilishga xam yaxshi ishlaydi. Bunday betonlar 
sovuqqa chidamliligi va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadi. Biroq xozirgi 
vaqtda tosh maydalash chiqindilarining 5mm dan kichigi qurilishda kam 
ishlatiladi, ya’ni tosh chaqir toshi i/ch da bu massa katta xajmda chiqadi. Bu 
sanoat chiqindilaridan tosh kukunini ajratish (suvda yuvish yoki quruq boyitish 
) natijasida beton uchun sifatli qum olish mumkin. Maydalash chiqindilari 
asosida va boyitishda olingan qum O‘zRST da 8-376-93 nazarda tutiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin