O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“SOLIQLAR VA SUG’URTA” FAKULTETI “BYUDJET HISOBI VA G’AZNACHILIK ISHI” KAFEDRASI
“Soliqlar va soliqqa tortish” yo’nalishi 4-bosqich ST-80-2- guruh talabasi Abduxalilov Baxtiyor tomonidan “Byudjet hisobi” fanidan “Budjet tashkilotlarida tovar moddiy zahiralar hisobi” mavzusida tayyorlangan
REFERAT
O’qituvchi: Achilov U
Toshkent – 2023
R E J A: 1. Byudjet tashkilotlarida tovar moddiy zahiralar hisobini tashkil etish, uning maqsadi va vazifalari hamda xususiyatlari. 2. Boshqa tovar moddiy zahiralar kirimini hisobga olish va ularni baholash. 3. Boshqa tovar - moddiy zahiralarni hisobdan chiqarilishi hisobi. 4. Tovar moddiy zahiralar bo’yicha analitik va sintetik hisobni tashkil etish. 5. Tovar moddiy zaxiralarni inventarizatsiyasi hisobi
1. Byudjet tashkilotlarida tovar moddiy zahiralar hisobini tashkil etish, uning maqsadi va vazifalari hamda xususiyatlari. Tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
Tovar-moddiy zaxiralarga xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo‘lmagan yoki bir operatsion sikl mobaynida foydalaniladigan mol-mulklar, jumladan, qurilish – ta’mirlash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg‘i va yonilg‘ilar, ozuqa va yem-hashak, tara (idish)lar, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va ishlab chiqarish buyumlari, o‘stiruvdagi va boquvdagi chorva mollari, o‘quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar hamda laboratoriya sinovida bo‘lgan, uzoq vaqt foydalaniladigan materiallar, shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun maxsus asbob-uskunalar va boshqalar qiradi.
Xizmat muddati va qiymatidan qat’i nazar quyidagi inventar va xo‘jalik anjomlari tovar - moddiy zaxiralar tarkibiga kiritiladi:
a) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni turkumli va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo‘ljallangan maqsadli vazifadagi asboblar va moslamalar);
b) maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal;
v) ko‘rpa-to‘shaklar;
g) yozuv-chizuv anjomlari (kalkulyatorlar, stol ustiga qo‘yiladigan asboblar va hokazo);
d) oshxona inventari, shuningdek sochiq-dasturxonlar;
y) ularni barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (titulda bo‘lmagan) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;
j) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar;
z) ovlash qurollari (trallar, yoyma to‘rlar, to‘rlar, anjomlar, matraplar va hokazo).
Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotlarda quyidagilar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin:
a) mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish, ma’muriy ehtiyojlar va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan xom ashyo va materiallar, xarid qilinadigan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, idish va idishbop materiallar, ehtiyot qismlar, inventar va xo‘jalik anjomlari, boshqa materiallar zaxiralari;
b) boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsiz qilingan (boquvga qo‘yilmasdan) katta yoshdagi qoramollar, sotish uchun chetdan qabul qilingan qoramollar;
v) detallar, uzellar, buyumlarning tugallanmagan ishlov berilishi va yig‘ilishi hamda tugallanmagan texnologik jarayonlar ko‘rinishida tugallanmagan ishlab chiqarish. Ishlarni bajaradigan va xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlarda tugallanmagan ishlab chiqarish ular bo‘yicha qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmagan va tashkilot tomonidan tegishli daromad tan olinmagan tugallanmagan ishlar (xizmatlar)ni bajarishga doir xarajatlardan tashkil topadi;
g) tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulot (ishlab chiqarish siklining pirovard natijasi - sotish uchun mo‘ljallangan va qonun hujjatlari bilan belgilangan hollarda shartnomada yoki boshqa hujjatlarning talablarida nazarda tutilgan texnik va sifat tavsiflariga muvofiq keladigan ishlov berilishi (butlanishi) tugallangan aktiv);
d) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan xarid qilingan (olingan) va tashkilotning odatdagi faoliyati davomida qo‘shimcha ishlov berishsiz sotish yoki qayta sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar. Bunda uzoq muddatli aktivlar ob’yektlari (binolar, inshootlar, transport vositalari, mulkiy (mutlaq) huquqlar va boshqalar) keyinchalik sotish yoki qayta sotish maqsadida xarid qilingan hollarda tovar bo‘lib hisoblanishi mumkin.
Tovar – moddiy zaxiralar hisobini tashkil etishda buxgalteriya hisobi oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi:
1. Moddiy aktivlarni qonunchilikda belgilangan tartibda tovar-moddiy zaxiralar tarkibida aks ettirish;
2. Tovar-moddiy zaxiralarni kelib tushishi, ularni tashkilot hisobidan chiqarilishi shuningdek, saqlanishi va maqsadli sarflanishi ustidan nazorat qilish;
3. Zaxiralar va xarajatlarning belgilangan me’yorlarini kuzatib borish;
4. Belgilangan tartibda realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan, foydalanilmaydigan materiallarni o‘z vaqtida aniqlash;
5. Tovar-moddiy zaxiralar xarakatini hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirilish hamda hisob registrlarida o‘z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash;
6. Tovar-moddiy zaxiralarni buxgalteriya hisobvaraqlarda holati va xarakatini aks ettirish;
7. Tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq buxgalteriya axborotlarini shakllantirib berish.
Budjet tashkilotlarida materiallar bo‘yicha moliya yili oxiriga bo‘lgan qoldiqlar aniqlangan me’yorlar asosida taxlil qilinadi. Agar budjet tashkilotini moliya yili oxirida bo‘lgan materiallar bo‘yicha qoldiq qiymati belgilangan me’yor(limit)dan ortiqcha bo‘lsa keyingi moliya yilida budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajat smetasida materiallar sotib olish uchun kiritilgan summa me’yordan ortiq summaga kamaytiriladi.