2. Sinf rahbarining oila va jamoa bilan olib boradigan faoliyati. Maktabning oila va keng jamoatchilik bilan aloqasi sinf rahbari orqali amalga oshiriladi. Sinf rahbari ota-onalar bilan olib boradigan ishlariga quyidagi vazifalarni hal qiladi:
O’quvchiga nisbatan maktabning va oilaning yagona talablar qo’yishga erishadi;
Sinf ota-onalar jamoasini tashkil etib, ularning sinfdagi tarbiyaviy ishlariga faol qatnashishlarini ta’minlaydi;
Ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni tarqatadi va ularning pedagogik madaniyatini yuqori darajaga ko’taradi;
Sinfga otaliq qilayotgan tashkilotlar, oila va maktabga yordam beruvchi tashkilotlar bilan aloqa o’rnatadi va ularni sinfdagi tarbiyaviy ishlarga jalb qiladi.
Sinf rahbarining o’quvchini yaxshi tarbiyalashdagi oila va jamoatchilik bilan hamkorligining muvaffaqiyati ularning bola bilan qilayotgan ishlari haqida bir-
birlariga qanchalik ko’p, aniq va muntazam xabar berib turishlariga bog’liq. Ana shu maqsadda sinf rahbari oilaga bir qator tizimli axborotlar berib turishi kerak:
O’quvchining o’quv mehnatiga tavsifnoma, o’qishdagi muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi, ularning sabablari, olayotgan baholari.
O’quvchinnig ijtimoiy faolligi haqida axborotlar, o’quvchining jamoa hayotidagi
ishtiroki nimalardan iborat ekanligi, jamoat topshiriqlari va vazifalarning bor- yo’qligi, sababi, ularga o’zining munosabati.
O’quvchining o’z o’rtoqlari, o’qituvchilari bilan munosabatida vujudga kelgan holatlarning xarakteri, maktabdagi munosabatlarnnig doirasi.
O’quvchining ayrim hatti-harakatlarini tahlil qilib, ularga pedagogik izohlar berish. Oilaga o’quvchi tarbiyachi haqida maslahat va tavsiyalar.
Oila ham o’z navbatida farzandi haqida o’z mulohazalari, kuzatishlari yuzasidan sinf rahbariga quyidagi mazmunda ma’lum axborotlar berib borishi mumkin:
- Farzandi uyga berilgan vazifalarni qanday bajaradi, unga sarflaydigan vaqti, dars tayyorlash tartibi, mustaqillik darajasi.
Belgilangan kun tartibining bola tomonidan bajarilishi.
O’quvchining maktab haqidagi hikoyalari, taassurotlari, gaplari, sinf hayotidagi turli voqealarga baholari.
Ota-onaning ayrim o’qituvchilardan, sinf rahbaridan, maktab rahbarlaridan iltimoslari va takliflari.
Sinf rahbari bilan oila o’rtasidagi bu xildagi o’zaro xabarlashuvlar o’quvchini to’la o’rganishga, ta’lim va tarbiyada shu o’quvchi uchun eng maqbul tarbiya va ta’sir vositasini topishga yordam beradi. Sinf rahbari o’z kuzatishlari,
oiladan olgan axborotlari natijasini kundalikka yozib borsa, undagi to’plangan ma’lumotlarni vaqti-vaqtida o’rganish bilan shularga asoslanib tegishli xulosalar
chiqarsa, bola xulqini va fazilatlarini yaxshilash yo’llari, keyingi rejalarni belgilasa, erishilgan darajani hisobga olib yangi pedagogik talablar qo’yib bo’lsa, tarbiya albatta samarali natija beradi.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari tajribasida shaxsiy, sinf-sinfli va ommaviy kabi shakllar keng tarqalgan. Ayniqsa, uning ota-onalar bilan olib boradigan ommaviy ishlari bu sohadagi faoliyatinnig asosiy yo’nalishidir. CHunki bu barcha ota-onalarni birlashtiradi hamda ularni maktab
talablari bilan tanishtirish, jamiyatning tarbiyadan kuzatadigan maqsadlari, ota- onaning vazifalari, tarbiyani amalga oshirish yo’llari, uslub va shakllari haqida bilim berish, sinf hayotidagi o’zgarishlar, rejalar haqida maslahatlashish uchun pedagogik ma’ruzalar tashkil etish ilmiy anjumanlar, “ochiq eshik” kunlari, savol-
javob kechalari, ota-onalar majlislari o’tkazish ommaviy ishning turlaridir.
Sinf rahbarining tajribasida ota-onalar majlislari keng tarqalgan va qaror topgan ish shaklidir. Bu majlislar sinf ota-onalar jamoasining yuqori organi sifatida
o’z qarorlari bilan sinfdagi, oiladagi va turar joylardagi amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning vazifasini va yo’nalishini belgilab beradi.
Sinf ota-onalar majlislarining bir necha xili mavjud: sinfdagi tashkiliy ishlar bilan bog’liq majlislar, ota-onalarga pedagogik ma’lumot berishga bag’ishlangan majlislar, munozara shaklidagi majlislar, yarim yillik yoki yil yakuniga
bag’ishlangan majlislar. Bu majlislarning har biri o’z maqsadiga tayyorlash va o’tkazish tartibiga ega.
Tashkiliy masalalar bilan bog’liq sinf ota-onalari majlisida odatda ota- onalar sinfi saylanadi, ish rejalari tasdiqlanadi, ota-onalar o’rtasidagi vazifalar
taqsimlanadi.
Ko’pgina maktabdagi sinf rahbarining ota-onalar bilan olib borayotgan ishlari tajribasida savol-javob kechalari, maslahatlar va munozaralar ham vujudga kelmoqda. Maslahatlar ko’proq shaxsiy ish shakli bo’lib, unga sinf rahbari ota yoki
onaga farzandini tarbiyalashdagi qiyinchiliklarni bartaraf etish va boshqa masalalar yuzasidan aniq maslahatlar beradi. Sinf rahbari o’zining shaxsiy suhbatini, oilani o’rganish va kuzatish asosida to’plagan ma’lumotlarni ota-onalar bilan o’tkaziladigan ishlarni hisobga olib boradigan maxsus jurnaliga yozib borishi g’oyatda muhim. Agar bu xil jurnalni sinf rahbarlari har yili muntazam holda yuritib borsa, u tarbiyaviy ta’siri yaxshilashning muhim vositasiga aylanadi.