Referat. Referat turlari. Referat haqida umumiy ma’lumot. Referat va uning turlari


Zarur materialning konspekt qilinishi



Yüklə 25,26 Kb.
səhifə3/4
tarix19.10.2023
ölçüsü25,26 Kb.
#156961
növüReferat
1   2   3   4
Referat. Referat turlari. Vaqt 2 soat Talabalar soni 15-30 Dar

3. Zarur materialning konspekt qilinishi
Konspekt qilish konspektlashning bir turi: rejali, matnli, tematik, xronologik, tahliliy yoki erkin turiga muvofiq amalga oshiriladi.
4. Muammoni tadqiq qilish mantiqini ishlab chiqish, referat rejasini tuzish
Referat rejasi quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
-kirish,
-asosiy qism,
- xulosa
-foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati,
- ilovalar (referatning shart bo’lmagan qismi).
Referatning rejasi tanlangan mavzuda ko‘rilishi lozim bo‘lgan masalalar doirasi va referatning asosiy mazmunini belgilaydi. U referentning mavzu materialida umumiy yo’nalish olishga imkon beradi, uning to‘g‘ri tanlanishi va bayon qilish mantiqini ta’minlaydi.
Har bir bandi qat’iy tanlangan material bilan ta’minlangan puxta o‘ylangan reja referatning muvaffaqiyatli yozilishining g‘oyat muhim shartidir.
Referatning asosiy qismi o’zining lo’nda va aniq nomiga ega masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo’linishi zarur.
5. To‘plangan materialning bir tizimga solinishi va referatning yozilishi
Kirishda tanlangan mavzuning nazariy va amaliy jihatlardan dolzarbligi asoslanadi, referat qilish maqsadi va vazifalari ifodalanadi.
Agar referat monografik bo'lsa (bir manba yoki muallif referat qilinayotgan bo‘lsa), unda kirishda quyidagilar ko‘rsatiladi:
1) muallif haqidagi qisqacha ma’lumotlar (ilmiy darajasi, uning ixtisosligi, boshqa ishlari);
2) manba mavzuining qisqacha bayoni;
3) ishning maqsadi;
4) ishning ruknlari;
5) muallifning ustuvor yo’nalishi va boshqalar.
Asosiy qismda barcha muhim qoidalar aks ettirilishi kerak.
Referat asosiy qismining matni to'plangan materialning tegishlicha taqsimlanishi bilan masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo‘linishi zarur.
Har qanday masala, kichik masala (band)ning ajratilishi, umuman referatning tuzilmaga solinishi quyidagicha algoritm bo‘yicha bajarilishi lozim:
-vazifa
-ishlab chiqilishi
-xulosa.
Bayon qilish shakli – referentning tanlashi bo’yicha: konspektli, parchali, tahliliy bo‘ladi.
ifodalangan xulosalarni, shuningdek hal etilmay qolgan va keyinchalik ishlab chiqishni talab qiladigan masalalarni o’z ichiga oladi.
4-ilova:

Yüklə 25,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin