Toshkent Axborot Texnologiyalari Unversiteti Urganch Filiali Kompyuter Injeneringi fakulteti 961-21 guruh talabasi Fozilbek Kenjabayevich Karimov.
Referat.Referat va uni turlari mavzusi bo'yicha taqdimot tayyorlash
Referat – asosiy matn yoki bir necha manbalarni talqin qilish shakllaridan biri. Shuning uchun referat, konspektdan farqli ravishda, yangi, muallifning matni hisoblanadi. Bunday holdagi yangilik yangicha bayonni, materialning bir tizimga solinishi, har xil nuqtai nazarlarni qiyoslashda muallifning alohida pozisiyasini nazarda tutadi.
Referatlash qandaydir masalaning bir yoki bir necha manbalarning tasniflanishi, umumlashtirilishi, tahlili va sintezi asosida bayon qilinishini nazarda tutadi.
Referatning o’ziga xosligi:
• keng miqyosli dalillar, qiyoslashlar, mushohadalar, baholarga ega bo’lmaydi,
• matnda qanday yangi, muhim jihat bor, degan savolga javob beradi.
Referatlar turlari
Bayonning to’liqligi
Bo’yicha Axborotli (referat – konspektlar)
Indikativ (referat – rezyumelar)
Referatlanadigan
Manbalar soni bo’yicha Monografik
Tahliliy
Referatning tuzilishi
Bibliografik bayon 2. F.I.Oi. Asar nomi. Nashr
Qilingan joyi. Nashriyot.
Yil. Sahifalar soni.
Referat matni - Mavzu, muammo; referat qilinadigan ishning
Predmeti, maqsadlari va
Tuzilishi.
- Qisqacha mazmuni.
- Aniq natijalari.
- Muallif xulosalari.
- Ish natijalari qo’llaniladigan soha.
Referat diqqat-e’tiborni yangi ma’lumotlarga qaratadi va boshlang’ich matnga murojaat etishning maqsadga muvofiqligini belgilaydi!
O’quv fani bo’yicha referatlarning tayyorlanishi o’qishda quyidagi natijalarga erishishni nazarda tutadi:
- O’quv fanining dolzarb nazariy masalalari bo’yicha bilimlarning chuqurlashuvi, ushbu bilimlarning Siz tanlagan mavzuga ijodiy qo’llanilishi.
- Tanlangan kasbiy sohadagi xorijiy tajribaning o’zlashtirilishi, undan mamlakat sharoitida, Sizning kelgusidagi kasbiy faoliyatingizda amalda qo’llanish imkoniyatlari va muammolarining o’rganilishi.
- Tanlangan mavzu bo’yicha turli adabiy manbalarni (monografiyalar, davriy matbuotdagi maqolalar va shu kabilar) o’rganish mahoratini takomillashtirish va ularni tanqidiy tahlil etish asosida materialni mustaqil va savodli bayon qilish, dalillangan xulosalar chiqarish va takliflar berish.
- Yozma ishni to’g’ri rasmiylashtirish malakalarini rivojlantirish.
Referat materialning shunchaki bir oddiy takrorlanishi, bir yoki bir necha manbalardagi materialni o’zlashtirib olishdan iborat bo’lib qolmasligi, ya’ni ko’chirmachilik va kompilyasiya mahsuli bo’lmasligi kerak. Unda referent tanlagan mavzuga oid va ishlab chiqilgan adabiyotlarda mavjud bo’lgan jamiki material tahlil qilib chiqilishi lozim.
Referat ustida ishlash bo’yicha yo’riqnoma
Referat ustida ishlash bo’yicha yo’riqnoma
Mavzuning tanlanishi
Kafedra taklif qiladigan referatlar mavzulari namunaviy bo’ladi.
Sizning o’zingizning qiziqishlaringiz va mayllaringizga mos keladigan mavzuni tanlashga mustaqil yondashishingiz maqsadga muvofiq. Siz o’z qiziqishlaringiz doirasi asosida tanlangan muammoga amal qilib va uni asoslash bilan kafedra tavsiya qilgan mavzular ro’yxatiga kirmagan referat mavzuini taklif qilishingiz ham mumkin. Bunday vaziyatda taklif qilayotgan referat mavzuingizni ilmiy rahbaringiz bilan albatta kelishib olishingiz kerak bo’ladi.
Tayyorgarlik ishlari:
Asosiy manbalarni o’rganish Siz referat mavzuini tanlagach, 1) tanlangan mavzuga tegishli masalalar doirasi bilan tanishib chiqing:
• leksiya materiallarini ko’zdan kechiring,
• fan bo’yicha o’quv dasturiga ko’ra tegishli mavzu uchun tavsiya etilgan adabiyotlarni yana bir bor tahlil qiling.
Bu Sizning mavzuning mohiyati, uning o’rganiladigan kursdagi o’rni va ahamiyati to’g’risida aniq tasavvur olishingizga imkon beradi.
2) TDIUning axborot-kutubxona majmuida, shuningdek Toshkent shahar kutubxonalarida mavjud bo’lgan kataloglardan foydalanib,
Referat mavzui bo’yicha adabiyotlar manbalari doirasini kengaytiring.
O’quv va monografiyali adabiyotlar bilan bir qatorda davriy nashrlarda, shu jumladan: «O’zbekiston iqtisodiy axborotnomasi», «Ekonomicheskiy vestnik Uzbekistana», «Marketing», «Lizing revyu», «Bozor, pul va kredit», «Kompaniya», «Ekspert», «Sekret firmы», «Dengi», «Iskusstvo upravleniya», «Problemы teorii i praktiki upravleniya», «Ekonomist», «Voprosы ekonomiki» kabi va boshqa jurnallarda e’lon qilingan maqolalardan ham foydalanish zarur.
O’zbekiston Respublikasi Hukumatining tadqiqot mavzuiga tegishli sohadagi qonunchilik hujjatlari va qarorlarini bilish ham referat sifatini oshirishga yordam beradi.
Ishning dastlabki bosqichi yakuni bibliografiyadan iborat bo’ladi.
Zarur materialning konspekt qilinishi
Konspekt qilish konspektlashning bir turi: rejali, matnli, tematik, xronologik, tahliliy yoki erkin turiga muvofiq amalga oshiriladi.
Muammoni tadqiq qilish mantiqini ishlab chiqish, referat rejasini tuzish
Referat rejasi quyidagilarni o’z ichiga olishi kerak:
• kirish,
• asosiy qism,
• xulosa,
• foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati,
• ilovalar (referatning shart bo’lmagan qismi).
Referatning rejasi tanlangan mavzuda ko’rilishi lozim bo’lgan masalalar doirasi va referatning asosiy mazmunini belgilaydi. U referentning mavzu materialida umumiy yo’nalish olishga imkon beradi, uning to’g’ri tanlanishi va bayon qilish mantiqini ta’minlaydi.
Har bir bandi qat’iy tanlangan material bilan ta’minlangan puxta o’ylangan reja referatning muvaffaqiyatli yozilishining g’oyat muhim shartidir.
Referatning asosiy qismi o’zining lo’nda va aniq nomiga ega masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo’linishi zarur.
To’plangan materialning bir tizimga solinishi va referatning yozilishi
Kirishda tanlangan mavzuning nazariy va amaliy jihatlardan dolzarbligi asoslanadi, referat qilish maqsadi va vazifalari ifodalanadi.
Agar referat monografik bo’lsa (bir manba yoki muallif referat qilinayotgan bo’lsa), unda kirishda quyidagilar ko’rsatiladi:
1) muallif haqidagi qisqacha ma’lumotlar (ilmiy darajasi, uning ixtisosligi, boshqa ishlari);
2) manba mavzuining qisqacha bayoni;
3) ishning maqsadi;
4) ishning ruknlari;
5) muallifning ustuvor yo’nalishi va boshqalar.
Asosiy qismda barcha muhim qoidalar aks ettirilishi kerak.
Referat asosiy qismining matni to’plangan materialning tegishlicha taqsimlanishi bilan masalalarga va kichik masalalarga (bandlarga) bo’linishi zarur.
Har qanday masala, kichik masala (band)ning ajratilishi, umuman referatning tuzilmaga solinishi quyidagicha algoritm bo’yicha bajarilishi lozim:
Vazifa
Ishlab chiqilishi
Xulosa.
Bayon qilish shakli – referentning tanlashi bo’yicha: konspektli, parchali, tahliliy bo’ladi.
Referat matnidagi klishelangan iboralar va so’z birikmalari
«Ishda …. Tizim ko’rib chiqiladi…»
(Muallifning F.I.Oi.) «……….» asarida … berilgan.
«Kirishda ko’rsatilishicha, ..»
«Muallifning hisoblashicha, …»
Muallif shunga asoslanadiki, ….
Shu bilan birga u … shunday deb hisoblaydi.
«1-bobda … masalasi yoritiladi»
«2-bobda … tadqiq qilinadi»
« … haqida gapirganda, muallif … deb ta’kidlaydi»
«Ishda, shuningdek … ga e’tibor qaratiladi»
«Shunday qilib, muallif… degan xulosaga keladi»
« 3-bobda… tadqiq qilinadi, … ko’rib chiqiladi»
«… zarurligi belgilanadi»
«Xulosada muallif: «…» deb yozadi.
Material quruq bayon qilib berilmasligi kerak. Tegishli xulosalarga, shu jumladan matn bilan chambarchas bog’lanadigan statistik materialga ega tahlil zarur.
Keng hajmdagi statistik ma’lumotlarni jadvallarga yig’ish maqsadga muvofiq. Statistik ma’lumotlar asosida u yoki boshqa ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni ancha yaqqol tasavvur etish va rivojlanish dinamikasida aks ettirishga imkon beradigan diagrammalar, grafiklarni qurish mumkin.
Referatda keltiriladigan barcha jadvallar, diagrammalar, grafiklar, sxemalar sarlavhalanishi va raqamlanishi kerak. Statistik ma’lumotlar olingan manbalarning sarlavhalari ko’rsatilgani holda qayd qilinishi lozim.
Matnda beriladigan barcha raqamli materialning tegishli manbalari ko’rsatilishi kerak.
Shuningdek, boshqa mualliflar asarlaridan olingan matndan ko’chirmalar, fikrlar, qoidalar, xulosalar so’zma-so’z ko’chirib olinganida ham albatta satr ostida qaydlar berilishi zarur.
Munozarali masalalar bo’yicha har xil nuqtai nazarlarning tahlili, qo’shiladigan yoki o’zining pozisiyasining dalillanishi ham referatning afzalligi hisoblanadi.
Referatning xulosasi referent tanlangan mavzuni o’rganish natijasida qilgan aniq ifodalangan xulosalarni, shuningdek hal etilmay qolgan va keyinchalik ishlab chiqishni talab qiladigan masalalarni o’z ichiga oladi.
Referat matnidagi klishelangan iboralar va so’z birikmalari
«Ishda …. Tizim ko’rib chiqiladi…»
(Muallifning F.I.Oi.) «……….» asarida … berilgan.
«Kirishda ko’rsatilishicha, ..»
«Muallifning hisoblashicha, …»
Muallif shunga asoslanadiki, ….
Shu bilan birga u … shunday deb hisoblaydi.
«1-bobda … masalasi yoritiladi»
«2-bobda … tadqiq qilinadi»
« … haqida gapirganda, muallif … deb ta’kidlaydi»
«Ishda, shuningdek … ga e’tibor qaratiladi»
«Shunday qilib, muallif… degan xulosaga keladi»
« 3-bobda… tadqiq qilinadi, … ko’rib chiqiladi»
«… zarurligi belgilanadi»
«Xulosada muallif: «…» deb yozadi.
Adabiyotlar ro’yxatining rasmiylashtirilishini tekshirish
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati qat’iy belgilangan tartibda tuziladi:
1. O’zR qonunlari.
2. O’zR Prezidenti farmonlari.
3. O’zR Hukumati qarorlari.
4. Me’yoriy hujjatlar, yo’riqnomalar.
5. Kitoblar, davriy nashrlarda e’lon qilingan maqolalar.
6. Internetdan olingan axborot manbalari.
Manbalarning bibliografik bayonida quyidagilar ko’rsatiladi:
Muallifning familiyasi va ismi-sharifi, kitob nomi, nashr qilingan
Joyi, nashriyot nomi va nashr yili. Agar maqola jurnalda (gazetada)
Bosilgan bo’lsa, unda jurnal (gazeta) nomi, chiqqan yili, jurnal (gazeta)
Sahifasi raqami.
Matnning tahrirli tuzatilishi. Matnning savodxonlik va uslubiyot jihatidan tekshirilishi
Referat savodli tarzda yozilishi va toza ko’rinishda bo’lishi kerak. Umumiy qabul qilingan so’zlardan boshqa so’zlarning qisqartirilishiga, shuningdek xatolar, noaniqliklar, uslubiy nuqsonlarga yo’l qo’yilmaydi. Referat ilmiy rahbarga taqdim etiladigan vaqtga kelib hamma jihatdan maromiga yetkazib ishlab chiqilgan bo’lishi lozim.
Referatning Rasmiylashtirilishi
Ilmiy rahbarga taqdim etiladigan referat kompyuterda 12-shrift bilan, 1,5 interval orqali standart A 4 formatli qog’ozda, chap tomonidan 2,5 sm, o’ng tomonidan 1,5 sm, yuqorisi va pastidan kamida 2 sm lik hoshiyalar bilan terilishi kerak.
Matn sahifalari albatta raqamlanishi lozim. Ishning raqamlanishi uzluksiz bo’ladi va 3-sahifadan boshlanadi (birinchi va ikkinchi sahifalar – bu titul varag’i va ish rejasi bo’lib, ular raqamlanmaydi). Sahifa raqami yuqorida o’rtaga yoki o’ng tomonga qo’yiladi.
Referat hajmi 16-20 sahifadan oshmasligi kerak.
Referatning tuzilishi:
1) titul varag’i;
2) har bir masala, kichik masala (band) sahifalari ko’rsatilgan ish
Rejasi;
3) kirish;
4) materialning masalalar va kichik masalalar (bandlar)ga bo’lingan
Matnli bayoni, muallif foydalangan manbalarga zaruriy qaydlar ham
Ko’rsatiladi;
5) xulosa;
6) foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;
7) jadvallar, diagrammalar, grafiklar, rasmlar, sxemalardan iborat ilovalar.
Ilovalar ular mazmunini ko’rsatadigan sarlavhalarga muvofiq tarzda izchillik bilan tikib qo’yiladi.
Referat ilmiy rahbar tomonidan referatni baholash bo’yicha kafedra belgilagan ko’rsatkichlar va mezonlar asosida baholanadi.
Referatning baholanishi
(Baholashning namunaviy ko’rsatkichlari va mezonlari)
Baholash ko’rsatkichlari Baholash mezonlari
Referat qilingan
Matnning yangiligi
Maks.- 20 ball - muammo va mavzuning dolzarbligi;
- muammoning qo’yilishi, tahlil uchun tanlangan
Muammoning yangi jihatini ifodalashdagi
Yangilik va mustaqillik;
- muallif pozisiyasining mavjudligi,
Fikrlarning mustaqilligi.
Muammo mohiyatini ochib
Berish darajasi
Maks.- 30 ball
- rejaning referat mavzuiga muvofiqligi;
- mazmunning referat mavzui va rejasiga
Mosligi;
- muammoning asosiy tushunchalarini ochib
Berishning to’liqligi va chuqurligi;
- material bilan ishlash usullari va
Uslublarining asoslanganligi;
- adabiyotlar bilan ishlash, materialni bir
Tizimga solish va tarkiblashtirish mahorati;
- ko’rib chiqilayotgan masala bo’yicha har xil
Nuqtai nazarlarni umumlashtirish, qiyoslash,
Asosiy qoidalar va xulosalarni dalillash
Mahorati.
Manbalarni tanlashning
Asosliligi
Maks.- 20 ball - muammoga doir adabiy manbalardan
Foydalanish doirasi, to’liqligi;
- muammo bo’yicha eng yangi asarlardan
Foydalanish (jurnal maqolalari, ilmiy asarlar
To’plamlari materiallari va hokazo).
Rasmiylashtirish
Talablariga rioya qilinishi
Maks. – 15 ball - foydalanilgan adabiyotlarga qaydlarning to’g’ri
Rasmiylashtirilishi;
- bayonning savodliligi va madaniyati;
- muammo atamalari va tushunchalar apparatini
Egallaganlik;
- referat hajmiga talablarga rioya qilinishi;
- rasmiylashtirish madaniyati: xatboshilarning
Ajratilishi.
Savodlilik
Maks.- 15 ball - orfografik va sintaktik xatolar, uslubiy
Nuqsonlarning yo’qligi;
- xatolar, umumiy qabul qilingan so’zlardan
Tashqari so’zlarni qisqartirishlarning yo’qligi;
- adabiy uslubi.
Natijada referat quyidagi tarzda bilimlarni baholashning 100 ballik va 5 ballik tizimida baholanadi:
• 86 – 100 ball – «a’lo»;
• 70 – 75 ball – «yaxshi»;
• 51 – 69 ball – «qoniqarli”;
• 51 balldan kam – «qoniqarsiz».
Ballar dasturiy materialni bilishni joriy baholash jarayonida hisobga olinadi.
Mustaqil ish.
1. O’qituvchi bilan maslahatlashing va referat mavzuini tanlang.
2. Tanlangan mavzu bo’yicha bibliografiyani tuzing.
3. Tanlab olingan adabiyotlar bilan ishlang. Ular bo’yicha reja yoki konspekt shaklida yozuvlar tuzing – ishchi yozuvlarining o’zingizga eng ma’qul variantini tanlang.
Dostları ilə paylaş: |