bozor bahosining o’zgarishi natijasida kredit tashkilotining zarar ko’rish xavfi.
o’zgarishi natijasida zarar ko’rish risk deyilgan. Ammo narxlarning nafaqat salbiy,
balki ijobiy tomonga ketishi ham risk bilan hambarcha bog’liq. Bank riskli harakat
ehtimoli.
yo’qotishning shakllari bilan keltirilgan. Lekin aytib o’tish lozimki, risk bu avvalo
10. Bank risklari – kredit tashkilotiga noqulay sharoitning yuzaga kelishi
(ichki va tashqi omillar ta’sirida) natijasida zarar yetishi, uning likvidliligining
yomonlashuvidir.
25
Ko’rsatmada bank risklarini kutilmagan yo’qotishlar va likvidlilikning
yomonlashuvi bilan bog’lab tushuntirgan. Darhaqiqat likvidlilik riski bank risklari
orasida muhim o’rinni egallaydi. Biroq yo’qotishlar kutilmgan jarayonlar tufayli
emas, balki to’g’ri baho berilmagan, noaniq jarayonlarning amalda sodir bo’lishi
bilan ko’p jihatdan bog’liq.
11. G. Beloglazova ushbu fikrni davom ettirib, bank risklarini yuzaga
kelishiga ichki va tashqi omillar sabab bo’lishini aytadi. Ichki omillar bank
bajaradigan operatsiyalar, mehnat va ishlab chiqarishni tashkil qilish, bankni
boshqarish jarayonlari bilan bog’liq. Tashqi omillar esa bankka bog’liq bo’lmagan,
undan tashqarida sodir bo’ladigan siyosiy, ijtimoiy, huquqiy, umumiqtisodiy va
moliyaviy, raqobat va boshqa jarayonlar natijasida vujudga keladi.
26
Muallif bank riskini keltirib chiqaradiga omillarni aniq sanab o’tib, ularni
tashqi va ichki omillarga ajratadi. Boshqa mualliflarda uchramagan omil, ya’ni
mehnatni tashkil qilish darajasi bank riskini keltirib chiqarishi mumkinligini
ko’rsatadi. Shuning dek tashqi omillar ham bank faoliyatiga bog’liq bo’lmasdan,
unga xavf solishi mumkinligi uqtiriladi.
12. Banklar amaliyotida risk bu ma’lum voqealar sodir bo’lganda bank
uchun yo’qotish xavfi(ehtimoli)dir.
27
Bu ta’rifda olim riskning vujudga kelishini ma’lum bir jarayonning sodir
bo’lishi bilan shartlashtiradi. Vaholanki, risk bu harakat, faoliyat bo’lib, u doimo
mavjuddir.
13. Bank riski – bu salbiy hodisa va uning xavfi ehtimoli haqida tasavvur
qilish emas, balki yuqori natijalarga erishishiga ishongan bankning faoliyatidir.
28
25
Указание ЦБ РФ от 26.06.2004 г. №70-т «О типичных банковских рисках»
26
Г. Белоглазова, Банковское дело: учебник для вузов, 2-е издане,СП.: Питер, 2010 г, 400с
(342 стр.)
27
О.И. Лаврушин, Деньги, кредит и банки: Экспресс курс, учебное пособие, 4-е издание,
М.: Кнорус, 2010 г 320с (268 стр.)
28
Банковские риски : учебное пособие / кол. авторов ; под ред. д-ра экон. наук, проф. О.И.
Лаврушина и д-ра экон. наук, проф. Н.И. Вален цевой. - М.: КНОРУС, 2007 - 232 с (11 стр)
Berilgan ushbu ta’rif bank riski tushunchasini aniqroq ifodalaydi bizningcha.
Chunki har bir subyekt biror harakat qilayotganda eng avvalo ijobiy natijani
o’ylaydi yo’qotish xavfini emas.
Dostları ilə paylaş: